111
inkor qiladilar, mahalliy aholi mustamlaka davrigacha ijtimoiy taraqqiyotga noqobil bwlgan deb
aytadilar. Ba`zilar Afrika tarixini faqat tashqaridan kelgan bir qancha twlqindan iborat madaniyat
hisoblab, shuning uchun mahalliy xalqlar umuman turg`unlikka hukm qilingan, deb ta`riflaydilar.
Ammo ularning aksi wlaroq, Stenford universiteti olimlari tomonidan aniqlangan odam
gnomi afrikalik ekanligi va umuman bashariyat qora qit`adan er yuziga tarqalganligi bu
munosabatlarni keskin, qarama-qarshi qutbga wzgartirib yubordi.
Qolavesa, swnggi yillarda qilingan arxeologik kashfiyotlar Afrika tarixining uzoq wtmishiga
oid katta bir davrni oydinlashtirib berdi. Avvaliga Janubiy va Sharqiy
Afrikada avstralopiteklar
yashaganligi aniqlanib, qit`a qadimiy odamning vatani ekanligi tasdiqlandi. Ilk paleolit davriga oid
ibtidoiy makonlar Luis Liki va keyinchalik uning wg`li tomonidan Tanzaniyada Olduvay jarligida
topilganligi. Efopiyada Chad va Rudolf kwllari atrofida, Janubiy Afrikada 60-yillardan keyin
qilingan kashfiyotlar Afrika qit`asida eramizdan avvalgi X ming yilliklardan boshlab yuksak
adaniyat yaratilganligini isbotlab berdi. Olduvay, Stellenbosh va boshqa madaniyatlar antropologik
ma`lumotlar bilan birga, qit`aning sharqiy va janubiy qismida qadimiy tosh davrida keng hududda
ancha takomillashgan tosh qurollar yaratgan va qoyalarga har xil rasmlar yasagan kwp sonli aholi
yashaganligini aniq tasdiqlagan edi.
Neolit davriga kelib (taxminan eramizdan avvalgi V-I ming yilliklar) Shimoliy va Markaziy
Misrda, Sudanda, Saxara markazida, Sharqiy Afrikaning ba`zi hududlarida,
senegal va Kongo
vohalarida, hozirgi Nigeriya hududida yangi xwjalik faoliyati, ya`ni dehqonchilik va chorvachilik
shakllanib wrtoq holatga kwchish rwy beradi. Mezolit va neolit davrida hozirgi tillar ham asosan,
shakllanib tugagan.
Misrliklar qwshni elatlar twg`risida muhim ma`lumotlar qoldirgan. Yozma manbalar Nilning
g`arbiy qismida oq tanli liviya qabilalari, wrta oqimida kush (keyin Nubiya) mamlakatida jigarrang
tanli kushitlar, yuqori qismida qora tanli nilotlar va janubroqdagi Punt mamlakatidagi negroidlar
haqida xabar berib, Afrikaning irqiy tuzilishi qadimdan turli ekanligini isbotlaydi.
Afrika qit`asida miloddan avvalgi III-II ming yilliklarda muhim geologik wzgarishlar rwy
bergan. Wsha davrda Saxarada qurg`oqchilik paydo bwlib, ulkan hududdan butun elat va xalqlarni
kwchishga majbur qilgan. Oqibatda Saxaradan janubda Shimoliy Afrika mamlakatlaridan,
chunonchi, Misrdan farq qiladigan yangi bir wziga xos madaniyat shakllana bolaydi.
Nigeriya va
Benue daryosining shimolida paydo bwlgan nok madaniyati vakillari (miloddan avvalgi IX
milodning II asrlari) temir va boshqa metallarni ishlab chiqarishni bilgan va dastlabki temir
qurollarini yasaganlar.
Temir eritish va undan foydalanish Afrika xalqlarining ijtimoiy taraqqiyotida muhim ro
wynagan edi. Daryo vodiylaridagi aholi bilan savanna qabilalari orasidagi savdo-sotiqning
kwpayishi, katta savdo ywllarida va charrahalarida shaharlarning va savdo markazlarning paydo
bwlishi, shu asosda ijtimoiy mehnat taqsimotining yuzaga kelishi va Saxaraning janubidagi boshqa
davlatlarning shakllanishiga sezilarli ta`sir wtkazgan edi.
Milodning VIII-IX asrlariga kelib, tropik Afrikada sinfiy tuzum munosabatlariga asoslangan
bir necha yirik davlatlar shakllanib XVI asrlargacha rivojlanib kelgan.
Shulardan arab sayyohlari,
mahalliy solnomalar, ilk portugal tadqiqotchilari va juda kwp og`zaki rivoyatlarda tilga olingan
yirik davlat birikmalari Gana, Mali, Songay, Dagomeya, Xausan shahar-davlatlari, G`arbiy va
Markaziy Sudandagi Kanem – Bornu, Benin, Gvineya sohilidagi Yuqori davlati, qadimgi Kongo va
Efiopiya davlatlari, Sharqiy Afrika qirg`og`idagi shahar-davlatlar,
afsonaviy Mvena Mutapa
(Monopotama) podsholigi va Zimbabve davlatlarini sanash mumkin. Ular ancha rivojlangan ishlab
chiqarish kushlariga ega bwlgan ijtimoiy mulk va yuksak madaniyat yaratganlar. Muayyan
davrlargacha Afrika davlatlarining eng taraqqiy qilgan qismlari jahon tarixi bilan qodambaqadam,
teng rivojlanib ijtimoiy taraqqiyotga munosib hissani qwshib kelganlar. Hattoki, qit`a mustamlaka
qilinganidan keyin ham bu erda XVIII-XIX asrlarda bir necha feodal davlatlar (Fulbe va Tukulyara
112
teokratik davlatlari, Ruanda, Buganda, Burundi) va qabilaviy ittifoqlar (zulu, matabele) paydo
bwlgan edi.
Demak, Afrika xalqlari qadimiy davrlardan to hozirgacha ijtimoiy taraqqiyotdan chekkada
qolmay, tadrijiy rivojlanishda bwlganlar. Ammo keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy ancha orqada qolb
ketishiga mustamlakachilarning zulm va ta`qibga qurilgan siyosati, qul savdosi va quldorlik sabab
bwlgan. Ayrim mamlakatlarning va elatlarning ibtidoiy va ilk feodalizm darajasida saqlanib
qolishida boshqa wlkalardagi singari ob`ektiv v sub`ektiv omillar ham ta`sir qilgan. Mustamlaka
arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida turganlar,
yuksak madaniyat
yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan
qabilalar ham mavjud edi.
Afrika qit`asini mustamlakachilar tomonidan bosib olinishi XV asr oxirlaridan boshlanadi. Bu
davrda kelgindi evropaliklar bilan mahalliy aholi wrtasida madaniy tafovut uncha sezilmagan. Eng
fojiali voqealar keyingi asrdan boshlangan. Dastlabki sarmoya jamg`arish natijasida XVI asr
boshlarida keng miqyosda avj olgan qul savdosi G`arbiy va Janubiy Afrika xalqlarining tarixiy
taraqqiyotini twxtatibgina qolmay, balki bir necha asrlar orqaga itqitib tashlagan edi. Avval
portugaliyaliklar, keyin Angliya, Gollandiya va Frantsiya qit`a wlkalarining ochiqdan-ochiq barcha
boyliklarining yirtqichlarcha talon-taroj qilganlar, og`ir soliqlar solganlar va minglab kishilarni
zwrlab
olib ketib, qul qilib sotganlar. Ayrim wlkalarda, ayniqsa, Gvineya sohillarida, Kongo quyi
oqimida va Angolada qul savdosi natijasida aholisi kamayib, xwjaligi va siyosiy-iqtisodiy hayoti
turg`unlik va vayronalikka mahkum qilingan, ba`zi obod wlkalar butunlay xarobaga aylangan.
Quldorlik tufayli vafot etgan va Amerikaga olib kelingan kishilarning soni 100 mln.dan ortiq
bwlgan. Qit`adagi mustamlakachiliklarga qarshi urushlar, chiki ziddiyat va kurashlar ham minglab
afrikaliklarning yostig`ini quritgan va ilgari gullab yotgan qudratli
davlatlarning inqirozini
kuchaytirgan edi. Mazkur hodisalar Afrika xalqlarining Evropadan madaniy jihatdan orqada
qolishining asosiy sabablaridir.
Chidab bwlmaydigan jabr-zulm va talon-taroj keltirgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi
ozodlik va mustaqillik uchun kurashga wtgan Afrika xalqlari, ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan
keyin juda katta muvaffaqiyatlarni qwlga kiritib, wz taqdirlarini qwllariga ola boshlagan. Hozir
qit`aning kwpchilik qismi mustaqil va ozod davlatlardan iborat.
Afrika qit`asining etnik tuzilishini bir necha tarixiy-madaniy viloyatlarga bwlib wrganiladi.
Ular keng hududlarda jiylashgan, ammo etnografik jihatdan
umumiy birlikka ega bwlgan
mintaqalardan iborat. Swnggi klassifikatsiyaga asoslanib butun qit`a aholisi tabiiy sharoiti, etnik
qiyofasi, tarixiy taqdiri va ijtimoiy-iqtisodiy darajasi jihatdan Shimoliy Afrika, G`arbiy va
Markaziy Afrika, Sharqiy va Janubiy Afrika xalqlariga bwlingan.
Do'stlaringiz bilan baham: