Xapi – Nil xudosi – Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni, Osiris – yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda aytilishicha, Osiris Misrning ilk podsholaridan biri bo‘lib, o‘z xalqini dehqonchilikka o‘rgatgan. Birodari Set esa, Osirisni o‘ldiradi. Ammo Osirisning xotini Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O‘shandan boshlab jon qaytib keladigan bo‘lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanadi.
Kohinlar va xudolar va odamlar o‘rtasida vositachi bo‘lishgan. Kohinlar diniy marosimlarni bilar, qurbonlik o‘tkazar edilar. Kundalik turmushda ham kohinlarsiz biron ish qilish mushkul edi. Kohinlar Nil toshqini vaqtini, qachon urug‘lik sochish va hosilni yig‘ishtirib olish muddatini aniq bilishgan. Barcha «nom»larda ibodatxonalar bo‘lgan, fir’avnlar ularga katta-katta boylik va yerlar hadya etishardi
_________________________________________________________________
9-§. Piramidalar va daxmalar
Do'stlaringiz bilan baham: |