Afrikaliklarning ijtimoiy turmushi: Janubiy Afrika bantu xalqlarining an`naviy xwjaligi
chorvachilik va chovqi dehqonchiligi. Qwshimcha ovchilik va terimchilik bilan ham
shug`ullanganlar. Avchilarning asosiy qurollari otiladigan nayza, bolta, choqmor, wq-yoydan
iborat, ovda tuzoq va pistirma ham ishlatgan. Barcha bantu xalqlari temir va miss eritish, metall-
qurol, aslaha va bezaklar yashash san`atini egallagan. Temirchilik eng hurmatli kasb hisoblangan.
Charxsiz ajoyib sopol idishlar yasab, wtda kuydirib, qizil bwyyoq bilan naqsh berilgan va siyqalab
yaltiratilgan.
Twqimachilikni bilmasa ham bantular terilarga yaxshi ishlov berib kiyim tikkanlar. Ular
antilopa (ohu), shag`al, zodagonlar esa sher va qoplon terisidan Pwstin (kaross) tikib kiyganlar.
Erkaklar teri belbog`cha, ayollar bara terisidan etakcha bog`laganlar. Zulu ayollari erga chiqqanda
sochini chwqqaytirib wrab, qizil ranga bwyaydi, ndebala ayllari esa aksincha, sochini onda-sonda
qirqib, bir-ikki kokil qoldiradi. Ponda xalqining ayollari sochlarini juda murakkab qilib wraydi.
Butun bantu xalqlarida turli munchoqlar, kouri chig`onog`i, miss yoki temir uzuk taqish keng
tarqalgan. Munchoqlardan har xil shoda, etakcha, dekorativ bezaklar yasaganlar va ayollar wrtasida
mehnat taqsim qilingan. Erkaklar chorvachilik, ovchilik, metall buyumlar yasash, yog`och
113
wymakorligi bilan shug`ullanganlar. Ayollar dehqonchilik (er kavlash erkakka yuklangan),
terimchilik, kulolchilik, uy xwjaligi, chipta twqish kabilar bilan shug`ullanganlar.
Butun bantu aholisi Afrikada keng tarqalgan doira (qwra) shaklida qurilgan qishloqlar
(kraal)da kata patriarxal oila bwlib yashaganlar. Zulus va kosa xalqlarida ota urug`ining klassik
namunasi swnggi davrlargacha saqlangan bwlib, katta oila jamiyatning iqtisodiy hujayrasi
hisoblangan. Har bir qabila bir necha urug`larga bwlingan oqsoqol tomonidan boshqarilgan. Yirik
shoxli mol katta patriarxal oilaning mulki hisoblangan. Nikohda qora moldan qalin twlangan.
Kuyovbola qalin twlashga urug`doshlaridan mol twplagan. Bantu xalqlarida, umuman asosiy boylik
shoxli mol hisoblangan. Ularda sut mahsuloti ishlatilgan gwshtni kam iste`mol qilganlar.
Guttentotlarda chorvachilik bilan ovchilik birga olib borilgan, bushmenlar esa ovchilik va
terimchilik bilan shug`ullanganlar. Guttentotlarning uylari egilgan daraxt navdalaridan gumbaz
shaklida qurilib, ularning usti terilar bilan qoplangan yoki loy bilan suvalgan kulbalardan iborat.
Ularning ov qurollari metall uchli nayza, wq-yoy, uzun chwqmor («kirri») bwlgan. Janubiy Afrika
bantu xalqlarining uylari doira shaklida chwqqaygan tomli qamish yoki somon bilan yopilgan,
doira qilib tizilgan bwlib mol qwrasi vazifasini bajaradi. Zulu xalqlarida sharga wxshash ustunlarga
wrnatilgan twqima uylarning tashqarii va ichkarisi loy bilan urilgan. Soto xalqida esa turli xilda:
konus tomli, tuxum shaklida yoki twg`riburchakli ikki yoki twrt nishabli. Tog`li joylarda uylar
toshdan yoki guvaladan tiklanib ba`zan bezak berilgan. Ayniqsa, ndebela xalqida tuxumsimon uylar
bir-birlari bilan naqsh berilgan gumbazli va ustunli devorlar orqali yopishgan, devorlari qora,
kulrang, qizil, sariq va kwk rangli geometrik ornamentlar bilan bezatilgan. Uy-rwzg`or buyumlari
yog`och va sut saqlaydigan yog`och idishlar, qovoqdan ishlangan suvdonlar, don va gwsht
soladigan savatlar, yerga twshaladigan chipta va bhyralardan iborat.
Xalq ijodi, badiiy hunarmandchilik ancha rivojlangan. Janubiy Afrika bantulari chiroyli
chwzma usulda sopol buyumlar, wyma naqshli yog`och idishlar, hwkiz qwshiladigan ayrishohli
yag`ochdan yasalgan chanalar, temir uchli nayza va boshqa qurollar ishlab chiqarganlar. Jwshqin
raqs va kuylar ularning eng sevimli tomoshalari, barcha tantana va marosimlarning eng muhim
qismidir. Musiqa asboblari turli xilda, ammo katta-kichik nog`oralar («marimbo», «ngoma») doimo
jwr bwlgan, yog`och, shox yoki qamishdan yasalgan surnay va naylar, kamonchali asboblar ...
Yomg`ir yog`dirish marosimida bantu xalqlarida wyin-kulgi, raqs ashulalar bilan birga, qora qwy
yoki buzoq qurbonlikka swyilishi shart bwlgan bushmenlar beshinchi chigirtkaga sig`inadilar
(totemizm).
Janubiy Afrika xalqlarining eng qadimiy madaniyatidan qoyalarga rasm chizish hozirgacha
saqlangan. Fil, karkidon, ilon, qwkiz, jirafa kabi hayvonlar, ov marosimi va urush manzaralari
bushmen rasmlarida tasvirlangan. Bwyoqlar, mineral rang va kwmirga, mol yog`i aralashtirib
ishlangan. Keyingi qoya rasmlarida yelkanli kemalar, miltiqli shlyapa kiygan yevropaliklar ham
tasivrlangan. Guttentot, geror va ovambo xaoqlarining qoya rasmlari ham chuqur realistik va
ta`sirchanligi bilan ajralib turadi. Ayrim qabilalarda chiroyli bezatilgan niqob yasash san`ati
saqlangan.
Jahonda Namibiya qorakwl terisi ishlab chiqarishda birinchi wrinda turadi (har yili 2,5-3,5
mln. dona eksport qilinadi). Ularda angor echkisi oliy darajadagi moxer junini beradi. Qorakwl
qwylari aslida 1907-yili nemislar tomonidan keltirilib kwpaytirilgan. Mamlakatda 2,8 mln. qora
mol, 5 mln. qwy va 2 mln. echki bor. Eksportning aksariyat qismi JARga jwnatiladi.
Umuman olganda, bushmenlarning soni 50 ming kishidan iborat, shulardan 33 minggi
Botsvana davlatida yashaydi. Mustaqillikka erishgan Botsvana respublikasi bushmenlarni
mamlakatning teng huquqli fiqarolari deb e`lon qilgan. Ularning bir oz qismi wtroq holatga wtgan.
Ammo kwpchiligi hali ham Kalaxari chwllarida yashamoqda. Wtroq holatda yashayotgan
chorvachilik bilan shug`ullanuvchi tevana xalqi (mamlakatning 90 foiz aholisini tashkil qiladi) suv
havzalari bwyida, bir necha yuz hovlini qishloqlarda joylashgan. Ularning oilasida odatda 8-10
bola, bushmenlarda esa 2-3 bola bwladi. Bushmenlar og`ir sharoitda yashasa-da bolalarini uch
yoshgacha emizadi. Moddiy va ma`naviy turmushi qwshni bantu xalqlariga ancha yaqin.
114
Hozir Madagaskarda yashovchi aholining 80 foizi qishloq xwjaligida band. Bunday
xwjaliklarda eksport bop tovar mahsulotlari (vanil, qalampir, shakarqamish) etishtirilgan. Eksport
mahsulotlarini yirik plantatsion xwjaliklarda ham ishlab chiqaradilar. Hozirgacha saqlanib kelgan
an`naviy qishloq jamoasi (fukunuluna) iqtisodiy hayotda muhim rol wynamoqda. Ijtimoiy
munosabatlarni boshqarishda hududiy tashkilot vazifasini bajaruvchi fukulunulalarga saylangan
umumiy kengash 5 yilgacha mahalliy oliy hokimiyat rolini ado etadi.
Asosiy oziq-ovqat mahsuloti sholikorlik bwlib, butun sug`oriladigan erning 95 foizini
egallagan. Sholi kwchatlarini kichik polizlarda etkazib, keyin dalalarga ekadilar. Ekinzorlarga suvni
kanallar, kichik platinalar orqali yetkazib beradilar. Ba`zan yomg`ir suvlarini ham twg`onlar qurib
ekinga ishlatadilar. Odatda, botqoq holatiga kelgan dalalarga zebu (wrkachli afrika qwkizi)
podasini yuborib, tepkilangan tuproqqa urug` sepadilar.
Orolning janubi-sharqiy qismida hozirgacha wrmon (changalzor)larni chopib quritib
kuydirilgan kuli tuproqqa ekin ekadilar. Erga uzun dastali bukilgan temir uchli chopqi bilan ishlov
beriladi. Sholini yilning oxirida, yomg`ir kwp yog`adigan paytda ekib aprelda yig`im-terim
boshlanadi. Hosilni qwlga yig`ib olib, toshga urib yoki mol yuborib xirmonda yanchilanadi.
Odatda, kuydirilgan erga ikki yil ekin ekiladi, keyin 8-10 yil partav qilib qoldiriladi, yangi er
ochiladi.
Janubi-g`arbiy dahalarda makkajwxori, vodiylarda kartoshka, lobiya, jwxori, manioka, banan,
sabzavot, mevali daraxtlar ham ekiladi, asalari va pilla yetishtiriladi. Markaziy adirlarda, shimoli-
sharqiy sohillarda kofe, vanil, qalampir, yog`li ekinlar, shakarqamish kabi tovar mahsulotlari
ekiladi. Chorva hududlarida esa yirik shoxli mol-zebu, chwchqa, echki, turli parranda boqib
yetishtiriladi. Madagaskarni ba`zan «zebu oroli» deb ataydilar, chunki bu yerda 10 mln.ga yaqin
zebu boqiladi. Ammo chorva boylikni belgilovchi soha bwlsa-da asosiy rolni wynamaydi, mol
gwshti kam ishlatiladi, faqat twy va boshqa marosimlarda swyiladi.
Aholining kwpchilik qismi (90 foiz) qishloqlarda yashaydi. Uylari twg`ri burchakli,
qamishdan nishabli, toplari palma yaproqlari bilan yopilgan, devorlari qamishdan twqilib loy
suvalgan. Markaziy tog`li joylarda toshdan va g`ishtdan qurilgan jihozlar, yog`ochdan wyma naqsh
berilgan mebellar, chiroyli twqilgan chipta va bwyralar, chipta dasturxon va salfetkalar, turli
gaqshli yog`och idishlar, haykalchalarni kwrish mumkin. Milliy kiyimlardan oq yoki gulli chitdan
boshdan oyoq wrama qilib kiyiladigan lamba keng tarqalgan. Qizil ipakdan bichilgan lamba kishi
wlganda kafan vazifasini bajargan.
Madagaskar aholisining yarmidan kwpi (54 foizi) mahalliy an`naviy dinlarga, ayniqsa,
ajdodlarga sig`inish ibodatiga amal qiladilar. Odamning hayoti twg`ilishidan to wlimigacha urug`
iborati marosimlari va odatlari bilan twla, hosil twplash va molnii bolalashi ham turli urf-odatlar
bilan nishonlanadi. Malagasiylarning turmushida daft qilish va xotirlash marosimlari alohida wrinni
egallaydi.
Xotir marosimlarida musiqa, ritual raqslar, miltiq otishlar, kata xarajatli xudoyilar va haftalab
davom qiladigan ziyofatlar juda keng tarqalgan. Ayniqsa, qabr ustiga qwyiladigan yodgorlik
ustunlari chiroyli wrnatiladi, wyma naqshlar va qwkiz shoxlari bilan bezatiladi. Qarindoshlarni daft
qilish va qabrlariga qarab xotirlash eng muhim odatlardan hisoblanadi. Shuning uchun sohil
aholisida qabristonlarni obodonlashtirish, dabdabali sag`ana tiklash, qimmatbaho haykallar qwyish
keng tarqalgan. Malagasiylar wlimni hayotning davomi deb tasavvur qiladilar. Orol aholisining 41
foiz qismi nasroniy diniga wtgan bwlsada, asl qadimiy an`naviy marosimlar va urf-odatlarga amal
qiladilar. Ularning tasavvurida ajdodlarning arvohlari ular bilan birga uyda yashaydi, avlodlarning
turmushi, xwjalikda, kundalik hayotida va diniy marosimlarida an`naviy udumlarga rioya
qilishlarini kuzatadilar. Taxminan 10% malagasiyalar sunna mazhabidagi islom diniga, ozgina
qismi esa shia mazhabiga itoat qiladilar.
Malagasiylarning tasviriy san`ati amaliy xarakterga ega bwlib, tosh yoki yag`och
wymakorligi, sopol idishlari va gazlamadagi tasvirlar, chipta va savatlardagi naqshlardan iborat.
115
Ba`zan motam munosabati bilan ikki-uch kun tinmay bambukdan yasalgan noyob nohinli torli
asbob, nog`ora va naylar ovozi ansambli ijrosida yangrab turadi. Og`zaki ijod ham ancha
rivojlangan.
Afrika xalqlari qadimiy davrlardan to hozirgacha ijtimoiy taraqqiyotdan chekkada qolmay,
doymiy rivojlanishda bwlganlar. Mustamlaka arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot darajasida turganlar, yuksak madaniyat yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali
ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar ham mavjud edi.
Afrika, arab va hind madaniyatlarining kwp asrlik yaqin aloqalari va aralashmasida paydo
bwlgan yorqin va original suaxili madaniyati umumjahon mohiyatga ega bwlgan va juda kwp
etnoslarga mansur tushgan madaniyatga aylangan.
Uy qurilishida, kiyimlari, badiiy hunarmandchilik mahsulotlarida, ma`naviy hayotida
nihoyatda gwzal va rang-barang wziga xos xususiyatlarni saqlab kelgan. Keniya xalqlarining sohil
qismi aholisi hozirgacha zargarlik, misrgarlik, yag`och va suyak wymakorligi san`ati an`nalarini
davom ettirmoqdalar. Suaxilliklarning oq xalat (galabey)lari, kumush bilan kashtalangan chiroyli
dwppilari, ayollarning quyuq kwk, wziga xos parda va shoyshablari, turli taomlari sharqiy-janubiy
sohil aholisi orasida keng tarqalgan.
Tanzaniyada
mahalliy
bantu
xalqlarining
wtroq
dehqonchilik
madaniyati
bilan
hunarmandchilik va sohillardagi suaxili savdogarlarining madaniy an`nalari qadimiy davrlardan
aralashib shakllanib kelgan.
Malagasiylarning tasviriy san`ati amaliy xarakterga ega bwlib, tosh yoki yag`och
wymakorligi, sopol idishlari va gazlamadagi tasvirlar, chipta va savatlardagi naqshlardan iborat.
Ba`zan motam munosabati bilan ikki-uch kun tinmay bambukdan yasalgan noyob nohinli torli
asbob, nog`ora va naylar ovozi ansambli ijrosida yangrab turadi. Og`zaki ijod ham ancha
rivojlangan. Janubiy Afrika xalqlarining eng qadimiy madaniyatidan qoyalarga rasm chizish
hozirgacha saqlangan. Fil, karkidon, ilon, qwkiz, jirafa kabi hayvonlar, ov marosimi va urush
manzaralari bushmen rasmlarida tasvirlangan.
Jahonda Namibiya qorakwl terisi ishlab chiqarishda birinchi wrinda turadi (har yili 2,5-3,5
mln. dona eksport qilinadi). Ularda angor echkisi oliy darajadagi moxer junini beradi. Qorakwl
qwylari aslida 1907-yili nemislar tomonidan keltirilib kwpaytirilgan. Mamlakatda 2,8 mln. qora
mol, 5 mln. qwy va 2 mln. echki bor. Eksportning aksariyat qismi JARga jwnatiladi.
Hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan. Temir buyumlar ishlab chiqarish, zargarlik birinchi
wrinda turadi. Qadimiy davrlardan efioplar temir mahsulotlari, bilaguzuk, sirg`a va boshqa turli
bezaklarni nozik naqshlar bilan ishlab chiqqanlar. Hatto kiyimlar, metall, ayniqsa, oltin va kumush
buyumlar qammatbaho toshlar bilan bezatilgan. Wsimlik naqshlari qadimiy qwlyozmalarda ham
ishlatilgan.
Hozir g`arbiy va Markaziy Afrikaning iqtisodiy taraqqiyotida qazilma boyliklarning kwpligi
muhim ahamiyatga ega. Yaqin davrgarcha bu erda og`ir sanoat bwlmagan. Mustaqillikka
erishilgandan keyin, ayniqsa, yirik port shaharlarida asta-sekin sanoat korxonalari paydo bwla
boshladi. Markaziy Afrikada yog`och ishlab chiqarish, twqimachilik, oziq-ovqat sanoati sohalari
ham rivojlangan. Og`ir sanoatning asosiy mahsulotlari eksportga ishlaydi. Mustamlaka arafasida
Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida turganlar, yuksak madaniyat yaratgan
yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar
ham mavjud edi.
Ammo Afrika xalqlari uzlarining necha asrlik mustamlaka tuzimida bulishiga qaromasdan
mustaqil taraqqiyot ywliga wtib katta yutuqlarga erishaolganlar va jaxon tsivilizatsiyasining eng
qadimgi uchoqlaridan biri ekanligini sifatlayoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |