Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

Viktoriya k.
69 000
Gurort k.
59 600
Ta ng anika h. 
34 000
Nyasa k.
30 800
Katta Quilark. 
Л 
28 600
M ichigan k. 
57 441
Baykal k. 
31 500
O rol dengiz 
26 500
';, , У Katta Aylqii k. 
9
 
30 200
www.ziyouz.com kutubxonasi


kil qilingan. Kaspiy va Orol dengizlari boshqa 
dengizlar bilan tutashmagan berk havza 
bo'lgani uchun ularni ham goho ko‘l deyisha- 
di. O'rta Osiyodagi yirik ko'llar: lssiqko‘1, Bal- 
xash ko'li, Borsakelmas ko'li va boshqalar. 
O'zbekistonda 250 ga yaqin katta-kichik ko'l 
mavjud. Ular ham turli yo'llar bilan hosil 
bo'lgan. Ko'llardan baliqchilik xo'jaligida foy- 
dalaniladi, har xil tuz olinadi. Biz ko'llarning 
tabiiy holati buzilishiga yo'l qo'ymasligimiz, 
ularning tabiiy resurslarini har tomonlama mu- 
hofaza etishimiz va undan oqilona foydalani- 
shimiz lozim.
KO ‘PBURCHAK
Kunlardan bir kun U ch b u rch a k bilan 
T o 'rtb u rc h a k tortishib qolishibdi. « S e n
qanaqasiga ko'pburchak bo'lasan? - debdi 
To'rtburchak Uchburchakka. - Senda faqat 
uchtagina burchak bor. Uchta burchak ko'p 
bo'libdimi. Mana menda burchaklar ko'p, bir 
emas, to'rtta».
«N im a bo'pti, to'rtta bo'lsa, - debdi xafa 
bo'lib Uchburchak, - agar sening o'rtangdan 
bitta diagonal o'tkazilsa, atigi ikkita uchbur- 
chakdan iborat ekanliging hammaga ma’lum- 
ku?».
Tortishuvni ikkita O'nburchak eshitib, bahs- 
lashuvchilarni ajratishga kirishishibdi. «S iz
ikkalangiz ham ko'pburchaksiz, - debdi xud­
di chetlari u chga n tarelkaga o 'xsh a sh
O 'n b u rc h a k la rd a n
biri. 
- Men 
ham 
ko'pburchakman. Kvadrat va Romb ham 
ko'pburchak. Faqat bizning burchaklarimiz 
soni har xil. Lekin, har birimizda burchaklar 
bor, aylana va doirada bunday emas. Yana 
bizning har birimizning tomonlarimiz ham bor. 
Burchagimiz nechta bo'lsa, tomonlarimiz ham 
shuncha. Oltiburchakda oltita, O'nikki bur- 
chakda esa o'n ikkita tomon bor.
B u la rd a n tash qari ham m a k o 'p b u r- 
chaklarning perimetri bo'ladi. Perimetr bar­
cha tomonlarning yig'indisiga teng. Perimetrni 
bizning kiyimimiz yoki chetimiz deb qarash 
m um kin. 
S h u
bilan 
birga, 
ham m a 
ko'pburchaklar inson uchun foydalidir. Bizning 
yordamimizda kishilar parket va koshin pli-
18—K.-8279
talar yasaydilar, uylarning chizmalarini chiza- 
dilar va tu rli-tu m a n m a sh in a la r o 'yla b
chiqaradilar. Xullas, biz ko'pburchaklarning 
o'zaro talashishimizga hech qanday asos
yo'q».
Uchburchak bilan To'rtburchak yarashib oli- 
shibdi. O'nburchaklar ular bilan xayrlashib, 
o'zlarining shlyapalarini yechibdilar va bir da- 
qiqada o'nbir burchakka aylanib qolibdilar.
КО ‘ RSHAPALAK
Ko'rshapalak - havoda parvoz qilishga 
moslashgan sutemizuvchi hayvon. U ham 
boshqa sutemizuvchi hayvonlar singari bolasini 
sut bilan boqadi. Butun tanasi mayin yung bi­
lan qoplangan. Ko'rshapalak oldingi oyoqlari- 
ning suyaklari ingichka va uzun bo'ladi. Bu suy- 
aklar va orqa oyoqlar bilan dumi oralig'iga 
hamda orqa oyoqlar bilan tanasining ikki yoni 
bo'ylab yupqa teri parda tortilgan. Bu parda 
hayvon uchganida qanot vazifasini bajaradi. 
Ko'rshapalak oldingi oyoqlarining birinchi 
barmog'i hamda keyingi oyoqlari panjasi er­
kin bo'ladi. Bu panjalar yordamida u g'orlar 
devoriga, daraxtlar tanasiga yopishib oladi yoki 
asta-sekin yuqoriga ko'tariladi. Ko'rshapalak 
qanot qoqqanida oldingi oyoqlarining barmoq- 
lari har tomonga yozilib, ular orasidagi parda 
yoyiladi va qanot yuzasi kengayadi. Qanoti
www.ziyouz.com kutubxonasi


keng va uzun bo'lganidan ko'rshapalak tekis 
yuzadan havoga ko'tarilmaydi. Shuning uchun 
ular yerga qo'nmaydi. Tasodifan yerga tushib 
qolgan ko‘rshapalak panjalari yordamida ba- 
landroq joyga o'rmalab chiqib, u yerdan par­
voz qiladi.
K o ‘rshapalakning ko'zi kichik va ojiz 
bo'lgani uchun hatto kunduzi ham yaxshi 
ko‘rolmaydi. Lekin tunda biron narsaga uril- 
m asdan to ‘siqlarni aylanib uchaveradi; 
hasharotlarni topib, ularni og'zi bilan tutib ola­
di. Olimlarning aniqlashicha, ko'rshapalakning 
fazoda mo'ljal olishi ularning odamlar eshitol- 
maydigan yuqori tebranishli ultratovushlar tar- 
qatib, eshitishi bilan bog'liq ekan. Uchayot- 
gan ko‘rshapalak burni va og'zidan uzun-yu- 
luq qisqa ultratovush chiqarib turadi. Bu to­
vush uning oldida uchraydigan har qanday 
jismdan aks sado singari orqaga qaytadi. 
Qulog'i ana shu aks sadoni qabul qilganidan 
ko‘rshapalak o ‘z o'ljasini topadi yoki to'siqni 
s e z a d i. O g ‘zi va quloq tesh igi bekitib 
q o ‘y ilg a n id a
k o 'rsh a p a la k
h a v o g a
ko'tarilmaslikka harakat qiladi.
Kunduz kunlari ko'rshapalak biron pana 
joyda, masalan daraxtlar,kovagi, g'orlar yoki 
binolar shiftiga orqa oyoqlarining tirnoqlari
yordamida yopishib olib, boshini pastga osil- 
tirganicha dam olib yotadi. Faqat kun bot- 
ganidan so'ng uchib chiqib, o'lja qidirishga 
tushadi va havodagi hasharotlarni keng ochil- 
gan og'zi bilan tutib oladi.
Ko'rshapalaklarning mingga yaqin turi 
ma’lum, O'zbekiston hududida 20 ga yaqin 
turi aniqlangan. Qishloq va shaharlarda yonib 
turgan chiroqlar va yorug' tushib turadigan 
derazalar yaqinida mitti ko'rshapalak ko'p 
uchraydi. U o'lja qidirib, ba’zan xonadonlarga 
ham kirib qoladi. Machit va boshqa binolar- 
ning gumbazi ostida kunduz kunlari taqa bu­
run ko'rshapalak uchraydi. Uning burnini taqa- 
ga o'xshash teri burmasi o'rab turadi. Janu­
biy viloyatlardagi g'orlarda shalpanquloq 
ko'rshapalak koloniyasi ko'p uchraydi.
Ko'rshapalak juda foydali hayvon. U qon 
so'ruvchi va zararkunanda hasharotlarni qira- 
di. Ko'rshapalaklarni aholi yashaydigan joylar­
ga jalb qilish uchun ular yashaydigan pana 
joylarni saqlab qolish va ko'paytirish lozim.
KO ‘TARISH KRANI
Zamonaviy qurilishlarni qurilish mashinala- 
risiz tasawur qilib bo'lmaydi. Ular xilma-xildir. 
Lekin ularning eng asosiysi - ko'tarish krani. 
Uning jimjimador po'lat minorasi ko'p qavatli 
uydan baland ko'tarilib turibdi. Kran og'ir temir-
www.ziyouz.com kutubxonasi


beton plitalarni, to'sin, g'isht, sement qorishma- 
larini yerdan ko'tarib, o'zining xuddi qo'lday 
uzatilgan strelasi bilan quruvchilarga yetkazib 
berib turadi. Uy kundan-kunga balandlashadi
- kran ham undan qolishmaydi: uning minora- 
si tobora baland ko'tarilib boradi.
Minoraning baland joyida, kabinada kran 
boshqaruvchi o'tiradi. U osoyishtalik bilan 
kran mexanizmlarini boshqaradi. Bitta dvi- 
gatelni ishga tushirsa, og'ir plita sekin-asta 
yuqoriga ko'tariladi. Ikkinchi dvigatelni ishga 
tushirsa, kran strelasi burilib, plitani tegishli 
joyga aniq yetkazib beradi.
Lekin yukni ko'tarishdan oldin uni kranning 
ilgagiga yaxshilab mahkamlash kerak. Bu 
m as’uliyatli ishni ham m aga ham ishonib 
bo'lmaydi. Buni maxsus ishchilar-takelajchi- 
lar bajaradi. Ular maxsus imo-ishora va tovush 
bilan kran boshqaruvchiga yukni qanday 
ko'tarish va qayerga yetkazib berish haqida 
ko'rsatma berib turadilar.
Ko'tarish kranlari bajaradigan ishlar juda 
ko'p. Masalan, mana bu yerga katta ustun 
tiklash kerak bo'lsa, boshqa joyda zovurlarga 
yo'g'on quvurlar yotqizish kerak. Bularni avto- 
mobilga o'rnatilgan ko'tarish krani bajaradi. U 
mo'ljallangan joyga olib boriladi va domkrat 
oyoqlari bilan yerga tiralib olib, ishga tushib 
ketadi.
Avtokran uchun yo'l kerak. Yo'l yo'q joylar­
da esa o'rm alovchi (gusenitsali) kranlar 
ishlaydi. Ular o'nqir-cho'nqirlar, loy, qumlarni 
pisand qilmaydi. Agar dengiz qirg'og'ini be­
ton xarsanglar bilan mustahkamlash kerak 
bo'lsa, shatakka olinadigan suzuvchi kran 
keltiriladi.
Dengiz portlariga turli mamlakatlardan juda 
ko'p kemalar kelib turadi. Yo'lovchi tashiladi- 
gan kemalarda yuklar uncha og'ir bo'lmaydi
- ularni palubaga o'rnatilgan qirg'oq kranlari 
darhol tushira boshlaydi. Katta kemalar esa 
dengiz portlariga kelib to'xtaydi. U yerdagi 
port kranlarining strelalari o'qtin-o'qtin kema 
ustiga engashib, uning tryumlaridan og'ir yukli 
ya sh ik la r- konteynerlarni oladi-da, temiryo'l 
platformalari yoki avtomobillarga yuklaydi.
Sanoat korxonalari ham ko'tarish kranlari- 
siz ishlay olmaydi. Ba’zi mashina detallari
shunday og'ir bo'ladiki, ularni qo'l bilan sira 
ko'tarib bo'lmaydi. Bunga ehtiyoj ham yo'q! 
Buning uchun og'ir yuklarni tashiydigan 
baquvvat kran-balkalardan va oddiy dastaki 
elektr yuritmasi bor telferlardan foydalaniladi.
Ko'tarish kranlari ana shunday ishlari bilan 
kishilarga yordam beradi.
LAOS
(Laos Xalq Demokratik Respublikasi)
Maydoni - 236800 
kvadrat kilometr.
Aholisi - 4500000 kishi.
Bu Hindixitoy yarim orolida joylashgan 
kichikroq davlat. Sharqda uni Vyetnamdan 
qalin o'rmon bilan qoplangan tog'lar ajratib 
turadi. Laosning g'arbiy chegarasidan keng 
va loyqa suvli, tezoqar, sersuv va yirik Mekong 
daryosi oqadi. U Laosni Tailand davlatidan 
ajratib turadi. Laosliklarning ko'pchiligi daryo 
vodiysida yashaydi va sholi yetishtiradi. Ular 
o'zlarini laolum - laoslik dehqonlar deb 
atashadi.
Laos hududining 2/3 qismi o'rmondan ibo­
rat. Tog'larning o'rmonli yonbag'irlarida turli 
tilda so'zlashuvchi laoteng - tog'li laos qabi- 
lalarining onda-sonda uchraydigan qishloqlari 
joylashgan. Laotenglar ovchilik, o'rmondagi 
turli ne’matlarni terish, foydali o'simliklarni 
yig 'is h ka bilar bilan s h u g 'u lla n is h a d i, 
o'rmondan ochilgan kichikroq maydonchalar- 
da dehqonchilik qilishadi, sabzavot ekinlari 
ekishadi. Tog'larning baland joylarida esa lao- 
sung («cho'qqilarda yashovchilar») deb ata- 
luvchi qabilalar yashaydi.
Lao sn ing h ayvonot dunyosi boy: fil, 
yo'lbars, qoplon, ayiq uchraydi, maymunlar, 
sudralib yuruvchilardan ilon, kaltaksak, timsoh 
ko'p.
Laos poytaxti - Vyentyandan shimolroqda 
Laosdagi eng manzarali joylardan biri -
Ko'zalar Vodiysi joylashgan. Bu vodiy juda 
keng, o'tzorlar va sersoya daraxtzorlardan 
iborat past-baland tekislik bo'lib, atrofi tog'lar 
bilan o'ralgan. O'tlar orasida bitta, goh bir 
nechtadan to'p-to'p bo'lib joylashgan, ba- 
landligi odam bo'yidek keladigan, qisman
www.ziyouz.com kutubxonasi


yerga ko'milib ketgan bahaybat idishlarni 
ko'rish mumkin. Ularning har biri yaxlit xar- 
sang toshdan o'yib ishlangan. Bu g'alati 
idishlarni qachon va kim yasagani noma’lum. 
Olimlar bu idishlar qadimda tobut vazifasini 
o'tagan bo'lishi mumkin, Laosning qadimgi 
aholisi vafot etgan kishilarni shu idishlarga 
solib ko'mganlar, deb taxmin qiladilar.
Laosda shahar kam, borlari ham uncha 
katta emas. Bu yerda temiryo'l yo'q, qishloq 
yo'llarida ham avtomashina bemalol yura ol­
maydi. Yuklarni ho'kizlar qo'shilgan aravalar- 
da, tog' so'qmoq yo'llarida esa ulovga ortib 
tashiydilar. Laosda sanoat endigina rivojlanib 
kelmoqda. Laos O'zbekiston Respublikasi 
bilan 1992-yilda diplomatiya munosabatlari 
o'matdi.
LATVIYA
(Latviya Respublikasi)
Maydoni - 64589 kvdrat kilometr.
Aholisi - 2479000 kishi.
Boltiq dengizi past qumloq qirg'oqlarga 
urilib turadigan yerda Latviya Respublikasi 
joylashgan.
Bu yerda dengizning yaqinligi har jihat- 
dan sezilib turadi. Atlantikadan esuvchi nam 
shamollar tez-tez yom g'ir keltiradi, yozgi 
jazirama va qishki qahratonni yumshatadi. 
Aholining mashg'uloti qadimdan dengiz bi­
lan bog'liq - latishlar orasida dengizchi va 
baliqchilar ko'p. Dengiz sohilida joylashgan 
Riga, Ventspils singari yirik portlardan turli 
mamlakatlarga kemalar qatnaydi.
Latviya - sanoati yuqori darajada rivoj­
la n g a n va y irik z a m o n a v iy q is h lo q
xo'jaligiga ega bo'lgan respublika. Elektr 
poyezdlari uchun vagonlar, avtomat telefon 
stansiyalari, telefon, boshqa ko'plab m u­
rakkab va aniq apparat hamda mashinalar 
is h la b c h iq a r ila d i. R ig a d a g i « V E F »
zavodining televizorlari, radiopriyomniklari 
va tranzistorlarini albatta yaxshi bilasiz. Bu 
mahsulotlar boshqa mamlakatlarda ham 
manzur.
Yaxshi ishlov berilgan dalalarda bug'doy 
ha m da q a n d la v la g i ekinlari barq urib
o'sm oqda, yam -yashil yaylovlarda sersut 
qo'ng'ir sigirlar boqiladi. Latviyada ishlab 
chiqarilayotgan quyultirilgan sut, pishloq, 
yog', baliq konservalariga mamlakatning 
o'zida va chet ellarda ehtiyoj katta.
Bu yerda sersuv daryolar bir tekisda oqa- 
di. Daryolarda ko'plab yuk va passajirlar 
tashiladi, ularda elektr stansiyalari qurilgan. 
Bular orasida Boltiqbo'yidagi eng yirik G E S
- Plyavinyas G E S i bo'lib, u Latviyaning 
a s o s iy d a ry o s i - D a u g a v a (G 'a r b iy
Dvina)da barpo etilgan. Uning yaqinida kat­
ta suv ombori - Plyavinyas dengizi bunyod 
qilingan.
Latviyaning eng xushm anzara daryosi 
Gauyadir. Uning Sigulda shahri atroflarida- 
gi sohillari doim sayyohlar bilan gavjum. 
Tabiat go'yoki atayin shu yerda qizil qum - 
tosh qoyalarni bunyod etgan, ulkan g'orlar 
hosil qilgan. Tevarak-atrofda eman, zarang, 
shumtol, arg'uvon, qayin, tol va chetan 
o'rmonzorlari bamisoli dengizdek shovullay- 
di. Kuldiga shahriga yaqin Venta daryo­
sidagi xushm anzara Ventas-rum ba shar- 
s h a ra sin i m aroq bilan to m o s h a qilish 
mumkin, ko'rkam ko'llar ham ko'p.
Respublika poytaxti - Riga D augava 
daryosi kelib q u yila digan Riga qo'ltig'i 
b o 'y id a g i s h in a m y e rd a jo y la s h g a n . 
Shaharning eski qismi m uzey tarzida saq- 
langan. Bu yerda o'rta asrga mansub uchi 
qubbali uylarni, qadim iy cherkovlarning 
gumbazlarini ko'rishingiz mumkin. Ularning 
yonida esa shinam, keng, yam-yashil turar 
joy manzillari joylashgan.
Poytaxt yaqinida Riga qo'ltig'i top-toza, 
oppoq qum bilan qoplangan, sohil yaqinida 
ko'rfazning chuqurligi atigi tizza bo'yi kela­
di, lekin suvi Qora dengiznikidan sovuqroq. 
Mayin qum ustida yalangoyoq yurish, shun- 
d o q q in a k o 'rfa z y o n id a o 's ib tu rg a n
qarag'ayzorda hordiq chiqarish naqadar 
huzur baxsh etadi. Bu yerda sanatoriy, dam 
olish uylari, bo lalar o ro m g o h la ri ko'p. 
Latviya O'zbekiston Respublikasi bilan dip­
lo m a tiya m u n o s a b a tla rin i 1 9 9 2 -y ild a
o'matgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


LAYLAK
Laylak to‘g ‘risida ko'p narsa eshitgan 
bo'lsangiz kerak. Ko'pincha Buxoro, Shahri- 
sabz va G'ijduvondagi minoralarda va masjid- 
larning gumbazlarida, qari tut va chinorlarning 
uchlarida quruq shox-shabbalar uyumlarini uch­
ratish mumkin. Bu laylak inidir.
Oq laylak O'zbekistonning deyarli hamma 
vohalarida uchraydi. O'zbekistonga oq laylak 
mart oylarining boshlarida uchib keladi va il­
gari qayerga uya qurgan bo'lsa, o'sha yerga 
joylashadi. Ular uyalarini tuzatib, 3 - 5 tadan 
tuxum qo'yadi. Aprel oxirida uyada uzun oyoqli, 
patsiz laylakchalar paydo bo'ladi.
Laylakchalar odamlardan hayiqishmaydi, 
ota-onasining ovdan qaytishini kutishadi va iliq 
shamol esganda shabadaga va sahiy kishilar- 
ga minnatdorchilik izhor etgandek egilib ta’zim 
qilib turishaveradi.
Laylakchalarni uzoq vaqt boqishadi. Ota- 
onalari esa yeyish uchun ularga navbatma-nav­
bat qurbaqa, sichqon, kaltakesak, turli-tuman 
qurt-qumursqalar olib kelishadi.
Kuzga kelib laylakchalar voyaga yetib, kat­
ta bo'ladi, kuchga to'ladi. Uchadigan bo'lgan 
yosh laylaklar bir necha kungacha tunagani ini- 
ga uchib keladi. O'zbekistonda asosan okta- 
brning o'rtalarida issiq yerlarga uchib ketisha- 
di.
Laylaklar tovush chiqarmaydi. Ular bir-birlari 
bilan tumshuqlarini taqillatib «so'z»lashishadi.
Oq laylakning yaqin qarindoshi ham bor, u 
qora laylak, biroq u o'rmonlarda yashaydi va 
nima uchundirodam bilan do'stlashmagan. U 
oq laylakdan pat qoplamida qora rangning 
ko'p bo'lishi va bir oz kichkinaligi bilan farq 
qiladi.
LEONARDO 
DA VINCHI
(1452-1519)
Jahon madaniyati, san’ati va ilm-fani tarixi- 
da Leonardo da Vinchi nafaqat Uyg'onish 
davrining buyuk rassomi, haykaltaroshi, 
me’mori, balki iste’dodli ixtirochi muhandis, 
matematik, anatom sifatida ham yorqin iz 
qoldirgan.
Leonardo uncha katta bo'lmagan Vinchi 
shahri yaqinida dunyoga keldi. U 14 yoshga 
to'lganda otasi uni Florensiyaga olib keladi va 
Uyg'onish davrining ko'pgina ma’rifatli kishilari 
qatori har tomonlama iqtidor sohibi, o'z davri­
ning taniqli rassomi, haykaltaroshi va me’mori 
Andrea Verrokioning badiiy ustaxonasiga sho- 
girdlikka beradi. Te z orada Leonardo nafaqat 
tengqurlari, balki ustozini ham ortda qoldirib, 
mohir rassom bo'lib yetishadi. Rassomning bu 
qadar tez kamol topishida uning tabiatga, atrof 
muhitdagi voqea va hodisalarga nisbatan o'ta 
sinchkovligi sabab bo'ldi. U yoshligidan boshlab 
xotira daftari tutib, unda uylar va ko'chalar, qir- 
adirlar va bog'lar, gullar va daraxtlar, go'zal qiz- 
laming yuztuzilishi, yuzini yuvayotgan mushuk,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Leonardo da Vinchi ishlagan Mona Liza 
(«Jokonda») portreti.
otning tuyoqlari, matoning buklamalari kabi de- 
tallarni sinchkovlik va sabot bilan tasvirlab bor- 
di. Undan o'z hayoti davomida bitilgan 7 ming 
sahifaga yaqin xotira daftari qolgan. Uning 
qo'lyozmalari orasida uchish apparatlari, 
parashyut, suv osti kemasi, avtomat to'quv 
stanogi, vertolyot kabi ajoyib narsalaming loyi- 
halarini topdilar. Bir necha yuz yillardan so'ng 
bularning barchasi qaytadan ixtiro etildi. 
Samolyot paydo bo'lmasdan yuz yillar awal Le­
onardo da Vinchi qushni eslatuvchi uchish ap- 
paratini yaratdi.
Biroq o'sha davr texnikasining past daraja- 
si tufayli Leonardo ijodiy niyatlarini amalga 
oshira olmadi.
Lekin rassom - Leonardoning asarlariga an- 
chagina baxtli taqdir nasib etdi. U yaratgan kar- 
tinalardan uning zamondoshlari ham, ularning 
avlodlari ham zavqlanishgan. Rassom ijodiy 
merosini o'rganishga bo'lgan qiziqish bugun
ham so'ngan emas. Rassomning hech bo'lma- 
ganda birgina asarini tomosha qilish uchun 
kishilar soatlab navbat kutishadi.
Uning kartinalari hayot bilan sug'orilgan. Le­
onardo asarlarida buyumlar, shuningdek kishi 
va hayvonlarning tasviri nihoyatda ravshan va 
hajmi katta qilib ko'rsatilgandek tuyuladi. Nur va 
soya yordamida Leonardo kartinada real dun­
yoning butun rang-barangligini ko'rsata olgan.
Leonardo da Vinchi hayotining oxirgi ikki o'n 
yilligini darbadarlikda, joydan joyga ko'chib 
yurib o'tkazishga majbur bo'ldi. Shu davrda 
yaratgan eng mashhur asari «Mona Liza» port- 
retidir (bu asarni yana «Jokonda» deb ham 
atashadi). Unda shaharlik badavlat ayol biroz jil- 
maygan, xayolga cho'mgan, g'amginroq holat- 
da tasviriangan. Bu go'zal qiyofaga qarab ayol- 
ning boy va murakkab ichki dunyosini, uning 
o'tkir aqlini his etish mumkin. Mona Liza tabiat 
manzarasi fonida tasviriangan. Olisdagi tog'lar, 
osmon, daryo va daraxtlar - bularning hamma­
si yengilgina tuman bilan qoplangan.
Portret janrini yangi sifat pog'onasiga olib 
chiqqan Leonardo da Vinchi unda tashqi 
o'xshashlikdan tashqari insonning ichki dunyo- 
si, ruhiy olamining butun borlig'ini tasvirlashni 
bosh vazifa qilib qo'yadi.
Leonardo da Vinchi tinchlikni xohlardi. Shu­
ning uchun gullab-yashnayotgan Italiya yerini 
poym ol etayotganlarning nizo ham da 
to'qnashuvlaridan nafratlanardi. Darbadarlikda 
hayot kechirgan rassom umrining so'nggi yillari- 
ni Fransiyada o'tkazdi va Ambauza shahri ya- 
qinida vafot etdi.
Buyuk rassomning o'lmas asarlari hamon 
kelajak avlodlarga zavq bag'ishlamoqda.
LITVA
(Litva Respublikasi)
Maydoni - 65200 kvadrat kilometr.
Aholisi - 3700000 kishi.
Litvani kahrabo o'lka deyishadi, qadimda esa 
sohilida Litva joylashgan Boltiq dengizi ham 
Kahrabo nomi bilan atalgan.
Ehtimol, siz yengilgina sariq yoki qizg'ish tosh
- kahrabodan tayyorlangan marjon, bilaguzuk, 
medalyon, ilma tugma va boshqa nafis buyum- 
larni ko'rgandirsiz. Kahrabo esa ignabargli 
daraxtlaming bundan bir necha million yil muqad-
www.ziyouz.com kutubxonasi


dam qotib qolgan smolasidan hosil bo'lgan. Lit- 
vaning dengiz bo'yidagi Palanga shahrida muzey 
bor. Bu ajoyib muzeyda kahrabodan ishlangan 
qadimgi va zamonaviy badiiy buyumlar yig'ilgan. 
Biroq kahrabo faqat bezakkina emas, Litva 
zavodlari ishlab chiqarayotgan murakkab va aniq 
elektr mashinalari, apparatlar, priborlaming qism- 
larini yasash uchun ham zarur xom ashyodir.
Litva sanoati yetkazib berayotgan elektr pay­
vandlash mashinalari, metall qirqish stanoklari, 
zig'ir tolasidan to'qilgan gazlama, qog'oz va 
boshqa ko'plab mahsulotlar shuhrat qozongan. 
«Orlyonok» va «Lastochka» velosipedlarini bil- 
sangiz kerak, albatta. Ular ham Litvada ishlab 
chiqarilgan.
Son-sanoqsiz tepaliklar va quyuq o'rmonlar 
orasida sersuv daryolar to'lg'anib oqmoqda. Bu 
daryolaming eng yirigi - Neman. Minglab ko'llar, 
go'zal orolchalar respublika tabiatiga yanada 
go'zal manzara baxsh etgan. Litvada ko'rkam 
shaharlar ko'p.
Litva xalqi - g'oyat mehnatsevar. Ular yangi 
sanoat shaharlari qurishmoqda, qadimiy shahar- 
lami yangi ko'rkam kvartallar bilan bezatishmoq- 
da, daryolarda to'g'onlar, suv omborlari, 
gidrostansiyalar, keng, qulay avtomobil yo'llari 
qurishmoqda, asriy botqoqliklami quritib, ulami 
hosildor dalalarga va yaylovlarga aylantirishmoq- 
da.
Litvaning muzlamaydigan Klaypeda portida yil 
bo'yi chet el kemalarini ko'rish mumkin. Ular xil­
ma-xil yuk va passajirlartashiydi. Bu yerda Lit­
vaning yirik baliqchilik floti joylashgan.
Agar siz Litva poytaxti - Vilnyusda bo'lsangiz, 
undagi yangi muhtasham binolar, yirik zamonaviy 
sanoat korxonalari, soya-salqin istirohat bog'lari, 
ulug'vor Nyaris daryosi bir umr ko'z o'ngingizda 
muhrlanib qoladi. Litva O'zbekiston Respublika­
si bilan 1992-yilda diplomatiya munosabatlari 
o'matgan.
LIVAJN - qarang 

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish