С. Regressiyali
Kasallik bosqichlari bo ‘yicha:
A. Boshlang‘ich
B. Shakllanib bo ‘lgan sirroz
C. Atrofik (o‘tib ketgan) sirroz
Jigar funksional holati bo ‘yicha:
A. Yengil (
kompensatsiya
)
B. 0 ‘rtacha og‘ir (
subkompensatsiya
)
C. O g‘ir darajali (
dekompensatsiya
)
Portal gipertenziyada jigarning ko‘rinishi
2-rasm. Sog‘lom jigarning
ko‘rinishi.
3-rasm. Fibrozga uchragan
jigarning ko‘rinishi.
4-rasm. Sirrozga uchragan
5-rasm. Jigar o‘smasining
jigarning ko‘rinishi.
ko‘rinishi.
Portal gipertenziyaning jigardan tashqari turi.
Polietiologik
kasallik, uning asosida portal sistema rivojlanishining tug‘ma nuqson-
lari, trombozi yoki flebosklerozi, tomirlaming
boshidan oxirigacha
turli sathlardan o ‘tkazuvchanligining buzilishi yotadi. Yosh bolalarda
uchraydigan portal gipertenziya sabablaridan 80 % ini rivojlanishdagi
tug‘ma nuqsonlar tashkil etadi.
87
Narkulov Jakhangir
T o‘siqdan pastda joylashgan tomirlarda qon bosimining ortib bori-
shi, jigar ichidagi tomirlarda esa normal bosim bo‘lishi jigar osti
portal
gipertenziyasiga xosdir. Bunday hollarda, kasallikning boshlang‘ich
davridayoq kollateral tomirlar keng rivoj topib, asosan, m e’da va
qizilo‘ngach tomirlari orqali portokaval shuntlanish kuzatiladi. Shu
bilan bir vaqtda porto-portal
shuntlar ham ochilib, jigam i qisman
b o ‘lsada portal qon bilan ta ’minlab turadi. Shuntlar kengaygan sari
kavemoz konglomeratlar hosil bo‘ladi
va holat darvoza venasining
angiomatoz transformatsiyasi deb ataladi. Bu turdagi bemorlaming
85 % qizilo‘ngach varikoz venalaridan katta qon yo ‘qotishi mumkin.
K l i n i k a s i . Portal gipertenziyaning klinik manzarasi turli-tuman
va ko‘p jihatdan birlamchi kasallik hamda jigardagi jarayonga qo‘shil-
gan blokadaga bog‘liq. Bolalarda, ko‘pincha jigardan tashqari portal
gipertenziya kuzatiladi. Surunkali faol gepatitning klinik ko‘rinishida
k o ‘proq nevrologik va dispeptik o ‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Bunga
sekin-asta darmonsizlik, tez holsizlanish, injiqlik,
uyquning buzilishi
va meteorizm qo‘shiladi. Surunkali gepatit sirrozga o ‘ta borgach teri
quruqligi, mayda tomirlardan hosil bo‘lgan yulduzchalar, kaftning
qizarishi, barmoqlarining nog‘ora tayoqchasining o ‘zgarishi kabi
belgilar paydo bo‘ladi. Jigar sirrozning
doimiy simptomlaridan biri
gepatosplenomegaliya bo ‘lib, bu holat deyarli 90-95 % bemorlarda
kuzatiladi. Jigar chetlari dumaloqlashib,
qattiqlashadi va yuzasida
g ‘adir-budur bo ‘rtmachalar paypaslanadi. Keyinchalik qorin devori
teri osti tomirlari kengayib, astit va shishlar paydo bo ’ladi.
Jigar osti
portal gipertenziyasi bo‘lgan hollarda faqat 2-3 yoshgacha bo‘lgan
bolalardagina gepatomegaliya kuzatilishi mumkin. Astit sirrozda-
giga nisbatan kam uchrab, odatda ko‘p qon yo ‘qotishdan keyin paydo
bo‘lishi mumkin. Anemiya va gipoproteinemiya yo ‘qotilishi bilan as
tit ham so‘rilib ketadi.
D i a g n o s t i k a s i . Portal gipertenziyali bemorlarda o ‘tkazila-
digan tashxislash tadbirlari 3 bosqichga b o ‘linadi:
I bosqich - umumiy klinik tekshirishlar bosqichi, kasallik anamne-
zini yig‘ish, bemomi ko‘zdan kechirish, jigar va taloq o ‘lchamlarini
palpator hamda perkutor aniqlash, qorin aylanasini tekshirish.
II bosqich - ixtisoslashgan,
statsionar bosqich, laboratoriya tahlili
(leykopeniya, kamqonlik, trombositopeniya aniqlanadi), biokimyoviy
88
Do'stlaringiz bilan baham: