Эҳтиёж нима? Унинг қандай турлари мавжуд? Эҳтиёжлар бўйича Маслоу пирамидасини тушунтири беринг


Таклифнинг нархга боғлиқ эластиклиги



Download 342,67 Kb.
bet19/68
Sana10.02.2022
Hajmi342,67 Kb.
#439381
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68
Bog'liq
Iqt. 1-100 (1)

Таклифнинг нархга боғлиқ эластиклиги таклифнинг нархга нисбатан нақадар ўзгаришини билдиради.

  • Таклиф эластик бўлганда коэффициент 1 дан катта бўлади, яъни >1.

  • Таклиф ноэластик бўлганда таклиф нархга нисбатан секинроқ ўзгаради, яъни Эк<1.

  • Таклиф ва нарх бир хил даражада ўзгарганда бир дафъали эластиклик пайдо бўлади.

    Таклиф эластиклигини нархдан бошқа омиллар ҳам юзага келтиради, булар: ресурслар нархи, ишлаб чиқариш технологияси, молия воситалари, бозорга таклиф этиладиган бошқа товарлар нархи, бозор нархларининг ўзгариш эҳтимоли, ресурслар ва ишлаб чиқариш қувватларининг етарли бўлиши ёки бўлмаслиги







  • 15.Таклифнинг даромадгага боғлиқ эластиклиги деб нимага айтилади? У қандай ҳисобланади? Иқтисодий сиёсат юритишда талаб эластиклигини қандай рол ўйнайди? Мисоллар ёрдамида тушунтиринг.
    Taklifning xaridor daromadiga nisbatan qay darajada o’zgarishidir.Agar
    mahsulot taklifi xaridor daromadiga nisbatan kuchli o’zgarsa elastiklik vujudga
    keladi.Agar daromad va taklif bir xil o’zgarsa bir dafali elastiklik vujudga
    keladi.Agar mahsulot taklifi xaridor daromadiga nisbatan kuchli o’zgarmasa
    noelastiklik vujudga keladi.




    16.Рақобатнинг моҳияти ва мақсадини тушунтириб беринг.
    Raqobat –bozor iqtisodiyot iishtirokchilarining o‘z manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun bir-biri bilan kurashi,ularning o‘zaro bellashuvidir. Aniqroq qilib aytganda, raqobat bir maqsad sari intilayotgan bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘planishi, ularo ‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naf ko‘rish uchun kelib chiqadigan kurashdan iboratdir. Рақобат кўп қиррали иқтисодий ҳодиса бўлиб, у бозорнинг барча субъектлари ўртасидаги мураккаб муносабатларни ифодалайди. Рақобат - бозор субъектлари иктисодий манфаатларининг тўқнашувидан иборат бўлиб, улар ўртасидаги юқори фойда ва кўпрок нафлиликка эга бўлиш учун курашни англатади. Ўзбекистон Республикасининг Президенти И.А.Каримов рақобатнинг бозор иқтисодиётидаги аҳамиятини кўрсатиб, «Рақобат бўлмаса, бозор иқтисодиётини барпо этиб бўл-майди. Рақобат – бозорнинг асосий шарти, айтиш мумкин-ки, унинг қонунидир»деб ёзадилар. Raqobatning asosiy maqsadi monopoliyaning shakllanishiga yo`l qo`ymaslik, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va iqtisodiy o`sishni ta`minlash. O`znavbatida Рақобат қуйидагиларга кўмаклашади:
    1. ишлаб чиқаришни кенгайтириш ва ихчамлаштиришга
    2.илғор янгиликларни жорий этишга
    3.ресурс ҳаражатларини тежашга
    4.Иқтисодиётнинг умумий самарадорлигини оширишга
    5.талабнинг қулай қондирилишига
    6.нархларни тенглаштириш ва пасайтиришга
    Raqobat muhitining mavjudligi tovar ishlab chiqaruvchilarni xo‘jalik faoliyatining samarali usullaridan foydalanib, yangi texnologiyani joriy etish, kam xarajat qilib sifatli tovar ishlab chiqarishga majbur etadi. Bun-day xatti-harakat korxona foydasini ko‘paytiradi va uning moliyaviy fao-liyatini barqarorlashtiradi. Bozor sifatli tovarlar bilan to‘yingan taqdirda, tovarlarning narxi arzonlashadi, iste’molchilarning sotib olish imkoniyati ortadi.






    17.Рақобат шаклларига тушунча беринг ва уларнинг ҳар бирига хос белгиларини кўрсатинг.
    Raqobat, unda ishtirok etuvchilar soni, mavqeyi, iqtisodiyotgata’siri, kurash usullariga binoan turlanadi. Bozor tizimida ikki xilraqobat bo‘lib, bular mukammal va nomukammal raqobatdir.Mukammal raqobat — bu erkin bozordagi ko‘pchi!ikdan iboratsotuvchilar va xaridorlarning har biri cheklanmagan holda bozorqonun-qoidalariga binoan va bir xil usul bilan olib boradigan raqobatidir.Bu tabiatan sof raqobat hisoblanadi, chunki hech bir cheklanishlarsizyuz beradi, unda ixtiyoriy ravishda mutlaqo mustaqil ishko‘rayotgan sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi. Uning 3 ta asosiybelgisi bor:
    1. Raqobatlashuvchilar ozchilik emas, balki ko‘pchilik bo‘ladi.Masalan, dehqon bozorida xaridorlar ham, sotuvchilar ham ko‘p,ular bir-birini erkin tanlaydi.
    2. Raqobatlashuvchilar bir turdagi tovarni bozorga taklifetadilar, shu bois ular xaridor uchun kurashadilar. Masalan, nonbozorida sotuvchilar faqat nonni taklif etadilar, ularning xaridoriham bir xil, shu sababli nonni turli xaridorga ko'proq sotish uchunkurashadilar.
    3. Raqobatda qatnashish ixtiyoriy, chunki bozorga o‘z tovari bilanxohlagan vaqtda kirib kelish va chiqib ketish mumkin. Masalan, do‘konochib, boshqa do‘kondorlar bilan raqobat qilish uchun davlatdan ruxsatolinsa bas, chunki boshqa hech kim unga to‘sqinlik qilmaydi. Aynipaytda do‘konni yopib bozordan chiqib ketish va boshqa ish bilanshug‘ullanish ham mumkin.Nomukammal raqobat — bu mononoliyalar bozorida ozchilikdaniborat sotuvchilar va xaridorlaruing cheklangan tarzda va xilma-xilusullar bilan yuz beradigan raqobatidir.Monopoliyalar bozori erkin bozor emas, chunki bu yerda ozchilikyirik firmalar tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning asosiyqismini o‘z qo£lida to‘p!ab olib bozorda hukmronlik qiladilar. Ularningraqobati nomukammal hisoblanadi, chunki u ma’lum darajadacheklangan bo‘ladi. Nomukammal raqobat monopolistik raqobat,oligopoliya, sof monopoliya va monopsoniya sharoitidagi raqobatlargabo‘linadi.Monopolistik raqobatda uncha ko‘p sonli bo‘lmagan, lekin yirik,aynan bir xil bo‘lmasa-da, o‘xshash tovarlarni xaridorlarga taklifqiladigan firmalar raqobatlashadi. Oligopoliya sharoitidagi raqobatda ozchilik, lekin g‘oyat yirikfirmalar qatnashadi, ular muayyan tarmoqdagi mahsulot ishlab chiqarishni va sotishni o ‘z qo‘lida to ‘plab oladi. Duopoliya — ikki firma hukmronligi bo‘lib, oligopoliyaningsodda ko‘rinishidir. Hamkorlik zarurati ikki firmani bitimga kelib kartel hosil qilishini bildiradi. Sof monopoliya, degani ishlab chiqarish va tovarlar taklifini yagona, ya’ni hech bir raqibi yo‘q kompaniya qo`lida bo`lishini bildiradi. Monopsoniya sharoitida muayyan tovar va xizmatlar bozoridayagona xaridor bo‘lganidan ishlab chiqaruvchilar uning pulini olishuchun raqobatlashadi, chunki ular oldida xaridor tanlash imkoniyati bo`lmaydi. Monopsoniyaga misol qilib «De Birs» (Janubiy Afrika)






    18.Тармоқ ичидаги ва тармоқлараро рақобатнинг фарқини тушунтириб беринг.
    Erkin raqobat ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: tarmoq ichida, ya’ni bir xil tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi raqobat va tarmoqlararo, ya’ni turli tarmoqlarga tegishli korxonalar o‘rtasidagi ra-qobat. Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulay-roq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq kor-xonalari doirasida olib boriladi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta’min-lanish va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‘lgan korxonalarning borligi sababli ularda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi. Biroq tovar qiymatlari alohida mehnat sarfi bi-lan emas, balki ijtimoiy zaruriy mehnat sarfi bilan belgilanadi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy yoki bozor qiymati-ni aniqlaydi va belgilaydi. Bunday qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ish-lab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tash-kil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi. Shunday raqobat natijasi-da texnik darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladi va, aksincha, texnik jihatdan nochor korxonalar esa o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining bir qismini yo‘qotadi va zarar ko‘radi. Tarmoq ichidagi raqobat bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar o‘r-tasidagi raqobatdir.Bunday raqobat tovarlarning narxi, korxona foydasi-ning miqdori ham xuddi shunday tovar ishlab chiqarayotgan boshqa sub-yektlarning faoliyati oqibatida kelib chiqadi. Ishlab chiqaruvchilar ichki va tashqi sharoitlarning ko‘pligi tufayli, bozorda turlicha mavqeini egallaydi. Ulardan har birining tarmoqdagi o‘rnini, eng avvalo, korxona-ning texnik va texnologik darajasi, unda ishlovchilarning malakasi, mah-sulotni ishlab chiqarish va sotish qanday tashkil etilganligi belgilab beradi.
    Tarmoqlararo raqobat.Bunday raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Unda foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foydalaniladi. Yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o‘tishida ko‘proq foyda keltiruv-chi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payi-shiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi.Tegishli foyda normasi ham pasayadi.Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi. Chunki bunda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga talab ularni taklif qilishdan oshib ketadi, oqi-batda narxlar ko‘tariladi. Shu bilan birga, foyda normasi ham ko‘payadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda namoyonlashib, qanday-dir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olishni ta’-minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa solinma-sin, xuddi shu tarmoqning foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga ba-ravarlashtiradi. Bunday jarayon kapital mablag






    19.Ҳалол рақобатлашув усулларини тушунтириб беринг.
    Raqobat kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom raqobatga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Raqobat kurashining tarixan shakllangan va jamiyat tan olgan usullari mavjudki, bular halol raqobatga xos bo`ladi. Halol raqobat yuz berganda, uning ruxsat etilgan va raqiblar ma’qullagan usullari qo‘llaniladi, Bular hozirgi sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotiga xosdir. Bular jumlasiga narx bilan, sifat bilan, servis bilan va nihoyat reklama vositasida raqobatlashuv kiradi. Narx bilan raqobatlashuv — narxni o‘zgartirish orqali xaridornio‘ziga rom qilib olish va raqibini shunday yo‘l bilan bozordan siqib chiqarishni bildiradi. Narxni o‘zgartirish ikki yo‘l bilan boradi:
    1. Narxni tushirish. Bunda tovarlar boshqalarnikidan arzonroqnarxda sotiladi, natijada bir tovarni sotishdan kelgan pul tushumi qisqaradi, lekin sotish hajmi ortganidan yalpi tushum ko‘payadi. 2. Narxni oshirish usuli puldorlar qatnashadigan bozordaqo‘llaniladi. Puldorlar pulni betiga qaramay kerakli tovarni xaridetadilar, ayniqsa bu prestijli (obro‘talab) tovarlarga xos bo‘ladi.3.Sifat bilan raqobatlashuv. Bu usul bozorga sifati yuqori, binobarin
    xaridor uchun nafliligi katta tovarlarni chiqarishni bildiradi,shunday yo‘l bilan raqibga qarshi turiladi. Bu usul sifatli tovarlarbozorida qo‘llaniladi, bunday bozor boy mamlakatlarga xos bo‘ladi. 4.Qo‘shimcha servis (xizmat) ko‘rsatish bilan raqobatlashuv. Buusul qo‘llanilganda xaridorga u sotib olgan tovar yuzasidan bepulyoki imtiyozli xizmat ko‘rsatiladi. Bu usul odatda uzoq muddatxizmat qiluvchi tovarlar bozorida qo`llaniladi.5.Reklama vositasida raqobatlashuv. Firmalar o‘z tovarlariga xaridore’tiborini jalb etish uchun ularni reklama vositasida ko‘z-ko‘zqiladilar, o‘z tovarining afzalliklarini xaridorga yetkazadilar.Ularreklama uchun pulni ayamaydilar. Chunki bu raqobatda yengibchiqish imkonini beradi. Reklama g‘oyat qimmat bo‘lganidan undanraqobat kurashida yirik firmalar samarali foydalana oladilar.






    20.Рақобатнинг ғирром усулларини шарҳлаб беринг.

    Avval g’irrom raqobatga qisqacha tariff berib o’tsak, g’irrom raqobat - bu raqobatlashishning noan’anaviy jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan , ijtimoiy axloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy ( jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqibning oro’siga putr yetkazish va h.k) usullar orqali qilingan raqobatdir. Shuningdek, g’irrom raqobatda banklarni, moddiy taminotchilarini kredit va materillar yetkazib berishdan voz kechishga majburlash, mutaxassislarni og’dirib olish, va narxni keskin ravishda pasaytirish va turli yo’llar bilan raqobatchisining imkoniyatini cheklashga harakat qilinadi. Masalan, aytaylik bir telefonni sotiladigan o’rtacha bahosi 100 dollar bolgan holda, raqiblarini qasddan sindirishga urinish yoki, xaridorlarni o’z tomoniga ogdirish uchun uning narxini 10 dollardan belgilagan holda sotiladi. Yoki yana bir misol ebola virusi va kakaoni olaylik, ya’ni kakao virusni tashiyapti degan holda, afrika davlatlaridagi kakao yetishtiruvchi mamlakatlarga nisbatan g’irrom usulda ulardan kakao sotib oluvchi davlatlarni yoqqa chiqarish.



    Download 342,67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   68




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish