Kuzda dalalarga urug‘ ekilgan. Qishda esa hosil yig‘im-terimi boshlangan. Boshoqlarni mis o‘roqlar bilan o‘rib olib, so‘ngra maxsus joyga tashib, bug‘doy yoki arpa bog‘lamlari ustidan hayvonlarni haydab o‘tib, hosilni yanchishgan. Xirmonjoydan chiqqan don sopol xumlarda saqlangan. Bu tadbir donni sonsanoqsiz kemiruvchilar – zararkunandalardan omon saqlardi.
Qadimgi Misr hunarmandlarining 30 dan ziyod kasb-korlari bo‘lgan. Misgarlar misni eritib, undan mehnat qurollari quyishardi. Kulollar loydan turli-tuman idish-tovoqlar yasab, idishlarni xumdonda pishirishgan. Quruvchilar saroylar, ibodatxonalar va uylar bunyod etishgan. Oddiy misrliklarning uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlarning uylari esa oftobda quritilgan xom g‘ishtdan qurilgan. Fir’avnlarning saroylari va ibodatxonalar toshdan barpo etilgan. Duradgorlar deraza va eshiklar yasashardi. Kemasozlar qamishdan qayiqlar, yog‘ochdan esa kemalar yasaganlar. To‘quvchilar kiyim-kechak uchun gazmollar tayyorlashar, tikuvchilar esa liboslar tikishardi.
Odamlar Nil vodiysidagi sermashaqqat turmush sharoitiga moslasha boshladi. Tarqoq manzilgohlar «nom» deb atalgan kichik davlatlarga birlashdi. Har bir davlatni «nomarx» – boshqargan.
Vaqt o‘tishi bilan nomarxlar hukmdorlarga – podsholarga aylanishdi.
Misrda ikkita podsho hukmdorlik qilgan. Bittasi Quyi (Shimoliy) Misrda, boshqasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. avv. 3000-yilda ikkala davlat o‘rtasida boshlangan urushda Yuqori Misr hukmdori Menes g‘alaba qozondi. U birlashgan mamlakatning birinchi hukmdori – fir’avni bo‘ldi. Yagona va birlashgan davlat uchun yangi poytaxt bo‘lmish Memfis shahri barpo etildi.
Ko‘p yillar mobaynida «nom»lar hukmdorlari o‘z mol-mulkini ko‘paytirib oldi, natijada Misr mustaqil davlatlarga aylangan alohida «nom»larga parchalanib ketdi. Vaqt o‘tishi bilan mamlakatning qayta birlashuvi ro‘y berdi. Bu davlatning poytaxti Fiva shahri bo‘lgan.
Olimlar Misr tarixini Ilk, Qadimgi, O‘rta, Yangi So‘nggi podsholik davrlariga ajratishgan
Tutmos II va Tutmos III hukmronligi davrida Asvon va Kadesh shahrlari Misr hududi bo’lgan.
Misr fir’avnlarining tojlari qizil va oq ranglarda bo’lgan
7-§. Qadimgi Misr
Qadimgi Misr janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo‘lgan. Bu mamlakatga misrliklar Nil bo‘ylab oltin, qatron, fil suyagi, nodir navli yog‘ochlarni ayirboshlash uchun borganlar.
Misr g‘arbida, Liviya cho‘lida shu nomdagi mamlakat joylashgan edi. Sahro aholisi ko‘chmanchi chorvadorlar bo‘lgan. Quyi Misrdagi Memfis shahri orqali o‘tadigan yo‘l Sinay yarim oroliga olib borgan, bu yerda esa mis qazib olingan. Sinay yarimorolidan shimolroqda Falastin, uning yonboshida Suriya joylashgan. Bu mamlakatlar mis va temir rudasiga hamda boshqa foydali qazilmalarga boy bo‘lgan.
Misrliklar Falastin va Suriyadan hunarmandlar yasagan nodir buyumlar va qimmatbaho toshlarni olib kelishgan.
Qadimgi podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olinadi, mahalliy qabilalar Misrga soliq to‘lay boshlashdi. Fir’avnlar Nubiya va Liviyaga ham yurish qilib, shaharlarni taladilar, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oldilar. O‘rta podsholik fir’avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo‘shib olishga erishdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |