22 Нархнинг иқтисодий мазмунини унинг вазифалари орқали тушунтириб беринг. Нархнинг асосий турларини тавсифланг.
Narx bozor aloqalarining asosiy iqtisodiy vositasi bo‘lib, tovar va xizmat birligini sotib olish uchun tolanadigan pul miqdorini bildiradi. Tovarni puli bor sotib oladi. Uning qancha tovar sotib olishi mumkinligini, ya'ni uning xarid qurbini birinchidan tovar narxi belgilasa, ikkinchidan, uning pulini miqdori belgilaydi
Narx iqtisodiyotda quyidagi funksiyalarni bajaradi: l.Hisob-kitob, oichov funksiyasi. Bunda qilingan sarf-xarajat, ko'rilgan foyda-zarar, bajarilgan ish hajmining hammasi m aium narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural-moddiy, qiymat-pul oichovi bor. 2. Iqtisodiy faoliyatni rag'batlantirish funksiyasi. Narxning o'zgarib turishi (bu amalda shunday) ishlab chiqarish va iste’molni rag'batlantiradi. Narx oshganda, agar xarajatlar o'zgarmay qolsa foyda ko'payadi, bu ishlab chiqaruvchilarni tovarni ko'paytirishga undaydi, chunki foydani maksimumlashtirish imkoni paydo bo'ladi. Masalan, oddiy steijenli plastmass ruchka 120 so'm turadi. Shundan 100 so'mi xarajat, 20 so'm foyda. \ 3. Iqtisodiyotni tartibiash funksiyasi. Bu funksiya shundan iboratki narxning o'zgarishi kerakli tovarlarni ishlab chiqarishga undaydi. Narx qanday tovarlarni qancha ishlab chiqarish zarurligini belgilab beradi. Narx bamisoli barometr singari bozor holatini ko'rsatib turadi. Shunga binoan firmalar nimani va qancha ishlab chiqarilsa, uni bozor m a’qul ko'rishini belgilaydilar. Sotuvchi va xaridor narxi bir-biriga mos tushganda bozor narxi paydo bo'ladi va shu narx bilan tovar sotiladi.
23 Соф рақобат шароитида нархнинг ташкил топиш механизмини тушунтириб беринг.
Biz bilamizki, sof raqobatli bozor va monopol bozorlar bor, bu yerda narxlar turlicha bo‘ladi. Lekin, bundan qat’iy nazar hamma yerda narxlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi umumiy omillar amal qiladi. Bular: xarajat, talab, taklif va raqobatdir. Xarajat — bu har qanday narxning umumiy asosi boiadi, chunki xarajatsiz hech qanday tovar yoki xizmatni yaratib boimaydi. Xarajat narx tarkibiga kiradi, chunki tovarlar sotilgach ular qop lanishi kerak. Narx hech boim aganda xarajatni qoplashga yetarli boiishi kerak, shu sababli xarajat miqdori narxning quyi chegara- sini tashkil etadi, ya’ni narx xarajatdan past boiishi mumkin emas. Talab va taklif nisbati. Talab va taklif narxga har xil yo'nalishda ta’sir etadi. Talab oshsa narx oshadi, talab qisqarsa narx pasayadi. Aksincha, taklif ko'paysa narx tushadi, u qisqarsa narx oshadi. Talabni xaridor bildiradi, taklif esa sotuvchi tomonidan bo'ladi. Ularning nisbatiga ko'ra narx yuzaga keladi. Raqobat vositasi. Raqobat narx bilan borganda u bozorga ta’sir o'tkazadi. Raqobat kuchli bo'lsa narx pasayadi, agar u cheklansa narx ortishga i oyil bo'ladi. Raqobat narxga taklifni ko'paytirish orqali ta’sir etadi.
24 Қандай нарх турларини биласиз? Уларга мисол келтириб, изоҳ беринг.
1. Erkin narxlar – tovar va xizmatlar bozoridagi talab va taklifni hisobga olgan holda korxonalar tomonidan mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadi.
2.SHartnoma narxlari – bu tovarning birligi (dona, ton¬na, kip, barrel va boshqalar) uchun oldi-sotdi shartnomalarda qat’iy belgilanadi.
3.Muvozanat narxi – talab va taklif teng bo‘lgan paytdagi tovarning narxi.
4.Demping narx – tovarlarni tannarxidan (xarajatlaridan) past narxlar bo‘yicha sotish; demping, odatda tashqi savdoda qo‘llaniladi.
5.Ulgurji narx – katta partiyalarda (ko‘tarasiga) sotiladigan tovarlarning narxi. Odatda, katta partiyalardagi tovarlarning narxi mayda ulgurji hamda chakana narxlardan ancha past bo‘ladi.
6.Chakana narx – kichik miqdorlarda shaxsiy iste’molga sotiladigan tovarlarga belgilanadi.
25 Монополияларнинг иқтисодий асоси ва уларнинг турларини тавсифланг.
Monololiya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya'ni, grekcha «topos» - yagona, bitta va «rogeo» - sotaman) tarkib topsada. biroq uning iqtisodiy
asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha ta'riflash o'rinli deb xisoblaymiz: monopoliya -monopol yukori narxlarni o'rnatish xamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan xukmronlikmi amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalarning birlashmalari).
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi
hisoblanadi. Ishlab chikarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi
hamda maxsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon
etadi. Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko'rib chiqish muxim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko'ra ajratish mumkin. Bozorni qamrab olish darajasiga ko'ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya. Sof monopoliya - tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchinish narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkaxukmronlik holati xisoblanadi. Uzbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O'zbekiston xavo yo'llari» DAK, «O'zbekiston temir yo'llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol keltirish mumkin. Darhakiqat, ular o'z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba'zi hollarda tarmoqtsagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko'payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Monopolistik raqobat - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko'p hamda ular o'rgasida ma'lum darajada raqobat mavjud bo'lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o'z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish xajmini belgilashdagi ma'lum darajada xukmronlik holati xisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko'plab mebel`, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini keltirish mumkin.
Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va
ishlab chiqarish xajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O'zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Oxangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko'mir (Angren shaxri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg'un) va Boysun (To'da) tumanlarida joylashgan) ishlab
chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko'p bo'lib, ular tovar yoki xizmaglarining yagona iste'molchisi yoki xaridori mavjud bo'lgan
sharoitdagi yakkaxukmronlik holati xisoblanadi. Bunga «UzDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo'la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo'lgan ko'plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega bo'ladi.
26 Бозорнинг монополлашуви қандай салбий оқибатларни келтириб чиқаради?
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko'rsatish mumkin.
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi;
2) daromadlardagi tengsixlikning kuchayishi;
3) iqtisodiy turg'unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi;
4) iktisodayotda demokratik qarakatlarning to'sib qo'yilishi.
Monopol yuqori va past narxlar bilan ishlab chiqarish va iste’mol sohalaridagi real o‘zgarishlar haqidagi axborotlarni buzadi. Zero, monopol narx talab bilan taklifning real nisbatiga qarab emas, balki nomukammal raqobatchining bozor siyosatiga muvofiq tarzda ish yuritishi bilan belgilanadi. Natijada ishlab chiqarish omillarining bir tarmoqdan boshqa-siga oqib o‘tishidan iborat stixiyali mexanizm buziladi. Chunki u bozor narxiga tayanadigan axborot negizida amalga oshiriladi. Ayni choqda ishlab chiqarish resurslaridan optimal foydalanishni ta’minlaydigan mexanizm ham buziladi. Negaki, monopolistlik tartibga solib turish tovar narxi bilan uni ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi aloqani buzadi. Iste’mol-chi esa mahsulot sotib olar ekan, uni
ishlab chiqarish jamiyatga qanchaga tushishiga qarab emas, balki unga to‘lashi kerak bo‘lgan pul miqdoriga qarab ish tutadi. Nihoyat, monopoliyalar tartibga solib turadigan narxlarga oid usullardan bajonidil foydalansalar (monopolistlar past narxlar belgi-laydilar va bu bilan raqiblarini xonavayron qiladilar) vaqtdagi o‘zaro ku-rashda monopolistlar narxlarga oid bo‘lmagan raqobat-ni afzal ko‘radilar. Chunki kuchli raqiblarning narxlarni pasaytirish yo‘li bilan bir-biriga qarshi kurashi ularga juda qimmatga tushadi. Monopolist mukammal raqobatchini bir qator manfaatdorliklardan mahrum qiladi. Ishlab chiqarish omillari va natijalariga qarab, narxlarni tartibga solib turish imkoniyati monopolistni muayyan darajada bozor va raqobatga qaramaslikdan xalos etadi. Modomiki, u foydani maksimal-lashtirish muammolarini narxlarni
oshirish yo‘li bilan hal qilar ekan, unda xarajatlarni kamaytirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish, ishlab chiqarishni tashkillashtirishni yaxshilashga hojat qolmaydi. Bozorni monopollashtirish keltiradigan yana bir ofat monopoliyalar o‘rtasidagi shafqatsiz raqobat kurashidir. Mijozlar uchun ikkita kichik sartaroshxona qurilgani bir gapu, katta-katta konsernlarning kurashga kirib ketishi boshqa gap. Narxlarni tartibga solib turish imkoniyati raqobat kurashida g‘oyat kuchli qurol, lekin u ikki tomonlama o‘tkirdir. Shu boisdan, monopoliyalar o‘rtasidagi haddan ortiq raqobat uning ishtirokchilariga ham, butun iqtisodiyotga ham xonavayronlik keltirishi turgan gap. Bundan ko'rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta'sir ko'rsatishi, taraqkiyot yo'liga g'ov bo'lishi xam mumkin. Shunga ko'ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iktisodiyotqda monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo'llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi.
27 Ўзбекистонда рақобатчилик муҳитининг вужудга келиши ва монополияга қарши қонунчилик.
Bugungi kunda Uzbekistonda qam uyushmalar, kontsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo'lib, ular ko'pincha tarmok vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo'ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning aloxdda turlarini limit va fond ko'rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma'muriy to'siklar monopolistik tendentsiyalarga ko'proq imkon yaratadi.
Shunga ko'ra, O'zbekistonda samarali raqobat muxitini yaratish uchun quyidagilar
bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:
a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har kanday namoyon bo'lishini maksimal
darajada bartaraf etish;
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o'z ustunlik
mavqelarini suiste'mol qilish imkoniyatlarining oldini olish.
Shunday qilib, Uzbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatki taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo. mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo'jalik sub'ektlarining mavjudligi, ularning bozor orkali aloqa qilishidir.
Shu maqsadda O'zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to'grisida»gi Konun (1992
yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga
qaratilgan bir turkum me'yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko'ra,
bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to'sqinlik qilish, raqobatning g'irrom usullarini qo'llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni koplashlari, jarima to'lashlari. g'irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o'zgarishlar tegishli
qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko'ra, O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi gomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to'g'risida»gi yangi konun qabul qilindi.
Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g'irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash,
to'xtatishnish tashkiliy va hukuqiy asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida rakobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilshiga karatilgan.Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo'nalish, ya'ni birinchidan. monopoliyaga karshi taribga solishning printsipial yangi ko'rinishi bo'lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiste'mol qilishning oldini olish va unga barxam berishni ko'zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy
muxim masalalardan bo'lib hisoblangan monopoliyadan chikarish va sog'lom raqobat
muhitini shakllantirish ekanlit belgilab qo'yilgan.Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda O'zbekistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro'yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo'yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquki berildi. 1996 yilda ushbu boshkarma negizida Moliya vazirligi xuzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo'mitasi tashkil kilindi. 2000 yilda Respublika Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo'mixasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo'mitaning fvoypshtini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan u Monopoliyadan chiqarish, rakobatni va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasiga aylantirildi.
28 Тадбиркорлик фаолиятига таъриф беринг. «Тадбиркорлик фаолияти» ва «бизнес» тушунчаларини изоҳланг.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan maxsus iqtisodiy faoliyat bo‘lib, bu ishlab chiqarishni resurslar bilan ta’minlash, ularning samarali ishlatilishini tashkil etish yo‘li bilan tovar va xizmatlarni yaratish, ularni bozorga yetkazib berish va foyda olishga qaratiladi.
Tadbirkorlik mohiyatan biznesning asosiy turi. Ammo har qanday biznesni tadbirkorlik, deb bo'lmaydi. Buning uchun biznes yaratuvchilik belgilariga ega bo'lishi lozim. Biznes keng ma’noda puldan pul chiqarishga qaratilgan faoliyat. Ammo bunday faoliyatda yaratuvchilik bo'lganda tadbirkorlik yuzaga keladi, ya’ni bironta ishga kapital qo'yib, resurslarni samarali ishlatib tovar va xizmatlarni yaratish tashkil etilganda buni tadbirkorlik, deb aytish mumkin. Agar kapitalning yoki boshqa bir resursning egasi uni ijaraga berib pul topsa-yu, o‘zi hech narsa qilmasdan faqat riskka borish bilan cheklansa, garchi biznes boisa-da, bu yerda tadbirkorlik yuz ber- maydi. Kimki moddiy va pul resurslarini tovar va xizmatlar yaratish yolida ishlatib bundan naf topsa, bu tadbirkorlik qilgani bo'ladi.
29 Тадбиркорлик бошқа фаолият турларидан ўзининг қайси белгилари билан ажралиб туради?
Tadbirkorlik boshqa faoliyat turlaridan o‘zining bir qator bel- gilari bilan ajralib turadi:
1. Tadbirkorlik muayyan mulkchilikka tayanadi. U bilan shu- g'ullanuvchilar aksariyat hollarda xususiy mulk sohibi bo'ladilar. Resurslar va yaratilgan mahsulotlar shu mulkka taalluqli bo'ladi. Biroq tadbirkorlik cheklangan tarzda bo'lsada, jamoa-guruh va davlat mulkiga ham tayanadi. 2. Tadbirkorlik pul topishni, ya’ni foyda olib boy boMishni ko‘z- laydi, ammo buning uchun kishilarga kerakli tovar va xizmatlarni yaratib, ularni bozorga yetkazib berish talab qilinadi. 3. Tadbirkorlik riskli, ya’ni xavf-xatarli ish bo'ladi, bunda yutish va yutqazish, boy bo'lib ketish yoki sinib bankrot bo'lish ehtimoli yonma-yon turadi. 4. Tadbirkorlik noyob qobiliyat talab qiluvchi faoliyat, u bilan hamma emas, balki saralangan kishilar shug'ullanadi. U maxsus iste’dod va tayyorgarlikni talab qilganidan bu ish bilan faqat qo'lidan kelganlar shug'ullanadi. Odatda tadbirkorlik bilan mehnat yoshidagi aholining 8—10 %i shug'ullanadi, qolganlar yollanib ishlaydi. 5. Tadbirkorlik raqobatbardoshlikni talab qiluvchi faoliyat, u bilan shug'ullanganlar raqobat muhitida ishlaydilar, muqarrar ravishda o'z raqiblari bilan kurashda bo'ladilar. 6. Tadbirkorlikka yaratuvchilik, doimo izlanishda bo'lish, nova- tsiyaga (yangilikka) moyillik xos bo'ladi, chunki bularsiz raqobatda g'olib chiqib bo'lmaydi, yangi tovar va xizmatlarni yaratibgina boyish mumkin. 7. Tadbirkorlik sabr-toqat talab qiluvchi faoliyat bo'lib, qo‘- yilgan maqsad sari izchillik bilan borishni, shoshma-shosharlikka yo'l qo'yilmaslikni bildiradi. 8. Tadbirkorlik beboshlik emas, balki jamiyatdagi tartib-qoi- dalarga amal qilgan holda, qonunlar belgilagan tartibda va ruxsat etilgan ishlar bilan shug'ullanib pul topishni bildiradi.
30 Тадбиркорликнинг шакллари ва уларнинг хусусиятларини санаб беринг.
Кооператив тадбиркорлик — жамоа тадбиркорлигининг алохида шакли бўлиб, жамоа мулкига асосланади ва коонерация аъзоларининг унинг фаолиятида ўз мехнати билан иштирок этишини тақозо қилади.
Кооператив мулкчиликка асосланган тадбиркорликнинг асосий белгилари куйидагилардан иборат: ишловчиларнинг ишлаб чиқариш воситалари билан бевосита қўшилиши (хусусий мулкчиликда бундай қўшилишда мулкдор, давлат мулкчилигида эса давлат воситачи ҳисобланади); кооперация аъзоларининг ишлаб чиқариш воситаларидан кенг фойдалана олиши; уларнинг иктисодий жихатдан тенг ҳуқуқлилиги; жамоанинг ўз-ўзини бошқаришни амалга ошириши; жамоа ва шахсий манфаатлар уйғунлиги юзага келиши ва ҳ.к.
Do'stlaringiz bilan baham: |