Amalga oshirilayotgan rag’batlantirish tadbirlari samaradorligini ta’minlash
uchun ularning mazmuni haqidagi axborotni iste’molchilarga o’z vaqtida yetkazish
zarur. Sotishni rag’batlantirish tadbirlari haqidagi axborotni tarqatish turar joy
usullardan biri bo’lib, bunga biz pochta qutilarini ochganda ishonch hosil qilishimiz
mumkin. Reklama materiallari hozirgi kunda maqsadli muloqot doirasining 5-7%i
tomonidan diqqat bilan o’qiladi, 18-20%i ko’rib chiqadi va yarmidan ko’pi
o’qimasdan tashlab yuboradi. Biroq qator tadqiqotchilarning ta’kidlashicha,
62
Matbuotda sotishni rag’batlantirish haqida e’lonlar davriy va maxsus nashrlar,
mahsulot va kamdan-kam hollarda – umummilliy gazetalar orqali tarqatiladi.
Kommunikatsiya vositasi sifatida radio tadbirni e’lon qilish yoki reklama
uchun, tinglovchilarga o’tkazilayotgan konkurslar haqida axborot taqdim etish yoki
tadbirlardan to’g’ridan-to’g’ri eshittirish tashkil qilish uchun foydalaniladi.
Televidenie sotishni rag’batlantirish uchun qo’llanganda taxmin qilinayotgan
tadbirlar haqida oldindan xabar beriladi va bevosita iste’molchi bilan muloqot
o’rnatishga xizmat qiladi. Televidenieda sotishni rag’batlantirish muammolari
umuman olganda radiodagi muammolar bilan o’xshab ketadi, faqat muloqot doirasi
kengroq bo’ladi. Televidenie, barcha qonunchilik cheklovlari sharoitlarida ham,
product placement nomini olgan (rekvizit sifatida syujetga harakat, telefilm yoki
ko’rsatuvdagi tovar va xizmat suhbatini kiritish) maxsus texnologiyadan
foydalanishda katta ustunlikka ega.
Product placement texnologiyasi kinoda keng qo’llanadi. Bundan tashqari,
kinofilmlar qahramonlari tovarlar o’rovida paydo bo’lib, tovarni va filmning o’zini
ilgari surishga xizmat qiladi, markalar esa – filmlarning yakuniy titrlarida paydo
bo’ladi.
Sotishni rag’batlantirish tadbirlari haqida xabardor qilishning navbatdagi
yo’nalishi bu – iste’molchilar va hamkorlar uchun PR tadbirlaridir. Ular tovarlar va
xizmatalr ommaviyligini oshirish va imidjni yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Marketingning tarkibiy qismi sifatida PR axborot taqdim etish va muloqot doirasida,
jumladan, davlat strukturalarida ijobiy jamoatchilik fikri shakllantirishning
yordamchi vositasi hisoblanadi.
Potensial
iste’molchilar
bilan
to’g’ridan-to’g’ri
muloqot
sotishni
rag’batlantirishning muhim jihati hisoblanadi. Buning uchun maqsadli mijozlarning
ma’lumotlar to’plami shakllantiriladi. To’g’ridan-to’g’ri muloqotning jalb
etuvchanligi vositachi yo’qligida, tadbirlarni tezkor takomillashtirish imkoniyatida,
axborot sir saqlanishida, javob reaksiyasi tezligida va istiqbolli potensial
iste’molchilar identifikasiyasida namoyon bo’ladi.
63
Sotishni rag’batlantirish usullaridan amaliy foydalanishda maqsadli muloqot
doirasini aniqlash, sinov tariqasidagi xarid imkoniyatlarini hisobga olish muhim
ahamiyat kasb etadi. Sinov tariqasida xarid usulini qo’llashda rag’batlantirish nuqtai
nazaridan tovar bepul berilishi (xaridor o’z pullari ilan tavakkal qilmasligi uchun),
iste’molchiga xarid uchun stimul taqdim etilishi va xaridorlarni xaridni amalga
oshirishga ishontiradigan imidj yaratishi mumkin.
Sotishni rag’batlantirish uchun maqsadli muloqot doirasini aniqlash (targeting)
maqsadida uning javob reaksiyasi darajasini bashorat qilish maqsadga muvofiq.
Maqsadli muloqot doirasini aniq belgilash ehtimoliy xatoliklar va kamchiliklar
ishonarli doirasida baholash aniqligiga bog’liq.
Amaliyotda ko’pincha javob reaksiyasi darajasini tahlil qilish natijalarini
hisobga olgan holda taxminiy baholash bilan chegaralanishga to’g’ri keladi. Shu
sababli narxlarning o’sishi sekin, pasayishi esa – tez bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: