M
a g e l l a n n i n g
S A Y O H A T Y O LI
malar to‘rt kundan keyin xushxabar bilan
qaytib keldilar: s u zib o ‘tsa b o 'la d ig a n
b o 'g 'o z topildi! Flotiliya unga suzib kirdi
va egri-bugri qirg'oqlar bo'ylab sekinlik
bilan boraverdi. N ihoyat flagm an kema
ro 'p a ra sid a n o m a ’lum okean na m oyon
bo'ldi. U dengizchilarni charaqlagan qu
yosh nuri va sukunat bilan qarshi oldi.
M agellan bu okeanga T in c h okean deb
nom berdi.
Y e v ro p a
С
Erta b a h o rd a , a vg u s td a (bu va q td a
janubiy yarim sharda bahor bo'ladi) M a
gella n ra z v e d k a g a eng kichik kem a -
«S a n ty a g o »n i yubordi. Bu kema halokat-
ga uchradi, am m o odam lar tirik qoldilar.
S h u n d a y qilib M agellan qulay ob-havon i
kutm asdan qishlov joyini tark etdi va ikki
o y
s u z g a c h ,
h e c h
b o 'g 'o z g a
o'xsh am a ydiga n qoyali ensiz suv yo'lagi
oldiga kelib qoldi. Biroq razvedkachi ke-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Magellan o‘zi kashf qilgan bo'g'oz suvlari-
da darbadar kezib yurgan vaqtida yana bir
yangi sinovni boshidan kechirishiga to‘g ‘ri
keldi: ekspeditsiyaning eng katta kemasi -
«S a n -A n t o n io » (bu kem ada butun eks
peditsiyaning oziq-ovqati saqlanardi) koman-
dasi qo‘z g ‘olon ko'tardi va kemani orqaga
burib Ispaniyaga qarab yo‘1
oldi.
Butun flotiliyadan qolgan uchta kema oldi
da okeanni kesib o‘tish vazifasi turar edi.
G'arbga tomon suzish deyarli to‘rt oy davom
etdi. Oziq-ovqat zaxirasi ham tugadi. Den-
gizchilar och qoldilar, ular kemadagi kala-
mushlarni, qoramol terisini, qipiqni yeyishga
majbur bo'ldilar, ba’zilar singa (lavsha) kasal-
ligidan o'ldilar. Nihoyat kemalar boy va ni
hoyatda manzarali noma’lum orollarga yetib
keldi. Keyinchalik bu orollar Filippin orollari
deb ataldi.
U yerda jasur admiral hayotining so'nggi
kunlarini boshidan kechirdi. U mahalliy qabi-
la boshliqlarining o'zaro urushiga aralashishi
oqibatida halok bo'ldi. Magellanning halokati
butun ekspeditsiyaga qattiq ta’sir qildi. Den-
gizchilar orasida ixtiloflar va sarosima bosh
landi. Ko'pgina dengizchilar halok bo'ldi, eks-
peditsiya «Trin id a d » va «Konsepson» nomli
ikki m ashhur flagman kemasini yo'qotdi.
Faqat birgina «Viktoriya» kemasi juda ko'p
mashaqqatli sarguzashtlardan keyin, o'z
qadrdon gavaniga qaytib keldi. Jahonda dun
yo bo'ylab qilingan birinchi sayohat fan uchun
katta ahamiyatga ega bo'ldi. Magellan eks-
peditsiyasi Yer atrofini aylanib o'tib, Yerning
shar shaklida ekanligini isbotladi. Ular Tinch
okeanni birinchi bo'lib kesib o'tgan yevropa-
liklar hisoblanadi. Dengizchilar tomonidan
kashf qilingan, Janubiy Amerikani Olovli Yer
orolidan ajratib turuvchi bo'g'oz Magellan
bo'g'ozi deb ataldi.
MAGISTR
«Magistr» so'zi asli lotincha bo'lib, lug'aviy
m a’nosi «boshliq», «ra h b a r», «o'qituvchi»
kabilardan iborat. Qadimgi Rimda mansab-
dor «m agistr» deb atalgan. Masalan, bir gu-
ruh otliqlar boshlig'i «suvoriylar magistri»
nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik bu atama
Yevropada keng yoyilib, ko'proq oliy dunyoviy
va cherkov muassasalari boshliqlari ham shu
nom bilan atalganlar.
Hozirgi paytda «magistrlik» ko'plab taraq
qiy etgan mamlakatlarda bakalavr bilan fan
doktori o'rtasidagi ilmiy unvonni bildiradi. Bu
unvon universitetni yoki unga tenglashtirilgan
oliy o'quv yurtini tugatib, bakalavr unvoniga
ega bo'lgan, qo'shimcha 1-2 yillik ta’lim kursi-
ni o'tgan, m axsus imtihonlarni topshirib,
magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgan-
larga beriladi.
O'zbekiston Respublikasida ham ilm-fan,
ta’lim-tarbiya sohasida jahon andozalariga
javob beradigan tartib-qoida amal qilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyor
lash Milliy dasturida magistrlarni tayyorlash
masalasi kun tartibiga qo'yilgan. Bizning
mamlakatimizda magistrlik aniq mutaxassis-
lik bo'yicha oliy kasbiy ta’lim bo'lib, bakalav-
riyat negizida kamida ikki yil davom etadi. Bu
ta’lim magistratura deb atalib, kursni o'tab
bo'lgan talaba maxsus davlat malaka at-
testatsiyasidan o'tib, dissertatsiya himoya qil-
gach, magistr unvoniga ega bo'ladi.
MAGNIT
Ushbu rasmdagi «taqa» sizga tanishmi?
Bu - magnit. Ana shunday «ta q a »n i olib,
to'g'nog'ich yoki mixga yaqinlashtirib ko'ring-a,
ularning o'zi lip etib unga yopishib oladi, chunki
magnit o'ziga tortish xususiyatiga ega. Mag
nit bilan temir buyumlar orasida qandaydir sirli
«bog'lanish» mavjudligini odamlar allaqachon-
lar sezishgan. Ba’zi xalqlarda magnitni hali
ham «mehrli tosh» deb atashadi. Odamlar
ko'p asrlar mobaynida tabiiy m agnitlar- mag-
nitli temir rudasi bo'laklari bilan tajribalar
ko'rsatishgan, lekin magnitlarning barcha temir
narsalarga «mehri» sababini hech kim tushun-
tirib bera olmagan.
Moddalarning magnit xossalari aniqlanishi
uzoq tarixga ega. Masalan, ikki ming yil oldin-
roq, magnit materiallar kompas mili sifatida
ishlatilganligi ma’lum. Ko'p vaqtlargacha mag-
nitdan faqat kompas millari tayyorlashda foy-
www.ziyouz.com kutubxonasi
Magnitning har xil ishorali qutblari bir-biriga tortiladi,
bir xil ishorali qutblari bir-biridan qochadi.
Kuchli magnit og'ir metall detalarni o'ziga tortib,
kerakli joyga olib boradi.
dalanilgan, xolos. Harakatchan milning bir uchi
doim Yerning shimoliy magnit qutbi joylashgan
shimolni, ikkinchi uchi janubiy magnit qutbi joy
lashgan janubni ko'rsatib turadi (shuning uchun
ham magnitning uchlari yoki qutblarini shimoliy
va janubiy qutblar deb atashgan). Xuddi
elektr zaryadlari kabi, magnitlarning har xil
ishorali qutblari bir-biriga tortiladi, bir xil isho
rali qutblari bir-biridan qochadi.
Magnitni o ‘rganish jarayonida qutblarni
ajratish uchun uni qismlarga bo‘lishga urinish-
gan. Lekin bundan hech narsa chiqmagan.
Har qanday magnit bo‘lagi, hatto u juda kichik
bo'lsa ham, ikkita qutbli yaxlit magnitligicha
qolgan. Nima uchun shunday bo'lgan? Buni
tushunishga elektr yordam berdi. Amper gi-
p o te za sig a ko'ra, m od d a n ing m agnit
xossalariga moddaning kichik zarralari -
atomlar, molekulalar yoki ularning guruhlari
ichida aylanib oquvchi elementar berk toklar
sababchidir.
Siz, ehtimol, zavodda mashinalar po'lat
detallarni qanday qilib bir joydan ikkinchi
joyga tashiganini ko'rgandirsiz. Yuqoridan
zanjir bilan qalin dumaloq plita tushiriladi, shu
zahoti unga yerdagi ko'p detallar yopishib
qolaveradi.
Bu - elektromagnit. Uning asosiy qismi sim
o'ralgan temir g'altak. Simdan tok o'tkazilsa,
g'altak magnitga aylanib qoladi. Temirning
19— K.-8279
har bir atomida magnitchalar bor. Lekin ham
ma gap shu mayda magnitchalar temirda
qanday joylashganligiga bog'liq. Buning
uchun ular «intizomli» bo'lishlari, hammasi bir
tomonga «o 'g irilib » turjshlari va qatorda
to'g'ri joylashishlari kerak. Shundagina mod
da magnitga aylanishi mumkin.
Faqat bir necha metallgina va, ayniqsa,
temir ana shunday xossaga ega. Lekin olim
va muhandislar temir magnitlardan ham an
cha yaxshiroq magnitlar yasashni o'rganib oli-
shdi. Ularni, masalan, kobaltning platina yoki
samariy bilan qotishmasidan yasashadi.
Shunday materialdan yasalgan mitti magnit-
cha o'zidan bir necha marta og'irroq temir
detalni ko'tarishi mumkin. Albatta, bunday
magnitlar juda qimmatga tushadi. Shuning
uchun ham ular faqat murakkab ilmiy asbob-
lardagina qo'llaniladi.
Odatda, magnitlar taqasimon shaklda
tayyorlanadi. Magnitlanmaydigan maydon
bo'lmaganda ham anchagina qoldiq magne-
tizmni saqlash xususiyatiga ega bo'lgan jism-
lar doimiy magnit deyiladi. Shuningdek, Yer,
Quyosh va Yulduzlar magnitlar hisoblanadi.
Elektr toki bilan magnitlanadigan jismlar -
elektromagnitlar texnikada ko'p ishlatiladi,
MAHALLA
Ikki tom oni shinam u ylardan iborat
ko'chadan o'tib bormoqdasiz. Har bir xona-
don atrofi su p u rilg a n , suv se p ilga n.
Ariqchadan jildirab suv oqib turibdi. Kimdir
uyining ko'cha tomoniga tok ekib, so'ri qilgan.
Boshqalar esa mevali daraxt ekkan. Kichik-
kichik pollarga oshko'k sepilgan. Pomidor,
baqlajon, bolgar garmdorisi o'sib yotibdi.
Yana bir xonadon esa o'z hududiga zich qilib
terak ekib tashlagan. Shu serfayz ko'chaning
gavjumroq joyida «... mahalla idorasi,» degan
yozuvga ko'zingiz tushadi.
Mahalla... X asrda yashab o'tgan buxoro-
lik tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn J a ’far
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida mahal
la haqida ma’lumot ilk bor uchraydi. Hozir esa
«m ahalla» so'zini kunda bir necha bor eshi-
ta m iz va tilga o la m iz. B u n in g sababi
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko'pchiligimiz mahallada istiqomat qilamiz
hamda uning ishida qatnashib turamiz.
Mahalla - asosan O'zbekistonga xos nodir
hodisa. Mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi
u m u m iy q o id a la r va a n ’a n a la r bilan
bog'langan.
E ’tibor bergan bo'lsangiz, m ahallalar
ko'pincha katta ko'cha bir tomonining ma’lum
qismini va uni oralab ketgan ko'chalar,
torko'chalar, berkko'chalarni qamrab oladi.
Mahallalar qanday tarkib topgan? Mahal
lalar, odatda, asrlar davomida kasb-hunar
yoki milliy belgilar asosida vujudga kelgan.
Hozir biz Qoshiqchi, 0 ‘qchi, Degrezlik kabi
mahallalar nomini eshitib qolamiz. Demak, bu
mahallalarda qoshiq, o'q (turli vazifalarni ba-
jaruvchi) yasovchi, qozon quyuvchi ustalar
yashagan. Ayrim mahallalar o'sha joyning rel-
yefidan yoki boshqa belgilaridan kelib chiqib
nomlangan. Ganchtepa, Shahidontepa, Chu-
qurqishloq, Balandmachit, Qatortol singari
nomlar shu tarzda kelib chiqqan.
Hozirgi paytda m ahallalar aholi bilan
ishlaydigan g ‘oyat muhim organga aylangan.
Unga maxsus qonun bilan o'zini o'zi boshqa-
rish huquqi berilgan. Binobarin, mahallaning,
unda istiqomat qiluvchi aholining barcha
muammolari o'sha yerning o'zida hal etiladi.
Mahallada katta tarbiyaviy ish olib borila-
di. «B ir bolaga yetti qo'shni ota-ona» naqli-
ga asoslanib, mahalla ahli bolalar tarbiyasi-
da faol qatnashadi.
Hozir mahallalarda maishiy, ma’naviy, ijti
moiy, madaniy masalalar bilan shug'ullanuvchi
tu rli-tu m a n
ko m is s iya la r
faoliyat
ko'rsatmoqda.
Mahallalarga aholini ijtimoiy foydali mehnat
bilan qamrab olish, qo'shimcha ish joylarini
yaratish uchun kichik korxonalar ochish huqu
qi berilgan.
Mahalla aholining ko'pchilik ovozi bilan
saylanib, tegishli tuman hokimiyati tasdiqla-
gan rais va faollar tomonidan boshqariladi.
Tartib-intizomni nazorat qilish ichki ishlar
uchastka noziri, ko'ngilli posbonlar tomonidan
amalga oshiriladi.
Jamiyatimiz hayotida ahamiyati beqiyos,
jahon tajribasida esa o'xshashi yo'q hodisa
bo'lgan mahallaning aholi hayotidagi aha
miyati va o'mi ortib bormoqda. Zero, mahal
la - «in s o n n i ja m iya t bilan y a sh a sh g a
o'rgatadigan, shu ruhda tarbiyalaydigan
birlamchi va beqiyos makon»dir.
MAHMUD KOSHG‘ARIY
M ahm ud ibn Husayn ibn M uham m ad
Koshg'ariy 11-asrda yashab, ijod etgan. Turk-
shunoslik ilmining asoschisi, qomusiy olim.
Tug'ilgan va vafot etgan yili, joyi noma’lum.
Koshg'ariyning tarjimai holiga oid bevosita
tarixiy manbalar yo'q. Tadqiqotchilar uning
hayoti haqida «Devonu lug'otit turk» va qora-
xoniylar tarixiga oid boshqa ma’lumotlarga ta-
yanib quyidagi taxminlami bayon qiladilar: Mah
mud Koshg'ariy 1029 - 1038-yillar orasida
Koshg'arda tug'ilgan. Uning Qoraxoniylar sulo-
lasiga mansub beklardan bo'lishi Koshg'arda
yaxshi m a’lumot olishiga imkon bergan.
Buxoro va Nishopurning ulug' allomalari bilan
suhbatda bo'lganligi haqidagi m a’lumotlar
«Devonu lug'otit turk»da bor.
i
«Devonu lug'otit turk» turkiy-arabiy lug'at.
Asar hijriy 466-yilda yozib tugatilgan.
Bizga asarning asl qo'lyozmasi emas,
taxminan ikki yuz yildan keyin Muhammad bin-
ni Abu Bakir ibn Abulfath ko'chirgan nusxa
yetib kelgan. Asar ikki qismdan-muqaddima
va lug'atdan iborat bo'lib, muqaddimada
Mahmud Koshg'ariy turkiy tilning ahamiyati,
maqsadi, asarning tuzilishi haqida ma’lumot
www.ziyouz.com kutubxonasi
beradi. Lug'at bolimida 8000dan ortiq so‘z
va birikmalar izohlangan. Ushbu lug‘atning
ahamiyati shundaki, Mahmud Koshg'ariy
so'zlarni bevosita o'zi eshitib, o'zi qayd etgan.
Shu sababli uning ma’lumotlari ishonchli. Bu
haqda u shunday yozadi: «M en turklar, turk-
m anlar, o 'g 'u z la r, chigillar, ya g 'm o la r,
qirg'izlarning shaharlarini, qishloq va yaylov-
larini ko'p yillar kezib chiqdim, lug'atlarini
to'pladim, turli xil so'z xususiyatlarini o'rganib,
aniqlab chiqdim».
Lug'at chin ma’noda qomus hisoblanadi.
Unda tarix, etnografiya, geografiya, iqtisod, til,
adabiyot, qishloq xo'jaligi, geologiya va
boshqa ko'p sohalarga oid m a ’lumotlar
to'plangan.
Olim so'zni ma’nosidan kelib chiqib turli-
cha izohlaydi. Diqqatga sazovor tomoni shun
daki, muallif ayrim so'zlar yoniga elat, qabila
nomini yozib qo'yadi, bu narsa o'quvchiga 11-
asrda yashagan turkiy qavmlar haqida noyob
ma’lumot beradi.
Mahmud Koshg'ariy ushbu lug'atda xalq
og'zaki ijodi materiallaridan keng foydalan-
gan. S o 'z m a’nolarini ochish uchun ko'p
maqollar keltirgan.
D evond a juda ko'p s h e ’riy parchalar
uchraydi: dengiz, ko'l va vodiylarga quyiladi-
gan suvning birtarmog'i ma’nosidagi tamg'a
so'ziga quyidagi she’riy parcha keltirilgan:
Tam g'a suvi tashra chiqib tag'ig' o'tar,
Artuchlari tegra unub tizgin yetar.
Ma’nosi: bu suvning tarmog'i tog'ga va tog'
atrofiga tarqaladi, siljiydi. U yerlarda sarv
daraxtlari ot tizimidek qatorlashib ko'karadi.
D e v o n d a g i m isollar s o 'z la r tarixini
o'rganishda katta yordam beradi. Asarda bo
lalar folkloriga oid m a’lumotlar ham bor.
Chunonchi, olim bandal so'zini izohlarekan,
u bolalar o'yini ekanligini quyidagicha tushun-
tiradi: bandal - bosh qismi cho'qm oqli
yog'och. Uning uchini yondirib, kechasi bola
lar bir-birlariga o'qtalib o'ynaydilar. Mahmud
Koshg'ariy m o'nguz-m o'nguz bolalar o'yini
haqida shunday yozadi: bolalar tiz cho'kib,
dengiz labida o'tiradilar. Oyoqlari orasiga ho'l
qum solib to'ldiradilar. So'ng qo'llari bilan
qum ni urib, ulardan biri (ona b o shisi)
m o 'n g u z-m o 'n g u z, deydi. Qolganlari na
mo'nguz - nimaning mo'nguzi (shoxi) deb
so'raydilar. U birin-ketin shoxli hayvonlarni
sanab ketadi. Uning ketidan ular ham takror-
laydilar. So'ng ona boshi shu nomlar orasiga
tuya, eshak kabi shoxi yo'q hayvonlar ismini
aytib chalg'itadi. Bolalardan birortasi uning
ketidan shoxsiz hayvon nomini aytib yuborsa,
uni suvga itarib yuborishadi.
Xullas, «Devonu lug'otit turk» o'zbek xal-
qining shakllanishida faol ishtirok etgan turkiy
qabilalarning hayoti, turmushi, tarixi haqida
noyob ma’lumot beruvchi qomus hisoblanadi.
MAKKAJO‘X O R I
Bundan bir necha ming yillar aw al qadim
gi indeyeslar - inklar va atsteklar mak
kajo'xori yetishtirishgan. Inklarning gullab-ya-
shnagan davlati Peruda, Janubiy Amerikada,
atsteklarning davlati esa Meksikada, Marka
ziy Amerikada bo'lgan. U yerda makkajo'-
xorini mais deb atashgan va m uqaddas
o'simlik hisoblashgan.
Kolum b bu ajoyib o'simlikning donini
Yevropaga olib kelgan. Indeyeslar maisi o'zi
uchun yangi bo'lgan Ispaniya va Portugaliya
dalalariga tez o'rganib ketdi. U yerdan
makkajo'xori 16-asrdan boshlab tezda Afrika
va Osiyoga tarqaldi. Hech bir o'simlik Yer kur-
rasi bo'ylab makkajo'xoridek tez tarqalgan
emas.
Mamlakatimizda tishsimon va sarg'ish
donli
m akkajo'xori
keng
ta rq a lga n.
Makkajo'xori issiqsevar o'simlik bo'lib, o'suv
davri 9 0 - 1 5 0 kun.
Hozir insoniyat ixtiyorida uchta asosiy oziq-
ovqat o'simligi: bug'doy, sholi va makkajo'xori
mavjud. Jahon bo'yicha haryili o'rtacha 115
million gektar yerga makkajo'xori ekiladi.
A Q S H , Braziliya, Xitoy, Hindiston, Meksika
da juda katta m a yd o n la rd a o'stirilad i.
Makkajo'xori donidan un, yorma, yog', konfet-
lar, viskoza, kinoplyonkalar tayyorlanadi.
Makkajo'xori doni, poyasi va so'tasidan tay-
yorlangan silos chorva mollari uchun to'yimli
ozuqadir. Shirin makkajo'xori xomligicha va
konservalangan holda iste’mol qilinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Makkajo'xori donidan bolalarga arpabodroq
tayyorlanadi, makkajo'xori unidan zog'ora non
yopiladi.
Jahonda makkajo'xorining 8000 ga yaqin
navlari va 2000 ga yaqin duragaylari bor.
Makkajo'xorining duragay urug'lari ko'proq
ekiladi. B o ‘yi 6 m e trga ch a ye ta dig a n
m a k k a jo ‘xori navi ham bor. B u n d a y
makkajo'xorizorda o‘rmondagidek adashib
qolish hech gap emas.
MAKTAB
«M aktab» so'zi o'zbek tiliga arab tilidan
kirib kelgan.
Maktab o'qituvchi rahbarligida yosh av-
lodga ta’lim beriladigan va tarbiyaviy ishlar
olib boriladigan o'quv-tarbiya muassasasi
hisoblanadi. U yosh avlodga fan asoslarini
o'rgatadi, yoshlarning jismoniy taraqqiyoti-
ga, axloqiy tarbiyasiga ko'maklashadi, meh-
natda, ijtimoiy hayotda faol bo'lishga tay-
yorlaydi.
Siz, albatta, maktabdagi birinchi kuningiz-
ni umrbod eslab qolgansiz...
Q u y o s h , se n ta b r tongi. B a rch a sinf
o'quvchilari maktab binosi oldiga yig'ilgan.
Hammaning yuzida tabassum, qo'lida gul. Bu
yerda siz birinchi marta sinfdosh o'rtoqlaringiz
bilan uchrashasiz, o'qituvchingiz bilan tanisha-
siz. S iz g a , birinchi sinf o 'q u v c h ila rig a
o'qituvchilar, maktab direktori, ota-onalar o'z
dil so'zlarini izhor etadilar. Siz uchun birinchi
marta maktab qo'ng'irog'i jaranglaydi.
Bahorda esa o'quvchilarning xuddi shun
day yig'ilishida sizning katta o'rtoqlaringiz -
bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun oxirgi marta
maktab qo'ng'irog'i jaranglaydi.
Maktabda asosiy rahbaringiz va do'stingiz
- o'qituvchi doim sizning yoningizda bo'ladi.
Har bir o'qituvchida birinchi, ikkinchi sinf
o'quvchilarini va umuman maktabning barcha
bolalarini nimalarga o'rgatish kerakligini bel-
gilab beruvchi dastur bo'ladi. Mamlakatimiz
mustaqillikka erishgach, yangi o'quv dasturlari
ishlab chiqildi.
MALAYZIYA
(Malayziya Federatsiyasi)
Maydoni - 332800 kvadrat kilometr.
Aholisi-2 1 2 0 0 0 0 0 kishi.
Malayziya - Janubi-sharqiy Osiyodagi dav
lat. Uni Janubiy Xitoy dengizi ikkiga, ya’ni
G'arbiy Malayziya (Malayya) va Sharqiy Ma-
layziyaga ajratib turadi. Poytaxti - Kuala-Lum-
pur shahri.
Bu mamlakatda o'rta asrlardan buyon sul-
tonlar hukmronlik qilib kelgan. Uning davlat
tuzumi boshqa hech qayerda uchramaydi.
Davlat boshlig'i Oliy hokim deb yuritiladi va
sultonliklar hokimlarining kengashida har 5
yilda saylanadi.
Malayziya ekvator mintaqasida joylashgani
uchun iqlimi asosan ekvatorial, shimolrog'ida
esa subekvatorial, mussonli iqlim. Yer yuzasi-
ning to'rtdan uch qismi doim yashil nam tropik
o 'rm o n la rd a n iborat. P a lm a , ba m buk,
tog'larida eman, dafna va boshqa daraxtlar
o'sadi. Daryolari qisqa, ammo sersuv.
Aholisining 55 foizi malayyaliklar, 35 foizi xi-
toylar va 10 foizi hindlar. Jami aholining yarmi-
ga yaqini shaharlarda yashaydi. Bu mamlakat
ning go'zal tabiati, antiqa iqlimi va eng muhi-
mi - behisob tabiiy boyliklari chet ellik bosqin-
chilarni hamisha qiziqtirib kelgan. 16-asrning
boshlarida portugallar Malakka sultonligini
bosib oldi. 17-asr o'rtalarida uni gollandlar
egallashdi. 18-asroxiriga kelib, ingliz mustam-
lakachilari Malayya davlatiga ta’sir o'tkaza
www.ziyouz.com kutubxonasi
Malayziyaning poytaxti Kuala-Lumpur shahri.
boshladi va 1786 - 1888-yillar davomida
mamlakat hududining katta qismini bosib oldi.
Ikkinchi jahon urushi davrida bu yerga yapon
bosqinchilari kirib keldi. Urushdan keyin yana
inglizlaro'z hukmronligini o‘rnatmoqchi bo'ldi.
Am m o xalq ommasi siyosiy tashkilotlarga
birlashib, barcha bosqinchilarni quvib chiqar-
di. 1963-yilda Malayya Federatsiyasi, Sin
gapur, Sabox va Saravak o'rtasida Malayziya
Federatsiyasi tashkil topdi (keyinchalik Sin
gapur federatsiyadan chiqib ketdi).
Malayziya sanoatida konchilik yetakchi tar-
moq hisoblanadi. Qalay konsentrati ishlab
ch iq a rish so h a sid a d u n yo d a oldingi
0
‘rinlardan birida turadi. Bundan tashqari
temir, boksit, oltin, neft, ilmenit konlari ham
bor. Avtomobil, mototsikl va qishloq xo'jalik
mashinalari, elektrotexnika buyumlari ishlab
chiqariladi, metallurgiya, to'qimachilik, hunar-
mandchilik rivojlangan.
Mamlakat yerlarining 2 million gektari kau-
chuk daraxtlari bilan band. Kokos palmasi,
ananas, choy, murch, sholi, sabzavot, turli
mevalar yetishtirilib, chet ellarga sotiladi.
O'zbekiston Respublikasi bilan
Malayziya o'rtasida 1992-yilda dip-
lomatiya munosabatlari o'matilgach,
iqtisodiy va madaniy aloqalar, sav-
do-sotiq rivojlana boshladi.
MARKETING
Televizor ekranidan, radiodan,
turli reklamalardan «m a rke ting »
d e g a n s o 'z n i ko'p e s h ita s iz,
e’lonlarda o'qiysiz. Xo'sh, «m arke
ting» o'zi nima va ne sababdan
keyingi paytlarda odam lar, a y
niqsa, ishbilarmon va tadbirkorlar
og'zidan tushmayapti?
Bilasizki, biz o'z ehtiyojlarimiz
uchun za ru r bo'lgan juda ko'p
narsalarni bozordan sotib olamiz.
Sizga kiyim-kechak, kitob-daftar,
o'yinchoqlar, sport anjomlari dey-
sizmi, ro'zg'or uchun kerakli oziq-
ovqatlarmi - hammasini ota-onangiz maga-
zinlardan, bozorlardan pulga sotib oladilar.
Shu mahsulotlar, buyumlarni ishlab chiqar-
gan korxonalar, ustalar, hunarmandlar, deh
qonlar o'z mahsulotlarini yaxshiroq pullash-
ni, ko'proq sotishni mo'ljallaydilar. Buning
uchun esa oldindan mahsulot sotiladigan bo-
zorni o'rganish, xaridorlarga nima yoqishini,
ularning imkoniyatlarini o'rganib, so'ngra
mahsulotni bozorga chiqarish lozim. Ba’zan
shunday bo'ladi - bozorda, masalan, aytay
lik, piyoz ko'payib ketib, uning narxi g'oyat
arzonlashib ketadi, ba’zan xaridor ham topil-
may qoladi. Bu, albatta, xaridor uchun foyda
li, lekin dehqon uchun maqbul emas, chunki
u piyozni yetishtirish uchun ancha-muncha
mehnat qilgan, mahsulotni bozorga yetkazib
kelguncha qilgan xarajatlarini qoplashi, yana
mehnatiga yarasha foyda topishi ham kerak.
Endi, aytaylik, bozorda piyoz kamayib ketdi,
demak, uning narxi qimmatlashadi, piyoz so-
tuvchi mahsulotini yaxshi pullaydi, lekin bu
xaridorga og'ir tushadi, qimmat bo'lsa ham,
olishga majbur.
Shu sababli aksariyat mamlakatlarda mah
sulotlar - tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o'z
www.ziyouz.com kutubxonasi
tovarlarini sotadigan bozorni oldindan o'rganib
chiqadilar. Bozor holatini asosli o'rganish va
oldindan baholash bilan tovarlarni ishlab
chiqarish va sotishni tashkil etish tadbirlari tizi-
mi marketing deb ataladi. Marketing inglizcha
so'z bo'lib, «bozor», «sotish» ma’nolarini ang-
latadi. Marketing bozor iqtisodiyotining muhim
unsuri bo'lib, sifatli mahsulot ishlab chiqarish,
xaridorlar talablarini o'rganish va baholash,
raqobatchi korxonalarning ham mahsulotlari-
dan xabardor bo'lish, tovarlar narxini sharoit-
ga qarab oshirish yoki pasaytirish, reklamalar-
ni tashkil etish, tovarlarni vaqtida yetkazib tu-
rish, xaridorlarga m a’qul keladigan xizmat
ko'rsatish kabi bozor faoliyatiga doir chora-tad-
birlarni o'z ichiga oladi. Marketingning asosiy
vazifasi, maqsad-muddaosi ishlab chiqarish-
ni bozor talablariga moslashtirish, xaridorlar
ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish va ko'proq foy-
da olishdan iborat. Marketing faoliyati tovarlar,
xizmatlar ko'rsatish, qimmatli qog'ozlar (aksi-
yalar, obligatsiyalar, veksellar, pul cheklari) bo-
zorlarini o'z ichiga oladi. Shu sababli yirik fir-
malar, kompaniyalar, korxonalarda marketing
ishini olib boradigan bo'limlar - marketing xiz-
mati tashkil etiladi. Bu xizmat xodimlari - mar-
ketologlar joriy va uzoq muddatli marketing
dasturlarini ishlab chiqadilar va uni amalga
oshiradilar. Marketing 20-asrning ikkinchi
yarmidan qamrovi keng iqtisodiyot fanlaridan
biriga aylandi.
Marketing bozordagi talab-ehtiyojlar (ni-
mani ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqa
rish, qanday narxda sotish, mahsulotni yangi-
lash va boshqalar)ni o'rganish bilan ishlab
chiqarish samaradorligini ta’minlashga xizmat
qiladi.
MAROKASH
Maydoni - 446600 kvadrat kilometr.
Aholisi - 28000000 kishi.
Bu mamlakatning asosiy xalqi bo'lgan arab
lar uni A l-M a m la k a a l-M a g 'rib iya , y a ’ni
G'arbdagi Mamlakat, yoki Mag'rib al-Aksa,
ya’ni Olis G'arb deb ataydilar. Haqiqatdan
ham bu davlat arab mamlakatlarining eng
chekkasida, Afrikaning shimoli-g'arbida joy-
lashgan. Uni shimolda O'rta dengiz va g'arbda
Atlantika okeani o'rab turadi. O'rta dengiz so-
hilining ko'pchilik qismi tog'liq va tog' oralari-
da soyliklar bo'lsa, Atlantika okeani qirg'og'i
past, ba’zi joylari botqoqlik. Umuman, Ma-
rokash - sertog' o'lka. Janubi-g'arbdan shimo-
li-sharqqa Atlas tog'lari cho'zilib yotadi. Mam
lakatning ko'p qismida subtropik iqlim hukm-
ron. Yozin-qishin suv oqadigan daryolari kam.
Ko'llarning ko'pi sho'r. Janubida Sahroi
Kabirning issiq nafasi sezilib turadi.
Hayvonot dunyosi xilma-xil: quyon, chiyabo'ri,
to'ng'iz, ilon, toshbaqa, amfibiyalar, har xil par-
randa, hasharot va chayonlar bor. Tog'li joy
larda makaka maymunlari, sirtlon, panteralar
uchraydi. Insonning xo'jalik faoliyati natijasida
bu yerda sherlar va kiyiklar 20-asr boshlari-
da butunlay qirilib ketgan.
Hozirgi Marokash yerlarida qadimdan liviy
qabilalari (barbarlar) yashab, ovchilik va chor-
vachilik,
q ism an
d e h q o n ch ilik
bilan
shug'ullanganlar. Miloddan avvalgi 2-ming yil-
lik oxirida sohilda finikiyaliklarning bir necha
jamoasi paydo bo'lgan, bu jamoalar Karfa-
gen, keyinroq Rim imperiyasi qo'l ostiga
o'tgan.
Milodiy 8-asr boshlarida mamlakat arab
xalifaligiga qo'shib olingach, arab tili va islom
dini tarqala boshladi. Marokashda birinchi
davlat - Idrisiylar saltanati tashkil topdi. 15-
asrda Atlantika sohilini portugallar, O'rta de
ngiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.
20-asr o'rtalarigacha Marokash xalqining
ozodlik kurashi davom etdi. 1956-yilda mam
lakat mustaqil deb e’lon qilindi. Shu paytda-
gi iqtisodiy ahvol og'ir edi. Endi mamlakatni
qayta tiklash, milliy iqtisodiyotni barpo etish
va ajnabiy davlatlardan siyosiy qaramlikka
barham berish yo'li boshlandi.
Hozirgi vaqtda Marokashni konchilik sano
ati birmuncha rivojlangan agrar mamlakat
desa bo'ladi. Foydali qazilmalari orasida fos-
forit birinchi o 'rin d a turadi. T o s h tu z ,
qo'rg'oshin, kobalt, mis, rux, temir rudasi, neft,
gaz konlari bor. Dehqonchilik mahsulotining
yarmidan ko'prog'i dondan iborat. Qand lav-
lagi, kartoshka, pomidor, paxta ham yetishti-
riladi. Tokzorlar, zaytunzorlar, sitruszorlar ko'p.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Marokash poytaxti-Rabot shahri. Bu yer
da qadimiy va zamonaviy me’morlik uslublari
uyg'unlashib ketgan.
0 ‘zbekiston bilan Marokash o'rtasida dip-
lomatiya munosabatlari 1993-yilda o'rna-
tilgan.
MARS
Qadimgi rimliklar Mars sayyorasini urush
xudosi (Mars) sharafiga shunday deb atash-
gan. Mars Quyosh atrofida Yerga nisbatan bir
yarim baravar uzoqroq masofada turib ayla-
nadi. U Quyosh atrofini Yer sutkasi hisobida
687 kunda aylanib chiqadi. Har 780 kunda
Yerning ro‘parasidan o‘tadi. Mars diametri
(6785 kilometr) Yer diametridan qariyb ikki
baravar kichik. Yer o‘z o‘qi atrofida qancha
vaqt aylansa, Mars ham o‘z o‘qi tevaragida
shuncha vaqt aylanadi. Mars sutkalari Yer
sutkasidan 37 minut uzun, xolos. Marsning
Fobos va Deymos degan ikki yo'ldoshi bor.
Mars Veneradan keyingi Yerga eng yaqin
sayyora. Marsning muhit sharoiti Yernikiga
ancha yaqin bo‘lgani uchun bu sayyora olim
lar diqqatini hamisha o'ziga jalb qilib kelgan.
Sobiq Ittifoq va Amerika sayyoralararo stan-
siyalari Marsni yaqin masofadan tekshirishdi,
hatto uning yuzasiga maxsus apparatlar
qo‘ndirildi.
Olimlar Mars sayyorasi asosan karbonat
angidrid gazidan iborat juda siyrak atmos-
fera bilan qurshab olinganligini aniqlashdi;
odam bunday sharoitda nafas ololmagan
bo'lardi. Mars atmosferasida ba’zan muz
kristallaridan iborat oq bulutlar kuzatiladi.
Bu sayyorada kuchli shamollar esib, at-
mosferaga sariq chang-to‘zonni ko'taradi,
shu paytlarda Mars yuzasida biron-bir nar
sani ilg'ash qiyin.
Mars qutblari yaqinida oq qutb qalpoq-
chalari ko'rinib turadi. Ular asosan odatda-
gi suv muzidan iborat. Marsda asosiy suv
zaxiralari sayyora yuzasining tagida muzloq
yerlar va qutb qalpoqchalarida saqlanadi.
Yil fasllari almashinganda Mars qutb qal-
poqchalarining kattaligi ham o'zgaradi. Y o z
bo'lgan yarim sharda qutb qalpoqchasi
Mars sayyorasi yuzasining ko‘rinishi.
kichkinalashadi, qish bo'lgan yarim sharda
esa bu vaqtda qutb qalpoqchasi eng katta
yuzaga ega bo'ladi.
Mars sathi qisman O y sathiga o'xshaydi.
Undan ko'plab doirasimon dog'lar - kraterlar
joy olgan. Marsda tog' tizmalari ham, g'orlar
ham bor.
Kunning yarmida Mars ekvatorida tempe-
ratura ba’zan 30 darajaga ko'tariladi. Ammo
kechalari hamma yoq juda sovuq bo'lib, tem-
peratura ko'pincha minus 80 darajagacha
tushadi. Mazkur sayyorada biron-bir hayot,
masalan, mikroorganizmlar bor-yo'qligi hozir
cha noma’lum.
MATEMATIKA
Bolaning tili chiqar-chiqmas undan «Y o sh -
ing nechada», - deb so'rashadi. U barmoq-
larini yozib ko'rsatadi. Uning matematika (bu
yerda arifmetika) bilan tanishuvi shu tariqa yuz
beradi va butun hayoti mobaynida matemati
ka uni tark etmaydi. B a ’zan o'quvchilar:
«Menga matematikaning hojati yo'q, men ona
tili o'qituvchisi, vrach yoki artist, yoxud rassom
bo'laman», - deyishadi. Biroq ular nohaqligi
shubhasiz. Kimda-kim bolaligidan matemati
ka bilan shug'ullansa, u aqlini o'stiradi va
diqqatini rivojlantiradi, ko'zlagan maqsadiga
www.ziyouz.com kutubxonasi
yetish uchun o'zida iroda va qat’iyatni tarbi
yalaydi. Shu sababli, m atem atika o 'q i-
tuvchiga ham, vrachga ham, artistga ham, ras-
somga ham zarur.
Qadim gi yunonlar davridan m a ’lumki,
matematika bilan shug'ullanish to‘g‘ri va izchil
fikrlashga, mulohaza yuritishga o'rgatadi.
Matematika insonga tevaragim izni o ‘rab
turgan raqamlar va shakllarning o‘ziga xos
dunyosini ochib beradi.
Inson faoliyatining biror sohasi yo‘qki, unda
narsalarni kerakli tartibda guruhlash, qayta
sanash, ularning o'lchamlarini, shaklini topish,
bir-biriga nisbatan holatini aniqlashga ehtiyoj
sezilmaydigan bo'lsin. Ammo oddiy hisob va
o ‘lchov hali m atem atika bo'la olm aydi.
Matematika bizni ortiqcha qayta-qayta sana-
shlardan xalos etadi, ma’lum narsa yordami
da ilgari noma’lum bo'lgan narsalarni topishi-
mizga yordam beradi.
Mana, oddiy bir misol: bir bog'lamda 20 ta
kitob
bor,
kitob
o m b o rid a
b u n d a y
bog'lam lardan 150 tasi taxlab qo'yilgan.
Bog'lam larni yechib, kitoblarni birm a-bir
sanab chiqishga hojat yo'q. Ko'paytirish ama-
li omborda 20X150 = 3000 ta kitob borligini
ko'rsatadi.
Ba’zan matematikadan uzoq bo'lib tuyula-
digan masala matematik kashfiyotga olib
keladi. Masalan, 360 yil muqaddam yashagan
ajoyib olim I. Kepler kunlarning birida vinofu-
rushlar turli-tuman shakllardagi vino boch-
kalarining sig'imini qanday aniqlayotganliklari
bilan qiziqib qoladi. U la r bochkadagi
teshikdan bochka tagidagi eng olis nuqta-
gacha bo'lgan m asofani y o g 'o c h bilan
o'lchashmoqda edi.
Savdogarlar bu ishni qanday uddalayotgan-
liklarini mulohaza qilib ko'rib, Kepler bochka,
limon, olma, behi shaklidagi jismlarning hajmi-
ni hisoblash uchun matematik formulalar top-
di. Bu esa boshqa olimlarning keyinchalik yan
gi matematik fan - integral hisobni ishlab chi-
qishiga yordam berdi-ki, hozir bu fansiz mu-
handislar ham, fiziklar ham biron ish qilolmay-
dilar.
Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bos-
qichlarida narsalarni sanash arifmetikaning
eng sodda tushunchalarini vujudga keltirdi.
Og'zaki sanoq tizimi asosida yozma sanoq
tizimi paydo bo'ldi. Tu rli o 'lch a sh la rg a
bo'lgan ehtiyoj natijasida kasr sonlar, eng
sodda tenglamalar qo'llana boshladi. Yuza
va hajmlarni o'lchash, qurilish ishlari eng
oddiy geometrik tushunchalarning vujudga
kelishiga sabab bo'ldi. Ayniqsa, qadimgi
Misr va Bobilda arifmetika, geometriya fan
sifatida shakllana boshladi, algebra va
geometriyaga oid m a’lumotlar to'plana bor-
di. Qadimgi Yunonistonda mantiqiy tartibga
solingan matematik bilimlar paydo bo'la
boshladi. Bu yerda matematika taraqqiyoti
allom alar Fales (m iloddan a w a lg i 7 - 6 -
asrlar) va Pifagor (miloddan a w a lg i 6-asr)
nomlari bilan bog'liq.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Matematika qadimgi Xitoy va Hindistonda
ham rivojlandi. 0 ‘rta asrlarda Yevropada fan,
jumladan, matematika inqirozga uchradi,
Sharqda esa, aksincha, taraqqiy eta boshla
di. 9-asrdan boshlab Sharq matematiklari
matematik-astronomik jadvallar tuzish, algeb
ra, geometriya, trigonometriya sohasida mu
him yutuqlarga erishadilar. Buyuk o'zbek oli
mi al-Xorazmiyning «Al-jabr val-muqobala»
asari algebra faniga asos bo'ldi. Abu Rayhon
Beruniy, Ibn al-Xaysam, Umar Xayyom, Mir-
zo Ulug'bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi,
Koshiy va boshqalar matematika taraqqiyoti-
ga katta hissa qo'shdilar.
Matematika fan sifatida hech qachon bir
yerda to'xtab turgan emas. Hayot, tajriba,
rivojlanayotgan texnika va boshqa fanlar un
ing oldiga tobora yangi vazifalar qo'ymoqda.
Ularni yechish uchun eski bilimlar kamlik qila
di, shuning uchun matematik olimlar yangi
usullarni kashf etishlari, yangi nazariyalarni
yaratishlariga to'g'ri keladi. Hozirgi vaqtda
esa ko'plab g'oyat murakkab matematik
hisoblarni inson oYniga mashinalar bajarmoq-
da. Matematika ob-havoni oldindan aytib be-
rish, ko'priklarning texnik imkoniyatlarini,
binolarning gumbazlarini, yoldoshlaming or-
bitalarini hisoblab chiqishga yordam beradi.
Endi matematikaga oddiygina ta’rif bera
digan bo'lsak, matematika - raqamlar va
shakllar haqidagi fan, ilmiy qilib aytadigan
bo'lsak, matematika - sonli mu-
nosabatlar va fazoviy shakllar
haqidagi fan. Matematika shartli
ravishda elementar matematika
(arifmetika, algebra, geomet
riya, trigonometriya), oliy mate
matika va amaliy matematikaga
bo'linadi.
Maktab o'quvchisi oladigan
ma’lumot va malakalar matema-
tikaning alifbosi, xolos. Biroq
maktabda olingan matematik
bilimlar - arifmetika, geometriya
va algebra orqali qudratli va
qiziqarii matematika fanining ul
kan, deyarli ko'z ilg'amas so-
halari sari boriladi.
MATERl K1
Do'stlaringiz bilan baham: |