Yaqin Sharq.
LIVIYA
(Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi)
Maydoni -1759500 kvadrat kilometr.
Aholisi - 5500000 kishi.
Liviya - Shimoliy Afrikadagi davlat. Shi-
moldan uni O'rta dengizi o'rab turishi tufayli bu
joylarda subtropik iqlim hukmron. Ammo janubiy
qismida Tibasti tog'ligining tarmoqlari va sharqiy
qismida Liviya cho'li iqlimi butunlay boshqacha.
Mamlakat shimolida yiliga 250 mm dan 625 mm
gacha yomg'ir yog'sa, janub va sharqda 100
mm, Liviya cho'lida esa 25 mm gacha yomg'ir
yog'adi. Doimiy oqib turadigan daryolari yo'q.
Dengiz sohilidagi yerlarda akatsiya, tamariks,
makvis, kedr, sarv, janubroqda dag'al o't va buta
o'sadi, cho'llarda esa o'simlik juda siyrak.
Hayvonot dunyosiga kelganda, shimolda sirtlon,
qashqir, tulki, quyon, turli qushlar yashasa, cho'lda
ilon, kaltakesak va chayondan boshqa narsa
uchramaydi.
Asosiy aholisi-arablaming butun tarixi chet el-
lik bosqinchilarga qarshi kurash tarixidan iborat.
Miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarmi-
da finikiyaliklarga, 7-asrda yunonlarga, 5-asr
o'rtalarida Karfagenga, 6-asr oxiri va 5-asr
boshlarida Axamoniylarga, keyinroq makedo-
niyalik Aleksandr qo'shinlariga, miloddan avval
gi 2-asrda rimliklarga, milodiy 6-asrda vizantiya-
lik bosqinchilarga qarshi kurashdilar. 7-asrda
Arab xalifaligiga qo'shib olindi.
Liviya 16-asrdan 1912-yilgacha Turkiya tarki
bida bo'ldi. 1911-12-yillardagi Italiya-Turkiya
urushidan so'ng Liviyaning dengiz sohilidagi yer-
larini Italiya egalladi. Ikkinchi jahon urushi oxiriari-
ga kelib Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy
ma’muriyati qo'l ostiga o'tdi. Nihoyat, 1951-yilda
Liviya Qo'shma qirolligi tuzildi. 1969-yilda yosh
armiya ofitserlari monarxiyani ag'darib, Liviya
Arab Respublikasi (LAR) tuzilganini e’lon qildi-
lar.
50-yillaming o'rtalarida mamlakatda katta neft
konlari topildi. Neft zaxiralari jihatidan Afrikada
birinchi, gaz zaxiralari jihatidan uchinchi o'rinda
turadi. Neftdan kelgan daromad evaziga hunar-
mandchilik, yengil sanoat va uy-joy qurilishi rivojla-
na boshladi. Qishloqlardagi dehqonlar arpa va
bug'doy, sabzavot, yeryong'oq, zaytun, mevalar
(apelsin, mandarin, xurmo, uzum) yetishtiradilar.
Sahroi Kabirdagi ko'chm anchi va yarim
ko'chmanchi aholi asosan chorvachilik bilan
shug'ullanadi: qo'y, echki, qoramol, ot, eshak bo
qadi.
Mamlakat poytaxti - Tripoli (Tarablus al-G'arb)
O'rta dengizdagi port shahri bo'lib, unda
to'qimachilik, ko'nchilik, oziq-ovqat korxonalari,
universitet, machitlar, muzeylar bor.
www.ziyouz.com kutubxonasi
LIXTENSHTEYN - qarang
Mitti davlatlar.
LOBZIK BILAN ARRALASH
Mehnat darsida, to‘garaklarda, uyda bo
lalar faner (yoki plastmassa, organik shisha,
y u p q a m etall lis ti)d a n be jirim g u lla r
(naqshlar) yasashadi. Undagi nozik yo'llar
yupqa, ensiz, kalta arra lentasi o'matilgan
taqasimon qo'l arra - lobzikda arralanadi.
Lobzik bilan arralash uchun yana qisqich,
dastgohcha, bigiz, nozik egovchalar, qum
qog'oz, gul andazasi kerak bo'ladi.
A rralash uchun qiyshayib ketm agan,
ko'zsiz va darz ketmagan quruq faner bo'lagi
olinadi. Unga gul tushirish uchun sirtini
qog'oz bilan tozalab, ustiga qora qog'ozni,
so'ngra gul andazasini qo'yiladi. Bularning
hammasi birgalikda knopkalab chiqiladi, gul
andazasi chetlaridan qalam yurgiziladi,
to'g'ri chiziqlarni chizg'ich bilan, dumaloq-
larini sirkul bilan chiziladi.
Agar faner qalin bo'lsa, yirik tishli arracha,
yupqa faner (plastmassa, organik shisha,
yupqa metall listi) uchun mayda tishli arracha
olinadi.
Arracha tishlarini pastga qaratib, dasta
yo'nalishida lobzik qisqichlariga mahkamla
nadi. Arracha juda tarang turishi kerak.
Arralash dastgohi qisqich yordamida stol-
ga m ahkam lanadi, uning ustiga fanerni
qo'yib, chap qo'l bilan bosib turiladi. Lobzik
arrachasi bosh va ko'rsatkich barmoqlar
orasida yurgizilishi kerak.
Arralayotganda to'g'ri o'tirish kerak, ar-
rachani qiyshaytirmay, lobzikni qattiq bos-
may yurgiziladi. Chiziq keskin buriladigan
joylarda lobzik bir joyda ushlab turiladi va
ayni vaqtda fanerni kerakli yo'nalishda burib
yurgiziladi.
Arrani gul chetlaridan chiqarib yubormaslik,
qalam izlarini detal tomonda qoldirish kerak.
Arracha juda qizib ketmasligi uchun vaqt-vaq-
ti bilan tanaffus qilinadi.
Ichki teshiklarni arralashda arrachaning yu
qori uchi qisqichdan chiqariladi, teshikdan
o'tkaziladi va yana jo yig a m ahkam lab
qo'yiladi. Qolgan barcha maslahatlarni (faner
detallardan modelni qanday qilib yig'ish, fa
nerni qanday bukish va yopishtirish, uning sir
tiga ishlov berish haqida) arralab naqsh solish
uchun chiqarilgan maxsus albomlardan o'qib
olish mumkin. Bu ishda sizga mehnat darsi
o 'q itu vch isi,
to 'g a ra k
rahbari
ham
ko'maklashadi.
LOKOMOTIV
Poyezdda sayohat qilishni yoqtirmaydigan
bola bo'lmasa kerak. Vagonga kirib, qulay
o'rindiqlarga o'tirdingiz. Mana, poyezd ohista
joyidan qo'zg'aldi va borgan sari tezlasha bor
di. Daraxtlar, uylar, dalalaroyna ortidan lip-lip
o'ta boshladi. Hali oldinda yo'l olis.
Birdan kuchli chinqiriq eshitilib, narigi izda
ro'paradan kelayotgan poyezd oyna oldidan
jadal o'ta boshladi. Siz vagonlarni sanaysiz.
Muncha uzun bu poyezd, deb o'ylaysiz. Vagon-
lar, platformalar va sisternalar lip-lip o'tadi.
Ularda qanchadan-qancha zarur yuklar: neft,
ko'mir, sement, har xil mashinalar bor. Ana shu
yuklar bilan to'lib-toshgan vagonlarni bittagina
vagon tortib ketayotganiga ajablanasiz. To'g'ri,
bu vagon - oddiy vagon em as, balki -
o'ziyurar vagon. Unda dvigatel (uni motor ham
deyishadi) bo'lib, u vagon g'ildiraklarini aylan-
tiradi. Aylantirganda ham shu qadar kuchli va
tez aylantiradiki, shu bitta vagonning o'zi 40 ta
og'ir yukli vagonni tortib ketishga qodir bo'ladi.
Bu o'ziyurar vagon lokomotiv deb ataladi. Uni
mashinistlar boshqaradi. Ilgari ko'mir shaxta-
lari va ruda konlarida ko'mir va rudalar po'lat
relslarda yuradigan vagonlarda tashilgan. Bu
vagonlarni otlar tortib yurgan. Relslarda otlar-
siz yuradigan birinchi lokomotivni 1803-yilda
ingliz ixtirochisi R. Trevitik qurgan. Shundan
so 'n g
1 8 1 4 -yild a
ingliz
ixtirochisi
J . J. S te fe n so n , 1 8 3 4 -yild a o ta -bo la
www.ziyouz.com kutubxonasi
Y. A. va M. Y. Chereponovlar qurishdi. Loko-
motiv g'ildiraklarini suv bug'i bilan ishlaydi-
gan dvigatel - bug1
mashinasi aylantirgan.
Bu lokomotiv bug1
yordamida yurgani uchun
uni parovoz (bug1
bilan yuradigan mashina)
deb atashgan. Parovozning katta mo'risi
bo'lib, undan qop-qora tutun chiqib turgan, chunki
uning o'txonasida ko'mir yoqilib, suv isitilgan va
bug1
hosil qilingan. O lt yoquvchi kishi o’txonaga
to'xtovsiz ko'mir tashlab turgan. Uzoq vaqtgacha
parovoz temir yo'llarda yagona «zahmatkash»
hisoblanib kelgan. Keyinroq yangi dvigatellar -
elektr va ichki yonuv dvigatellari paydo bo'ldi. Ular
haqida siz shu kitobdagi «Dvigatel» maqolasini
o'qib bilib olasiz.
Elektr dvigatelli lokomotiv elektrovoz deb ata
ladi. Elektrovozlar parovozlardan tezroq yurib,
ko'proq vagonlami torta oladi. Ularga suv isitish
uchun ko'miming keragi yo'q, chunki dvigatel ele
ktr tokida ishlaydi, tok dvigatelga relslar ustiga
tortilgan simlardan keladi. Simni dvigatelga ulash
uchun elektrovoz ustiga pantograf - doim sim-
ga tegib turadigan maxsus qurilma o'rnatilgan.
Temiryo'llarda ichki yonuv dvigatelli lokomotiv-
lar ham poyezdlarni tortib yuradi. Bunday loko-
motivlar teplovozlar deb ataladi. Shunisi qiziqki,
teplovozlaming dvigateli g'ildiraklami emas, bal
ki generatorni aylantiradi. Generator esa elektr
toki hosil qilib beradi. Hosil bo'lgan tok elektr dvi-
gatelni ishlashga majbur qiladi, elektr dvigatel
esa g'ildiraklami aylantiradi. Ichki yonuv dvigateli
(dizel)ning ishlashi uchun yonilg'i (kerosin-gazoyl)
kerak. Shuning uchun teplovoz o'z yonilg'isini o'zi
bilan olib yuradi. Dastlabki lokomotivlar - paro-
vozlar hozir deyarli ishlatilmaydi.
LOMONOSOV
MIXAIL
VASILYEVICH
(
1711
-
1765
)
Mashhur olim Mixail Lomonosov Rossiyaning
chekka qishlog'ida dehqon oilasida tug'ildi. U
o'qishni erta o'rganib oldi. Biroq unda bilimini
oshirish istagi kuchli edi. Shu bois 1730-yilning
oxirida muzlagan baliq ortilgan karvonga erga-
shib Moskvaga piyoda yo'l oldi.
O'sha paytlarda dehqon bolasining aka-
demiyaga kirib o'qishi man etilardi. Shuning
uchun u o'zini dvoryan o'g'li deb tanitib, 1731-
yilning yanvarida Moskva Slavyan-yunon-lotin
akademiyasiga o'qishga kirdi. 1735-yilda eng
yaxshi o'quvchilar qatorida Peterburgga, so'ngra
yaxshi o'qiganligi uchun mukofot sifatida Ger-
maniyaga o'qishga yuborildi. Qunt va sabot bi
lan olgan bilimi bekor ketmadi. Lomonosov yirik
olim bo'lib yetishdi.
Mixail Lomonosovning ilmiy faoliyati keng va
mazmundor edi: u o'z tadqiqotlari bilan fizika,
kimyo, astronomiya, rus tili va adabiyoti, tarix va
falsafa, tasviriy san’at va boshqa fanlarda iz
qoldirgan ensiklopedist olim edi. U Rossiyaning
iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti tarafdori
bo'lgani holda rus xalqining taqdiri va milliy man-
faatlari uchun doimo kurash olib borgan.
1746-yilda u birinchi bo'lib rus tilida fizikadan
ommaviy ma’ruzalar o'qiy boshladi, 1748-yilda
uning tashabbusi bilan Rossiyada birinchi kimyo
ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi ochildi, unda
Lomonosov o'zining fizika va kimyoga oid tad-
qiqotlarini olib bordi.
Lomonosovning fizika va kimyoga oid tajriba-
lari g'oyat aniqligi bilan ajralib turardi. Bir kuni u
shunday tajriba qilib ko'rdi: qo'rg'oshin plas-
tinkalar kavsharlangan shisha idishni tarozida
tortib, keyin qizdirdi, so'ngra yana tortib ko'rdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Plastinkalar oksid bilan qoplandi, lekin idishning
umumiy og'irligi o‘zgarmadi. Tabiatning asosiy
qonunlaridan biri - materiyaning saqlanish qo-
nuni shu tariqa kashf qilindi.
Lomonosov fanning turli sohalari, adabiyot va
san’at bo'yicha samarali ishlari bilan ham
mashhur.
M. Lomonosov yulduzlar va sayyoralami kuza-
tish uchun teleskop loyihasini tuzdi va yasadi.
Shu teleskop yordamida Venera ham Yer kabi
atmosfera bilan o'ralganligini kashf etdi.
U yashin, shimol yog'dusi kabi hodisalarni
to'g'ri izohlab bergan. «Y e r qatlamlari haqida»
asarida Yer qatlamlari tabiatda bo'ladigan mu-
rakkab jarayonlar natijasida hosil bo'lishini
ko'rsatdi, toshko'mir, torf, yonuvchi slanes kabi
foydali qazilmalarning paydo bo'lishi haqida
yozdi.
Lomonosov barcha jismlar qizdirilganda tez
roq, sovitilganda sekinroq harakatlanadigan
mayda qo'zg'aluvchan zarralar - molekula va
atomlardan iborat, deb hisobladi.
U Peterburgga yaqin joyda fabrika qurdi, u
yerda uning retsepti bo'yicha har xil rang va tus
da shishalar tayyorlandi. So'ng bu shishalardan
bir necha ajoyib mozaik rasmlar, masalan, Pol
tava jangi tasvirini va Pyotr I portretini yaratdi.
M. Lomonosov Rossiyada ma’rifat tarqatish
to'g'risida g'amxo'rlik qilib, aholining barcha
tabaqalari uchun ochiq bo'lgan universitet och-
ishni talab qildi. Ko'p urinishlardan so'ng 1755-
yilda uning loyihasi bo'yicha hozir М. V.
Lomonosov nomi bilan ataluvchi Moskva univer
siteti tashkil topdi. Lomonosovning ilmiy faoliyati
o'sha davrdagi tabiiy va ijtimoiy fanlaming deyarli
barcha muammolarini qamrab olgan edi.
LUNOXOD
Lunoxod - O y sirtida harakatlanuvchi ilmiy
laboratoriya. Birinchi lunoxodni Oyga 1970-yil
noyabrda avtomatik stansiya «Luna -17 » olib
chiqdi. Uning katta-kichikligi «Moskvich» avto-
mobilidek keladi. «Lu n o xo d -1 »da gi sakkiz
g'ildirakning har biri « o 'z » dvigateliga ega
bo'lgan. G'ildiraklar shunday tuzilganligi tufayli
Lunoxod O y sirtidagi past-baland joylardan ol-
dinga, orqaga yura olgan, turgan joyida va har-
akat paytida istalgan yo'nalishda burilishi mumkin
bo'lgan. Lunoxod orqasidagi 9-g‘ildirak harakat
tezligini va otilgan yo'lni aniqlab turgan. Televizi-
on kameralar lunoxodning «ko'zlari» vazifasini
bajargan. Ular Yerga Oy sirtining tasvirini uzatgan,
radioantennalar lunoxodni Yer bilan bog'lagan.
Oyda temperaturalar farqi juda katta: kunduzi
130 daraja issiq, kechasi 170 daraja sovuq. Ap-
paratura muzlab qolmasligi uchun lunoxod issiq-
likni saqlab turishi kerak bo'lgan. Kechasi u
o'ziga qulay joy «topib olib», qopqog'ini yopgan
va «pechka»sini ulagan. Quyosh nurlari tusha
boshlashi bilanoq lunoxod Quyosh batereyalari
o'rnatilgan qopqog'ini ko'targan. Quyosh akku-
mulyatorlami elektr energiyasi bilan zaryadlagan
va lunoxod yo'lga tushgan.
Lunoxod ekipaji: komandir, bortmexanik, mu-
handis, shturman, haydovchi, radist - bulaming
hammasi Yerda, ya’ni kosmik markazida turib,
lunoxodni boshqarishgan.
«L u n o x o d -1 » O yda 10,5 oy ishlab, O y
sirtining katta qismini tadqiq etdi, tuproq namu-
nalarini oldi va uning kimyoviy tarkibini o'rgandi.
«L u n o x o d -2 » O yga 1973-yil yanvarda
chiqarildi. Unda ilmiy asbob-uskunalar ko'proq
bo'lgan. «Lunoxod-2» to'rt yarim oy ishlab, 80
ming fotosurat va fan uchun muhim bo'lgan
boshqa ko'p m a’lumotlami Yerga yubordi.
Lunoxodlar tufayli olimlar O y haqida ko'p
ma’lumotlarni bilib olishdi.
LYUKSEMBURG
- qarang
Do'stlaringiz bilan baham: |