Л
R -
qarang
Dunyo
qit’alari
va
materiklar.
MAUGL1
Biz kichik Maugli bilan u bo'rilar uyasiga
dadil kirib, bo'ri bolalari bilan birgalikda ular
ning onasi - haybatli ona bo'ri Rakshani
emayotgan vaqtida tanishamiz. Shu tarzda u
ona bo'rining asrandi o'g'li bo'lib qoladi.
O ta bo'ri M auglini ovchilik kasbiga
oYgatadi. Ayiq Balu unga jungli qonunlarini
tushuntiradi. Maugli qush va ilonlarning tilini,
o'tlaming har bir shitirlashi-yu barglarning har
bir harakatini anglay boradi. U qoplon kabi
daraxtlarga tirmashib chiqishni, baliq kabi
suzishni, m aym un kabi shoxdan-shoxga
sakrashni juda yaxshi o'rganib oladi.
Maugli haqidagi kitobda hayvonlar ishtirok
etadi, lekin o'zlarini xuddi odamlarday tutisha-
di: bir-biriga mehr qo'yadilar, nafratlanadilar,
fitnalar uyushtiradilarr’ hatto, afsonalar
so'zlaydilar. Inson Maugli va yowoyi hayvon
lar yagona adolatli qonunlar asosida yashay-
dilar. Bu qonunlarni buzishga faqat olachipor
qotil - yo'lbars Sher-Xongina jur’at eta oladi.
Sher-Xon - Mauglining ashaddiy dushmani.
Bolaning tarixi - uning yo'lbars bilan tinimsiz
kurashi tarixidir. Maugli juda kichikligidayoq
Sher-Xon uni qo'lga tushirishga harakat qilib
yuradi. Sher-Xon hamisha Mauglining yo'liga
www.ziyouz.com kutubxonasi
to‘g ‘anoq bo'ladi. Lekin Maugli o'zini himoya
qila oladi va nihoyat, o'zining olachipor dush-
manini o'ldirib, uning terisini Kengash qoyasi-
ga olib kelib tashlaydi.
Maugli sadoqatli do'stlarisiz Sher-Xon us
tidan g'alaba qozona olmagan bo'lardi. Bu
do'stlari, aw alo, bo'ri birodarlari, so'ng do-
nish m a n d ayiq B a lu , ju n g lid a ham m a
cho'chiydigan qora qoplon Bagira, shuni
ngdek dovyurak bo'ri Akela, piton Kaa va, ni
hoyat, Mauglini o'z o'g'liday qabul qilgan
qishloqdagi dehqon ayoli. Inson junglidagi
hamma hayvonlardan ko'ra qudratliroq bo'lib
chiqadi. Uning o'tkir nigohiga birorta bo'ri va,
hatto, go'zal Bagira ham chidash bera olmay
di. Inson butun Olam shohidir.
Maugli ulg'ayib, o'z xalqi yashaydigan yer
ga, xalq orasiga ketsa ham, bari bir jungli
egasi bo'lib qolaveradi.
Maugli tarixi ingliz yozuvchisi Redyard Kip-
lingning hayvonlar hayotiga bag'ishlangan
«Jungli haqida kitob»idan o'rin olgan. Yozuv
chi uzoq vaqt Hindistonda yashagan. Mahal-
liy aholidan ko'pgina rivoyatlar eshitgan.
Ularning orasida bo'rilar to'dasida tarbiyalan-
gan bola haqidagi afsona ham bor edi. Bu af-
sona «M augli» ertagining asosini tashkil etdi.
K o 'pch iligingiz, ehtimol, Kiplingning
boshqa ertaklarini ham o'qigandirsiz. Barcha
ajoyib ertaklar kabi Kiplingning ertaklarini
ham bolalargina emas, balki kattalar ham
sevib o'qishadi.
MAYMUN
Hayvonot bog'ida maymunlarni ko'rgansi-
za. Ular asosan qalin tropik o'rmonlarda to'da
bo'lib yashaydi. To'dani kuchli erkak maymun
boshqaradi. Boshqa erkak, urg'ochi maymun-
lar hamda ularning bolalari unga so'zsiz itoat
qiladi. Uning imo-ishora va tovush orqali be-
radigan buyruqlarini bajarishadi.
Maymunlar tanasi jun bilan qoplangan,
faqat yuzi, qo'li va oyog'i kaftlari hamda to-
vonida jun bo'lmaydi. Oyoq-qo'l barmoqlari
uzun bo'lib, bosh barmog'i boshqalariga nis-
Maymunlar: 1-gorilla; 2-gveresa; 3-gibbon; 4-martishka diana; 5-shimpanze; 6-orangutan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
batan qarama-qarshi joylashgan. Barmoqlar
oziqni ushlab turish, tanani tozalash va junni
tarash, kaft va tovon bilan birga tuyg'u vazi-
fasini ham bajaradi.
Maymunlarning ko'zlari yuzining oldingi
qismida joylashganligi tufayli narsalarni bir
vaqtning o ‘zid a ikkala ko'zi bilan aniq
k o 'ra di. U la rn in g bosh m iyasi boshqa
hayvonlarnikiga nisbatan ancha yirik va mu-
rakkab tuzilgan. F e ’l-atvori ham murakkab
bo'ladi. Lekin ular hidni yaxshi ajrata olmay-
di. Xotirasi kuchli rivojlanganligi tufayli sod
da mehnat qurollarini yasash va ulardan foy-
dalanishni biladi. Shimpanzelar daraxt nov-
dasini sindirib olib, undan asalarilar uyasi
ga kiradigan teshiklarni kengaytirish, tor
teshiklardan qurtlarni kovlab olishda foy-
dalanishni biladi, cho'p bilan tishlarini toza-
laydi. Yo'g'on tayoq va toshlardan o'zini hi
moya qiladigan qurol sifatida foydalanadi.
Tovush va imo-ishora orqali o'zaro muloqot
qiladi. Y u z muskullari yordamida qo'rquv,
hayajon, achchiqlanish yoki xursandchilikni
ifodalay oladi.
Maymunlar odatda bittadan bir oz zaif
bola tug'adi. Bolasi onasining yungiga mah-
kam yopishib oladi; onasi esa uni bir qo'li
bilan ushlab olib yuradi. M aym unlar turli
o'simliklar, mayda hayvonlar va asosan
hasharotlar bilan oziqlanadi, ayniqsa ser
suv mevalarni xush ko'radi.
MASHINA
Biz samolyot va ko'tarish kranini, kombayn
va to'quv stanogini, chang yutgich (pilesos)
va kichkinagina elektr ustarani mashina deb
ataymiz. Hatto, siz yaqindagina haydab yur-
gan uch g'ildirakli velosiped va pedalli avto-
mobil ham mashinadir.
Nima uchun ana shunday xilma-xil qurilma-
lar bitta umumiy nom - «m ashina» so'zi bi
lan ataladi (lotincha «m achina» - mashina
so'zidan)? Avvalo shuning uchunki, ularning
hammasi inson uchun foydali qandaydir bir
ishni bajaradi yoki energiyani bir turdan ik
kinchi turga aylantiradi. Bunda asosiy ish ope-
ratsiyasini mashinaning o'zi bajaradi, inson
esa uni faqat boshqaradi. Bajariladigan ish
turiga qarab, mashinalar turlicha bo'lishi
mumkin: energetik mashina (bug' turbinasi,
ichki yonuv dvigateli, elektr dvigatel, elektr
generator), transport mashinasi (avtomobil,
velosiped, vertolyot, elektrovoz, teploxod), tex
nologik mashina; ular mashina-qurollar yoki
ish mashinalari ham deb ataladi (ko'tarish
krani, metallga ishlov berish stanogi, seyalka,
yozuv mashinkasi), axborot mashinasi (oddiy
arifmometrdan tortib zam onaviy elektron
hisoblash mashinalarigacha).
Ishlab turgan tokarlik stanogiga bir nazar
tashlaylik. Unda detalga o'tkir keskich bilan
ishlov beriladi. Stanokning detal va keskich
mahkamlanadigan moslamalari (shpindel va
support) uning ish organidir. Tikuv mashinasi-
da chokni uning mokisi bilan naychasi va ip
o'tkaziladigan oyoqchasi hosil qiladi. Ana
shular tikuv mashinasining ish organlaridir.
Ekskavatorning ish organi uning yer kovlay-
digan ulkan kovshidir. Yerda quduq qaziydi-
gan mashinalarning ish organi esa burg'idan
iborat. Yo'lovchilar va har xil yuklar transport
www.ziyouz.com kutubxonasi
mashinalarida tashiladi. Ularning «ishi» yu-
rish, suzish va uchishdan iborat. Bunday
mashinalarning ish organlari yuritgich deb ata
ladi, chunki ular mashinalarning harakat qi-
lishiga yordam beradi. Avtomobil va teplovoz-
da yuritgich ularning g ‘ildiraklari, samolyotda
- havo vinti yoki reaktiv dvigatellarning soplo-
si, kemalarda esa eshkak vintlardir.
Shunday qilib, ish organi, dvigatel va un
dan ish organiga harakat uzatuvchi m e-
xanizmi bolgan har qanday qurilma mashina
deb ataladi. Xo'sh, bu holda velosiped yoki
tikuv mashinasi nima boladi? Biz ularni ham
mashina deb atadik, lekin mexanizmlar yor-
damida oddiy velosipedda va q o ‘1
tikuv
mashinasida dvigatel bo‘lmaydi-ku? G ap
shundaki, insonning o‘zi mexanizmlar yorda-
mida mashinani harakatga keltirishi, ya’ni un
ing dvigateli vazifasini bajarishi ham mumkin
ekan.
Dvigatellar har xil boladi: shamol dviga-
tellari, suv dvigatellari, b u g1
dvigatellari,
elektr dvigatellar. Shuni ham aytish kerak-
ki, dvigatellar ham o'ziga yarasha m ashi-
nadir. Ular energetik mashinalar deb ata
ladi, chunki bunday mashinalarning ishi
energiyaning biror turini boshqa turdagi
energiyaga aylantirishdan iborat. Masalan,
elektr dvigatelga simlar orqali elektr toki
keladi, dvigatel esa stanokni harakatga
keltiradi. Shunday qilib, unda elektr energi-
yasi mexanik energiyaga, ya ’ni harakatga
aylanadi.
Bulardan tashqari axborot mashinalari
ham mavjud. Ular bizga sanash, hisoblash,
ma’lumot to'plash yoki axborot yig'ish, kor-
xona, viloyat yoki butun mamlakat xo'jaligini
boshqarishda yordam beradi.
Fan, texnika va turmushning barcha so-
halarida mashina insonning eng ishonchli yor-
damchisi bo'lib qoldi. Mashinalar bizni olib
yuradi, yukimizni tashiydi, biz uchun eng zarur
oziq-ovqat mahsulotlari va kiyimlar tayyorlay-
di, kirimizni yuvadi, ovqat pishiradi va hatto
idish-tovoqlami yuvib beradi. Insonning meh
nat va turmush sharoitlari qulayligi mashi
nalarning miqdoriga va ularning texnik mu-
kammalligiga bog'liq.
MA’ NAVIYAT
Ma’naviyat deganda odamning butun ru-
hiy va aqliy olami tushuniladi. M a’naviyat
kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, axloqiy.
diniy tasavvurlarini qamrab oladi.
Malumki, insonning tashqi va ichki olami
bo'ladi. Tashqi olamiga uning bo'y-basti,
ko'rinishi, kiyinishi, xatti-harakati, muomala-
si va boshqalar kiradi. Ichki olami esa uning
yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-
istaklari, intiiishlari, his-tuyg'ularini o'z ichiga
o la d i. In s o n n in g ana shu ichki olam i
m a’naviyatdir. O ziq-ovqatlar odam ga jis-
moniy quvvat bersa, m a’naviyat unga ruhiy
oziq va qudrat bag'ishlaydi. O'zbekiston
R espublikasi P re zide n ti I. A . K arim ov:
« M a ’naviyat deganda, avvalambor, odamni
ruhan poklashga, qalban ulg'ayishga chor-
laydigan, inson ichki dunyosini, irodasini
baquw at, iym on-e’tiqodini butun qiladigan,
vijdonini uyg'otadigan kuchni tasavvur qila-
m an», - deb aytgan. Ma’naviyat m a’rifat va
m adan iyat tu sh u n ch a la ri bilan bog'liq.
Ma'rifat tabiat, jamiyat va inson mohiyati ha
qida turli bilimlar yig'indisidir. Madaniyat ij-
timoiy va m a’naviy hayotda qo'lga kiritilgan
jamiki yutuqlarni, o'qimishlilik, ta’lim-tarbiya
ko'rganlik, ziyolilikni bildiradi. M a’naviyat
odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmay-
di. Unga muttasil o'qish, o'rganish, tajriba ort-
tirish orqaligina erishiladi. Bunda ilmlarxazi-
nasi - kitobning roli bebaho.
M a ’ n a v iy a t q a n c h a lik b o yib b o rs a ,
jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi.
M a’naviyatli odam yashashdan maqsad ni-
m aiigini aniq biladi, um rini m a zm u n li
o'tkazish yo'lini izlab topadi, muomala qilish
madaniyatini egallaydi, har bir masalaga
insof va adolat nuqtai nazaridan yondosha-
di. Vijdon nima, yolg'on va rost nima, or-no-
mus nima, halol va harom nima - bularning
hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda
yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan
voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amal-
larni bajaradi. Qisqasi, m a’naviyatda inson
hayotining mazmuni aks etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Vatanni sevish, vatanparvarlik - inson
m a’naviyatini belgilovchi asosiy omillardan
biridir. M a’naviyat kamol topgan jamiyatlar-
da qobiliyat, iste’dod egalari shu jamiyat-
ning, millatning yuzi, g'ururi, obro'-e’tibori
hisoblanadi. M a ’naviyatli jam iyatda aql,
sog'lom fikr, adolat va yaxshi xulq ustu-
vordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi
kunga ishonchi kuchli bo'ladi, odamga no-
munosib turli illatlar barham topadi.
O'zbekistonda m a’naviyatni yuksaltirish
uchun ko'rilayotgan choralar boisi shunda.
Bizda xalqni m a’naviyatli qilish davlat siyo-
sati darajasiga ko'tarilgan.
MEKSIKA
(Meksika Qo'shma Shtatlari)
Maydoni - 1958200 kvadrat kilometr.
Aholisi - 91900000 kishi.
M eksika
haqida
gap
o ch ilg a n d a ,
ko'pincha, bu mamlakatda tekis yer yo'q, yur-
gan odam yo yuqoriga ko'tariladi, yo pastga
qarab tushib boradi, deyishadi. Haqiqatan
ham mamlakatda tog' ko'p. Meksika hudu
dining yarmidan ko'prog'i dengiz sathidan
1000 metr balandda. Orisaba va Popokate-
petl vulkan tog'larining tepasi ko'zni qamash-
tiruvchi oppoq qor hibn
M eksika - Lotin A m e rik a sida g i yirik
mamlakatlardan biri. Uning tabiati xush
m anzara va xilma-xil. Bu yerda qoyali tog'
tizm alari, quyosh issig'idan qovjiragan
cho'llarni ko'rish mumkin: cho'llarda beor va
ch id a m li ka ktus h a m d a a g a v a la rd a n
tashqari hech narsa o'smaydi. Meksikada
kaktusning 500 ga yaqin turini uchratish
mumkin; baland bo'yli tanasi tikanlar bilan
qoplangan turidan to kirpisimon yumaloq
turigacha bor. Tog' yon bag'irlari va sohilda-
gi p a s tte k is lik la r doim y a s h il tro p ik
o'rmonlar va savannalar bilan qoplangan.
O'rm onlarda qimmatbaho daraxt turlari -
qizil daraxt, temir daraxt, meksika sarv
daraxti o'sadi, o'rmonlar bilan yonm a-yon
joylashgan vodiylarda esa ananas va ba-
nanlar yetishtiriladi.
Meksikaning chala cho'l va cho'llarida ke-
miruvchilar - yerqazir, koyot, Meksika tog'
o'rmonlarida qora ayiq, yonut, qizil silovsin,
puma, savannalarda bug'u, chumolixo'r, jayra,
janubdagi tropik o'rmonlarda maymunning
ikki turi, tapir, yaguar uchraydi. Hayvonlarni
qo'riqlash maqsadida milliy bog'lar tashkil
etilgan.
Meksikada ispan bosqinchilari tomonidan
vaxshiylarcha vayron qilib tashlangan qadim-
ni in d fiv p s la r m a ria n iv a tin in n a v rim kn'rinishlari
Meksikaning katta
maydonlari dashtu
biyobondan iborat.
www.ziyouz.com kutubxonasi
hozirgacha saqlanib qolgan. Meksikaliklar
bayram kunlari qadimgi an’anaga ko'ra, in-
deyeslar kiyimida raqsga tushib karnavallar
tashkil qilishadi. Xalq orasida hozirgacha
indeyeslarning afsona va ertaklari saqlanib
kelmoqda. Tilida ham kelib chiqishi indeyes-
cha bo'lgan so'zlar ko‘p bo'lib, bulardan
ba’zilari, masalan, «s h o k o la d », «to m a t»
baynalmilal so'zlarga aylanib ketgan.
Indeyes qabilalari mamlakatning ko'pgina
joylarida boshqalarga qo'shilmay alohida
yashaydilar va o'z tillarida so'zlashadilar.
Meksikada foydali qazilmalar ko'p. Oltin,
kumush, rangli va nodir metallar rudalari,
temir qazib chiqariladi. Uzoq vaqtdan beri
neft qazib olinmoqda.
Meksika sanoati tez rivojlanmoqda. U
Lotin Amerikasida sanoati eng taraqqiy et
gan mamlakatlardan biri.
Aholining yarmiga yaqini qishloq xo'jaligi
bilan shug'ullanadi. Juda katta maydonlar-
ga
m a k k a jo 'x o ri
e k ila d i.
M e k sik a
m a k k a jo 'x o rin in g va ta n i h is o b la n a d i.
Bug'doy, sholi, shakarqamish, kofe ham
yetishtiriladi.
Poytaxti - Mexiko shahrida zam onaviy
binolarni ham, o'tgan asrlar m e’morligi na-
munalarini ham ko'rish mumkin. Bir necha
kilom etrga c h o 'zilg a n z a m o n a v iy keng
s h o h k o 'c h a la r
bilan
tor
k o 'c h a la r,
osmono'par binolar bilan eski pastqam uy
lar yonma-yon joylashgan.
Mamlakatdagi eng sevimli tomoshalar-
dan biri - a n ’a n a viy korrida - buqalar
jangi. Har yakshanba kuni kunduzi roppa-
rosa soat 4 da meksikaliklar minbarlarni
to'ldirib o'tiradilar. K orrida-tom oshabinni
o'ziga maftun qiluvchi, ta’sirchan bayram.
Meksikada futbol o'yini juda om m alash-
gan. Olimpiada stadioni va boshqa o'nlab
stadionlarda har yakshanba kuni soat 12
da futbol musobaqalari o'tkaziladi.
Meksikada musiqa va qo'shiqni juda se-
vadilar. Xalq musiqachilari - maryachilar
barcha tantanali uchrashuvlarda albatta qat-
nashadilar. Meksika bilan O'zbekiston Res
publikasi o'rtasida diplomatiya munosabat-
lari 1992-yilda o'rnatilgan.
MENDELEYEV
DM IT RIY
IVANOVICH
(1834-1907)
Shunday narsalar borki, ularsiz inson hayo-
tini tasawur etish qiyin. Masalan, taqvim (ka-
lendar), soat yoki ko'paytirish jadvali. Kimyo-
da esa bunday «jadval» kimyoviy elementlar
davriy sistemasidir. Buni 1869-yilda rus olimi
D. I. Mendeleyev ishlab chiqqan.
Dmitriy Ivanovich Tobolsk shahrida tug'ildi.
Uning bolaligi qiyinchilikda o'tdi. Tobolsk
shahridagi gimnaziya direktori oilasida o'n
yettinchi bola bo'lgan Dmitriy ota-onadan erta
yetim qoldi.
D.I.Mendeleyev Peterburgdagi pedagogi-
ka instituti fizika-matematika fakultetining
tabiiyot fanlari bo'limini oltin medal bilan tugat-
gach, aw al o'qituvchi bo'lib ishladi. Ko'pgina
ko'zga ko'ringan kimyogarlar uning shogird-
lari e d i.
U «Kim yo asoslari» degan ajoyib darslik
kitobini yozdi. Bu darslik haqiqiy kimyo ensik-
lopediyasidir. Mendeleyev darslikni yangi
kashfiyotlar haqidagi ma’lumotlar bilan doimo
to'ldirib, mukammallashtirib bordi. «Kim yo
asoslari» ustida ishlash jarayonida o'zining
mashhur kimyoviy elementlar davriy siste-
masini tuzdi.
Mendeleyevgacha ham ko'pgina olimlar
kimyoviy elementlarni sistemaga solishga
urinib ko'rishgan. Lekin bu olimlar har qaysi
elementni boshqa elementlar bilan hech qan
day bog'lanmagan deb, mutlaqo ajratgan hol
da olishdi. Mendeleyev esa o'zidan ilgarigi
ta d qiqo tchila rnin g a ksicha, e lem entlar
o'rtasidagi o'xshashlik va farqni belgilab be
radigan qonuniyat mavjudligiga ishongan
edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
D. I. M endeleyev o 'z davrida m a’lum
bo'lgan 63 kimyoviy element (agar bu ele-
mentlar atom og'irligi ortib borishi tartibida,
ya’ni eng yengil element-vodoroddan tortib to
eng og'ir element - urangacha ketma-ket joy-
lashtirilsa) xossalarining davriy takrorlanishi-
ni kashf etdi. Bu qonuniyat o'sha vaqtgacha
hali kimyoviy elementlar dunyosidagi mavjud
tartibsizliklarni qat’iy «tartib»ga solgan davriy
sistemaning asosini tashkil etdi. D. I. Mende-
leyevning kimyoviy elementlar davriy sistema
si bilan siz yuqori sinfda, kimyo darsida tani-
shasiz.
D. I. Mendeleyev o'zining davriy sistemasi-
ga tayanib, hali ma’lum bo'lmagan bir necha
kimyoviy element mavjudligini oldindan aytib,
ularning muhim xossalarini bayon ham etdi.
Keyinchalik bu elementlarning hammasi kashf
etildi. D. I. Mendeleyevning farazi kimyoda
birinchi chinakam ilmiy bashorat edi.
D. I. Mendeleyev inson faoliyatining juda
ko'p sohalari bilan qiziqqan.
U neft konlarini, neftning turli tarkiblarini
o'rgangan. U birinchi bo'lib, neft faqat yoqilg'i
sifatidagina emas, balki ko'pgina muhim
moddalar manbai sifatida ham qimmatlidir,
degan xulosaga keldi. U Yer atmosferasini
tekshirgan va yolg'iz o'zi havo sharida uchib
ko'rgan.
D. I. Mendeleyev Ark-
tikani o'zlashtirish bilan
qiziqqan va m uzyorar
kema loyihasini ishlab
chiqqan. Lekin kema
qurilishiga yetarlicha
e’tibor berilmay,loyiha
loyihaligicha qolib ket
gan.
U ko'p yillar O'lchov
va tarozi bosh palatasi
direktori bo'lib ishladi va
aniq
o 'lc h o v la r
to 'g 'ris id a g i fanning
rivojlanishiga yordam
berdi.
D. I. M e n d e le ye v
qishloq xo'jaligi bilan
shug'ullangan, savdo
ishlarini o'rgangan, tutunsiz porox tarkibini
ishlab chiqqan, havoda parvoz qilish bilan
qiziqqan. Uning To'la asarlar to'plami yirik-
yirik 25 kitobni tashkil etadi. U ko'pgina mam-
lakatlar akademiyasi va ilmiy jamiyatlarining
faxriy a’zosi qilib saylangan.
METALL DAVRLAR1
Odamlar o'z tarixlarining bir necha davri-
ni metall nomlari bilan: mis davri, jez davri,
temir davri deb bejiz atashmagan. Ana shu
muhim tabiiy materiallarsiz biz, ehtimol,
h o z irg a c h a tosh d a v rid a y a s h a g a n
bo'lardik: ovqat topishdan tortib yerga
ishlov berish, turli narsalar va buyumlar,
kiyim -kechaklar tayyorlash, turar joy va
boshpanalar qurish - bularning ham m a-
hammasi faqat tayoq va tosh yordamidagi-
na amalga oshgan bo'lar edi.
Inson mehnat jarayonida asta-sekin tabi
at sirlarini bila bordi, tabiiy materiallardan
foydalanishni o'rgandi. Unga tap-tayyor sof
metall bo'laklari uchradi. Lekin tap-tayyor
metallga ham ishlov berish oson emas edi.
D astla b kishilar m isga ishlov berishni
o'rganib olishdi. Undan xanjarlar, nayza
uchlari yasashdi. Odam lar qurollarni mis-
www.ziyouz.com kutubxonasi
dan yasashgan davrni keyinchalik olimlar
mis davri deb atashdi. Biroq misdan yasal-
gan qurollar yumshoq bo'lib, mustahkam
emas edi. Boshqa metallarga nisbatan rux
osonroq erirdi, lekin u ham mehnat qurollari
yasashga yaramadi. Odamlarga tasodifiy
bir h o d isa y o rd a m b e rd i. Q a n d a y d ir
o'choqda qalay bilan mis bo'laklari birga
qotishib qoladi. Ana shu qotishma turli jihoz-
lar, qurol-yarog1
va asboblar yasashga juda
mos bo'lib chiqdi: u osongina erirdi va an-
chagina mustahkam edi. Ana shu qotishma
bronza (jez) deb ataldi. O'sha davrni, y a ’ni
miloddan avvalgi to'rtinchi mingyillik oxiri -
birinchi mingyillik boshlanishini olimlar jez
davri deb atashdi.
Qadimgi degrezlar o'zlarining metall eri-
tuvchi o'choqlarida juda yuqori temperatu-
ra hosil qilishga erishib, temirni eritishgach,
temir davri boshlandi. Bu, taxminan, 3000
yil ilgari yuz berdi.
O dam lar asta-sekin boshqa metall va
qotishmalarni ham o'zlariga xizmat qildira
boshladilar. Ularsiz insoniyat siz bilan biz
к о 'rib turgan ulkan m u va ffa q iya tla rg a
erishmagan bo'lardi. Metallsiz temir yo'llar
va sam olyotlar, kosmik kemalar va Y e r
sun’iy yo'ldoshlari, avtomobil va traktorlar,
m urakkab m ashinalar va asboblar ham
yasab bo'lmasdi.
METALLAR
Metalldan ishlangan buyumlarni hamma
joyda uchratish mumkin. Tem ir mix, misqo-
zo n , alyum iniy qoshiq, kum ush idish...
Zavodlardagi stanoklar, elektr simlari, temir
yo'l izlari va elektr uzatish ustunlari metal-
lardan yasalgan. Zam onaviy samolyotlar-
ning turli qismlari o'ttizdan ortiq har xil me
talldan tayyorlanadi.
Metallarning umumiy xossasi bor: ular,
odatda, qattiq m oddalar bo'lib, alohida,
«m etallga o'xshash» yaltiroqlikka ega va
elektr tokini o'tkazadi. Lekin ular ba’zi bir
istisnolardan xoli emas.
Masalan, suyuq metallar ham bor. Ular
dan birini siz o'zingiz bilsangiz kerak, bu -
simob (simobni ko'rish uchun termometrni
sindirib o'tirishning hojati yo'q). Boshqa
suyuq metall - galliy. Bu - Y e r qobig'ida
juda kam uchraydigan metall.
Qo'rg'oshin simni eritish oson, lekin vol-
fram yoki tantal kabi m etallam i eritish
uchun juda yuqori harorat - bir necha ming
daraja issiqlik talab etiladi.
Yengil va og'ir metallar ham mavjud.
Litiy m etalidan ishlangan kubik yengil
bo'lib, hatto su v betida qalqib yuradi,
qo'rg'oshin esa og'ir metallarga kiradi.
B a ’zi metallar kim yoviy reaksiyalarga
juda yaxshi kirishadi. Masalan, natriy va
kaliy suv bilan shiddatli reaksiyaga kiri
sh a d i. A g a r te g ish li e h tiyo t ch o ra la ri
k o 'rilm a s a , p o rtla sh ham y u z be rishi
m u m k in . O ltin bilan p latina k im yo viy
ta’sirlarga nihoyatda chidamli m etallar-
dandir. Shu sababli ulardan ba ’zi bir m u
rakkab kimyoviy tajribalar uchun idishlar
yasaladi.
Y e r qobig'ida 70 ga yaqin metall bor.
Ulardan eng ko'p tarqalganlari alyuminiy
va temir (ular milliard-milliard tonna)dir.
Shunday metallar borki, ularning «za x ira -
si» bor-yo'g'i gram m lar miqdorida, m asa
lan, astat va fransiy shular jumlasidandir.
H o zir deyarli barcha metallar b a ’zan
toza holda, ba’zan qotishma holida am al-
da qo'llaniladi.
Eng zahmatkash metall - temir. U po'lat
tarkibiga kiradi (po'lat - temirning uglerod
va ba’zi metallar bilan bo'lgan birikmasi).
Mis va alyuminiy simlardan elektr toki yura
di. Alyuminiydan ishlangan yengil qanotlar-
da reaktiv laynerlar uchadi. Kosmik uchish-
lar uchun alyuminiy yaram aydi, chunki u
yetarli miqdorda o'tga chidamli emas. Bu
o'rinda titandan foydalaniladi. Elektr chi-
roqlaridagi yonib turadigan toladek ingich-
ka sim volfram va uning qotishmalaridan
is h la n g a n .G e rm a n iy metali tranzistorli
priyomniklar detallarini yasashda juda mu
him aham iyatga ega. Ja h on da yil sayin
ko'plab atom elektr stansiyalari qurilmoq-
da. Atom elektr stansiyalari quvvatni uran
elementidan oladi. Uran ham metalldir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
METRO
«A d a b iy o t m u z e y i» g a e k s k u rs iya g a
ketyapsiz. Sinf rahbaringiz sizlarni shahar
transporting eng qulay, tezyurar va ishonchli
turi bo'lgan m etroning «K o s m o n a v tla r»
bekati tomon yetakladi. Y e r osti saroyiga
kirar ekansiz, o'zingizni xuddi koinotda yur-
g a n d e k xis q ila siz, chunki d e vo rla rd a
Ulug'bek, Ikar, kosmonavt Y. Gagarin qiyo-
falari aks ettirilgan, shifti esa Somon yo'lini
eslatadi. Bir zum da elektropoyezd kelib
to'xtadi. Uning keng va yorug' vagoniga chi
qib, xiyol o'tmay ko'zlagan manzilga yetib
bordingiz. Radio orqali: «Ehtiyot bo'linglar,
eshiklar yopiladi, keyingi bekat «A lish e r
Navoiy», - deb e’lon qilinadi. Hamma vagon-
larning eshiklari ochilib, bekat sahniga tushi-
shingiz bilan zangori poyezd bir zumda tezligi-
ni oshirib tunnelda ko'zdan g'oyib bo'l di. Siz
bu bekatdagi afsonaviy yer osti saroyi (jamo-
atxona) gumbazlaridagi tilla halli koshinkori
serjilo naqshlarni miriqib tomosha qilishingiz
mumkin. Zal devorlaridagi tasvirlar orqali
sevimli shoiringiz A . Navoiyning « H a m -
sa»sida tilga olingan «Layli va Majnun», «Far-
hod va Shirin», «Saddi Iskandariy», «S a b ’ai
Metropolitenning yer osti yo‘llari juda qulay.
Sayyor» dostonlari qahramonlarining go'zal
siymolari ko'z oldingizda namoyon bo'ladi.
Odamlar oqimiga qo'shilib harakatlanuvchi
zina - eskalator orqali yuqoriga ko'tarilib,
muzey tomon yurar ekansiz, Siz albatta metro
haqida ko'proq narsa bilishga qiziqasiz. Met
roning to'liq nomi - metropoliten yunoncha
metroplis - bosh shahar, markaz m a’nosini
bildiradi. Metro poyezdlari asosan yer osti
(tunellar) da qatnaydi. Jahonning ba’zi shahar-
larida metro poyezdlari uylar oralig'idagi
yo'llarga yotqizilgan uzun po'lat yoki beton es-
takadalar bo'ylab yuradi. Metroda eskalator
bilan birga yuzdan ortiq odam sig'adigan lift-
simon ko'targichlardan ham foydalaniladi.
Metro elektropoyezdlarini hozircha odam
boshqaradi. Metro yo'nalishlarida poyezdlar-
ni avtomatik boshqarish tizimlari ham joriy
qilinmoqda.
Dastlabki metro Angliya poytaxti London-
da 1863-yilda qurilgan. Keyinchalik yirik
poytaxt shaharlar (Nyu-York, Parij, Tokio,
Madrid, Moskva, Tbilisi, Boku va boshqalar)
da paydo bo'ldi. Respublikamiz poytaxti Tosh
kentda metro poyezdlari 1977-yildan yura
boshladi. Hozircha metroning ikki yo'nalishi
qurilgan, yana bir yo'nalishi qurilmoqda. Met-
Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekati.
www.ziyouz.com kutubxonasi
roning ishlab turgan Chilonzor yo'nalishida 12
bekat bor. Uzunligi 16,5 km. Bu yo'nalish
Chilonzor turar joy dahasini markaz orqali
Buyuk Ipak yo'li maydoni bilan bog'laydi, o'z
yo'lida 3 ta kanalni kesib o'tadi. 1977 - 80-
yillarda qurib bitkazilgan. Oqtepa va Salor
kanalining ustidan estakada yordamida, A n -
horning ostidan temir-beton tunnel orqali
o'tadi. O'zbekiston yo'nalishi 11 bekatdan
iborat, uzunligi 15,29 km. Bu yo'nalish C h -
kalov nomidagi aviatsiya zavodini Talabalar
shaharchasi bilan bog'laydi. 1 9 8 4 -9 1 -yillarda
qurib bitkazilgan. Endi qurilayotgan Yu n u s o
bod yo'nalishi Toshkent shahar rivojining bosh
re jasi b o 'y i c h a a m a l g a o s h ir il m o q d a .
Yo'nalishning uzunligi 11,2 km bo'lib, shahar
markazini Yunusobod turar joy dahasi bilan
bog'laydi.
Metropolitenda kuniga 400 mingga yaqin
yo'lovchi tashiladi. Toshkent metropolitenining
har qaysi bekati alohida loyiha asosida nomi-
ga moslab qurilgan va bezatilgan bo'lib, biri-
birini takrorlamaydi. Poytaxt mehmonlari met-
roni afsonaviy yer osti saroylari bilan qiyos-
lashadi. U yerda qishda issiq, yozda salqin.
Metroni toshkentliklarning hammasi yaxshi
ko'radi, u mamlakatimizning faxri.
MEVA
O 'l k a m i z d a yilning qaysi m a v s u m id a
bo'lmasin, bozorlarga kirsangiz peshtaxtalar-
ga uyub qo'yilgan, xaridorni chorlab turgan
anvoyi m e valarga ko'zingiz tushadi. Ular
orasida o'z zaminimizda yetishtirilgani ham,
chetdan keltirilganlar ham bor.
M e v a - daraxtlar va poliz ekinlarining
iste’mol qilinadigan mahsuloti. Mevalarning
shakli, kattaligi va rangi har xil. Meva bitta tu-
gunchadan hosil bo'lsa (o'rik, gilos, olcha va
boshqalar) - oddiy yoki a s I meva, bir gul-
dagi bir necha tugunchadan yu zaga kelsa
(malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) -
murakkab meva deb ataladi.
M e v a uch q is m d a n - sirtqi qism yoki
po'stdan, y o g 'o c h la n g a n qism va shular
o'rtasida jo y la s h g a n oraliq qism - m eva
etidan iborat. Meva h o' I (etli va sersuv) va
quruq bo'ladi. Ho'l m evalar danakli (o'rik,
shaftoli, olcha va boshqalar) hamda urug'li
(olma, qovun, bodring va boshqalar) mevalar
ga bo'linadi. Quruq mevalar tuzilishiga ko'ra
bir necha xil bo'ladi: yong'oq mevalar - po'sti
qattiq mevalar (yong'oq, o'rmon yong'og'i va
boshqalar), pista mevalar - po'sti dag'al m e
valar (kungaboqar, maxsar va boshqalar),
doncha mevalar - po'sti yupqa, urug'ga yo-
pishgan mevalar (arpa, bug'doy, sholi, tariq
va boshqalar), qanotchali mevalar - urug'ida
q a n o t c h a s im o n p a r d a b o 'lg a n m e v a l a r
(qayrag'och, shumtol, zarang va boshqalar).
M e v a la rn in g biologik roli o 'zid a hosil
bo'lgan urug'larni himoyalash va tarqatishdan
iborat, mevaqat urug'larni pishib yetilmasdan
turib qurib qolishdan, shikastlanish va hayvon-
larga yem bo'lishdan saqlaydi. Mevalar qim-
matbaho oziq moddalar (oqsil, moy, uglevod
va vitaminlar)ga boy. Ko'p o'simliklarning me-
valarini odam va hayvonlar iste’mol qiladi,
ulardan dori va bo'yoqlar tayyorlanadi.
MEXANIKA
Dunyoda yuradigan, havoda uchadigan va
suvda suzadigan nimaiki bor - u odammi,
hayvonm i, qushm i, baliqmi, q u rt-q u m u rs -
qalarmi yoki avtomobil, samolyot va kemami
- bundan qat’i nazar muayyan qonun-qoidalar
asosida harakatlanadi. B unday qonun-qoi-
dalar mexanika qonunlari va qoidalari deb
ataladi. Mexanika - jismlarning harakati va
muvozanati haqidagi fan. U dunyoning fizik
manzarasini ochib berishda markaziy o'rin
www.ziyouz.com kutubxonasi
tutadi. Mexanika bilimlari qadimdan mavjud.
Hatto neolit davrida va jez asrida g'ildirak
m a ’lum edi, bir o z keyin e sa ric h a g la r
qo'llanilgan. Qadimgi (miloddan avvalgi 3-asr)
Misr ehrom (piramida)lari, Vavilon, Xitoy,
Xorazm, Sug'diyona va Eronda saqlanib qol
gan irrigatsiya inshootlari (korizlar, charx-
palaklar, to 'g 'o nla r) va b o s h q a la r ularni
qurishda «oddiy mashinalar» - richag, pona,
qiya tekisliklardan foydalanilganligi mexanika
v o s ita la ri o 's h a p a y t l a r d a y o q m a v ju d
bo'lganligini ko'rsatadi. Q a d im z a m o n la r-
dayoq O'rta Osiyodagi irrigatsiya inshootla-
rida suv ko'tarish va tarqatish uchun mukam-
mallashtirilgan chig'ir, charxpalak va korizlar-
dan foydalanilgan.
Miloddan avvalgi 4-asrda yashagan yunon
faylasufi Aristotelning: «Jismlarga kuch ta’sir
qilgandagina ular harakatlanadi», - degan
ta’limoti, miloddan avvalgi 3-asrda yashagan
Arximedning richag qonunlari, gidrostatika
qonunlari mexanika fanining taraqqiy etishiga
sab a b bo'ldi. Mexanika fanining bu ndan
keyingi taraqqiyoti 9-13-asrlarga to'g'ri kela
di. Bu davrda Sharqning eng kuchli olimlari
qatorida o'rta osiyolik olimlardan Beruniy,
Xorazmiy, Ibn Sino, U m ar Xayyom lar ham
taraqqiyotga salmoqli hissa qo'shganlar.
Mexanika Yevropada Uyg'onish davrida
yanada kuchli taraqqiy etdi. Bu taraqqiyotda
Leonardo da Vinchi, Kopernik, Galiley, I.
Nyutonlarning xizmati katta bo'ldi.
Buyuk ingliz olimi I. Nyuton ishlab chiqqan
qonunlar mexanikaning mustahkam zaminini
tashkil qildi. Turli-tuman harakatlarni va m u
rakkab mexanizmlarni hamda osmon jismlari-
ni o'rganishga imkon beruvchi bu qonunlar
birinchi marta 1687-yilda uning mashhur asari
«Ta bia t falsafasining matematik asoslari»da
bayon qilingan edi.
Fransuz olimi J. D ’ alamber prinsipi (1743)
jismlarning kuchlar ta’sirida m uvozanatda
bo'lish shartlarini o 'rg a n u vc h i m exanika
bo'limi - statikani rivojlantirish imkonini ber
di. Rus akademigi L. Eyler (1736) qattiq jism-
lar a y la n m a harakatining kinematika va
dinamikasiga asos soldi. Kinematika - jism
massasini va unga ta’sir qiladigan kuchlarni
his o b g a o lm a g a n holda jism harakatini
o'rganuvchi mexanika bo'limi. D i n a m i к a
- jism lar harakatini ularga ta’sir qiluvchi
kuchlarga bog'liq ravishda o 'rg a n a d ig a n
mexanika bo'limi.
Sayyoralar harakatini g'oyat katta aniqlik
bilan hisoblash imkonini beruvchi osmon mex-
anikasi yaratildi. O s m o n m exanikasining
asoschilaridan biri nemis astronomi I. Kepler
bo'lib, u 17-asr boshlarida sayyoralarning
asosiy harakatlarini ta’riflab berdi.
Tatbiqiy mexanika boshqariladigan jarayon-
lar mexanikasidir. Boshqarish obyekti sifatida
mexanik xususiyatli ob’yektlar, masalan, o'zi
yurar apparatlar (kemalar, samolyotlar, raketa
hamda vertolyotlar), turli mashinalar (stanoklar,
turbinalar, yakorli elektr mashinalari, quyish
mashinalari) va boshqalar ko'riladi.
Mexanika ko'pgina zamonaviy m u a m m o -
larni hal qilmoqda. Katta tezlikda harakat qila
digan jismlarga qarshilik kuchini kamaytirish;
katta bosim hamda temperaturalar ta’siridagi
materiallar xususiyatini, portlash kuchining in-
shootlarga ta’sirini aniqlash, havo aylanishi
(sirkulyatsiyasi)ni tushuntirish; ob-havoni oldin-
dan aytish; o'simlik va tirik organizmlardagi
mexanik jarayonlarni o ‘rganish; kosmik par-
v o z la r dinam ikasi va bo s h q a m a s a la la r
mexanika oldida turgan asosiy masalalar
hisoblanadi.
Nisbiylik nazariyasi va kvant mexanika so-
hasida qilingan inqilobiy kashfiyotlar harakat
haqidagi tasavvurim izni jiddiy o'zgartirib
yubordi. Lekin bizning «yerdagi dunyo»mizda
esa harakat, avvalgidek, klassik mexanika
qonunlariga bo'ysunadi.
M E’M ORLIK
Bepoyon Vatanimizning m uzey shaharlari
- Buxoro, S a m a rq a n d , Xivadagi qadimiy
qal’a, saroy, masjid kabi ajoyib m e ’moriy
yodgorliklar, zamonaviy madaniyat saroylari,
teatr, muzeylarning oldida beixtiyor to'xtab
qolasiz. Buning boisi shundaki, bu bino va
inshootlar ham s a n’at asari hisoblanib, ular
ham go'zallik qonuniyatiga asosan yaratila-
di. Ularni kuzatar ekansiz, beixtiyor ularni
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |