Afrikaning wsimlik dunyosi- juda boy. Kongo sohasida va Gvineya bwg`ozi sohillarida
tropik wrmonlar wsmoqda. Savanna dashtlarini ham tropik wrmonlar shimoliy va janubiy, sharqiy
tomondan wrab olgan. Tropik iqlimli joylarda Janubiy Amerikadan keltirilgan kakao, sharqiy
sohillarda kokos palmasi, shimolda qimmatbaho probka daraxti, Nil mohasida paxta ekiladi. Afrika
asli banan, emishli yams ildizi, eryog`og`i (araxis) va er lobiyasi, xurmo va yag` palmasi, habash
noni (teffa), kofe va kauchuk daraxti (landolfiya) vatanidir. Chorvachilikka qulay xashakka boy
savanna bwlda-sa, chorvaning ashaddiy dushmani sese chivini tufayli bu soha sust rivojlangan.
Ammo hayvonot dunyosi boy, turli katta-kichik qushlar, fil, karkidon, ohu, gippopatam va boshqa
tuyoqli hayvonlar, ywlbars, arslon kabi katta yirtqichlar, har xil maymunlar, turli kemiruvchi va
sudraluvchilar kwp uchraydi. Qazilma boyliklardan Afrikada olmos, oltin, platina, uran, temir
rudasi, mis, alyumin, kobalt, fosforit, neft, kwmir mavjudligi qit`ani boy xomashyo xazinasiga
aylantirgan.
Afrika qit`asining tabiati- rang-barang singari aholining etnik qiyofasi, joylashuvi va
zichligi ham turlichadir. Swnggi ma`lumotlarga qaraganda, bu erdagi 500 milliondan ortiq
aholining etnik joylashuvi quyidagicha: g`arbda 137 mln., sharqda 130 mln., markaziy qismida 52
mln., janubda 32 mln. kishi yashaydi. Ni vodiysida bir kv.km. hududga 700 kishi twg`ri kelsa,
qit`aning umuman boshqa qismiga wrtacha 2-10 kishi, Saxara qismiga esa 0,3 kishi twg`ri keladi.
Umuman er kurrasidagi aholi zichligi Afrika qit`asida ikki hissa kam bwlib, wrtacha har km
2
ga 13-
14 kishi twg`ri keladi.
Afrika aholisi Antropologik jihatdan- uchta yirik irq, wrta va aralash tiplardan iborat.
Qit`aning shimodida Saxaraning janubigacha evropoid irqiga oid qora kwz, twlqinsimon qora soch,
bug`doy mayiz tanli, uzunchoq yuzli bir oz burgutsimon qirra burunli arablar, barbarlar yashaydi.
Efiopiya va Somali yarim orolida wrta irq hisoblangan terisi biroz qoramtirroq, yuzi kichikroq, labi
qalinroq, wrta yoki novcha bwyli amxara, galla, tigre va boshqa xalqlar joylashgan. Afrikaning
asosiy aholisi hisoblangan kwpsonli asl negroidlar Saxaradan janubda G`arbiy va Markaziy
Sudanda, Nilning yuqori qismida, Kongo vohasida, Sharqiy tropik Afrikada va qit`aning janubida
katta hududga tarqalgan. Ular qop-qora tani, qora kwzi va spiral (burama) sochlari, iyagi biroz
oldinga chwzilgan (pragmatizm), qalin labi, keng va puchuq burunli, kwsa soqol va kamtuyli
110
belgilari bilan ajralib turadilar. Katta negroid irqi ichida uzun bwyli (180 sm.ga yaqin) va nihoyatda
qora rangli nilotlar tipi Nil daryosi yuqori oqimlarida va Buyuk kwllar atrofida uchraydi. Kongo
vohasining tropik wrmonlaridagi pakana bwyli (wrtacha 141-142 sm.) biroz qoramtirroq tanli,
sersoqolli, puchuq burunli, labi kichikroq pigmeylar ham boshqalardan farq qiladi. Jismoniy
tuzilishi jihatidan Afrikaning eng janubiy qismida yashayotgan bushmenlar va giottentotlar maxsus
antropologik tipni tashkil qiladilar. Ular asli negroid belgilaridan tashqari ba`zi mongoloid belgilari
(yaproq yuzli, sarg`ich tanli) va steatopigiya (sag`riga nisbatan kwproq yog` twplanib osilganroq)
kwrinishi, badan va yuzga erta ajin tushishi bilan boshqa irqlardan ajralib turadilar. Madagaskar
aholisi ham negroid va mongologid irqlari aralashmasidan paydo bwlgan maxsus tiplardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |