MIKELANJELO
BUONARROTI
(1475-1564)
Uyg'onish davrining
buyuk italyan haykal-
taroshi, m e ’mori, rassomi va shoiri Mikelan-
jeloning bolalik yillari Florensiyada o‘tgan. O 'z
iqtidorini juda erta namoyon eta boshlagan
Mikelanjelo 13 yoshidan D. Girlandayo ismli
rassom ustaxonasida
rassomlik va haykalta-
rosh Bertoldo di Jovannidan haykaltaroshlik
sirlarini o'rgana boshladi. O'zining eng yirik
asarini 26 yoshida yaratishga kirishdi. Floren
siyada marmardan balandligi 5 metrli haykal
yasashga kirishgan
bir haykaltarosh uni bu-
zib qo'yadi va ishni oxiriga yetkazmay tashlab
ketadi. Bu ishni davom ettirishga hech kim
jazm eta olmaydi. Mikelanjelo bu ishni davom
ettirishga kirishadi va 3
yillik mashaqqatli
mehnatdan so'ng buyuk bir haykal yaratishga
muvaffaq bo'ladi.
U yakkama-yakka kurashda o'z xalqining
dushmani - pahlavon Goliafni yenggan yosh
yigit Davidning haykali edi. Haykaltarosh o'z
qahramonining kurashga otlangan paytdagi
holatini tasvirlagan: chap qo'lida sopqonni
ushlagan holda ko'zlarini
katta ochib pah-
lavonga tikilib turibdi. David o'ta qat’iy, xotir-
jam va shafqatsiz qiyofada.
Mikelanjelo ijodiga xos mahobatlilik, m u-
tanosiblik quw a ti,
ichki taranglik va dram a-
tizm, inson go'zalligi oldida bosh egish kabi
asosiy xislatlar uning yoshligidanoq ko'zga
tashlanadi, u obrazlariga insonparvarlik, yor-
qin hayotiy haqqoniylik baxsh etdi.
Haykaltaroshning eng yaxshi ishlaridan biri
papa Yuliy II (Rim cherkovi boshlig'i) qabri us-
tidagi sag'anadir.
Uni ajoyib marmar haykal-
lar bezab turadi. Tavrot syujeti asosida yara-
tilgan bu haykallar orasida M uso alayhis-
salomning ulug'vor qiyofasi va bog'langan ikki
asir yigitning tasviri bor. Ulardan biri bor ku-
chini to'plab, tutqunlikdan xalos bo'lishga in-
tiladi, ikkinchisi esa jon berm oqda.
Lekin
mag'lubiyatga uchragan, jon berayotgan kishi
lar ham Mikelanjelo tasvirida hamisha go'zal
va qudratlidir.
Mikelanjelo rassomlikda ham o'zining yuk
sak iqtidorini namoyish etishga erishgan.
1508-yilda papa Yuliy II Mikelanjeloga Rimda-
gi Sikst kapellasining shiftiga rasm ishlash-
ga buyurtma beradi. Um um iy maydoni 600
k v a d ra t
m e t r d a n
z i y o d
b o 'lg a n
bu
mashaqqatli ishni rassomning bir o'zi, yor-
damchi shogirdlarsiz juda og'ir sharoitda, ba
land havozaga yotgan holda bajardi.
Tavrot
aqidalari mavzuida bajarilgan bu ish m azm u-
nan dunyoning yaratilishi haqidagi tasvirlardan
iborat bo'lgan. Bu tasvirlardagi eng yorqin
obrazlardan biri O d a m atodir.
1523-yilda
Florensiyadagi notinch holat,
siyosiy, qurolli to'qnashuvlar rassomni bu yer
dan Rimga ketishga majbur etdi. 1534-yilda
Florensiyaga qaytib kelgan rassom 1541-yil-
gacha yana shu Sikst kapellasi devorlariga
«D a h s h a tli s u d » m a n za ra si tasvirlangan
Do'stlaringiz bilan baham: