Langergans orolchalari oqish poligonal hujayralar totmalaridan iborat.
Hujayralar orasida sinusoid kapilyarlar to’r hosil qilib yotadi.
J I G A R
Jigar tanadagi eng yirik bez bo’lib, briktiruvchi to’qimadan iborat Gisson kapsukasi bilan qoplangan.
Kapsuladan yo’nlgan qalin to’siqlar jigarni 3 (chap, o’ng va o’rta) bo’laklarga bo’ladi.
JIGAR BO’LAKCHALARI
JIGAR BO’LAKCHALARI
Jigarning struktur birligi jigar bo’lakchalari hisoblanadi. Jigar bo’lakchalarining diametri 0,5 – 2 mm bo’lib ularning soni odam jigarida 500000 ga yaqin bo’ladi.
JIGAR PLASTINKALARI
Bo’laklarning struktur birligi jigar plastinkalari bo’lib ularning har birini sinusoid kapilyarlar ajratib turadi
Jigar hujayralari biliar yuzalarining tcitoplazmatik membranalarning botiqligi o’t kapilyarlarini hosil qiladi.
JIGARNING O’T KAPILYARLARI
O’T KAPILYARLARI
O’t kapilyarlari diametri 1 mkm. O’t kapilyarlarini hosil qiluvchi jigar hujayralarining yon yuzalari sitoplazmatik membranasi zich iktiruvchi to’qima orqali birikkan.
Gepatotcitlar qobig’I – sitolemasi hujayra faoliyatiga mos tuzilgan.
Jigar darvoza venasi va jigar arteriyasidan qon oladi. Bo’laklar aro o’t yo’li, vena va arterialar jigar triadasini tashkil qilib jigar bo’lakchalarini ajratib turadi.
Qon septal yoki bo’lak atrofidagi arteriya, vena orqali o’tib jigar bo’lagini o’rab oladi.
Retikulyar tola deb nomlanishi ularning to’r hosil qilishini bildiradi. Bu tolalar oqsildan va retikulindan tuzilgan.
Oqsil miofibrilalari atrofida mukopolisa- xaridlar joylashgan. Retikulyar tolalar kuchsiz kislata, ishqorlar va tripsin ta’siriga chidamli hisoblanadi.
JIGAR O’T YO’LI
Jigar bo’laklarining chekka sohalarida o’t kapilyarlari Gerrin kapilyarlariga yig’iladi va o’ t bo’laklararo yo’llarga quyiladi.
O’t yo’llari sistemasi jigar plastinkalarini tashkil etgan gepatositlar oralig’idagi mayda o’t kapilyarlaridan boshlanadi.