Ensiklopediyasi


Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy univer-



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy univer- 
sitetidagi globus.
www.ziyouz.com kutubxonasi


timetr bo'lgan. Globusning ilmiy jihatiga 
Toshkentga kelgan taniqli rus olimlari yuk­
sak baho berganlar. Globus 1897-yili Peter- 
burgga olib borilganda uni rus podshosi Ni­
kolay II o'z a ’yonlari bilan hayratlanib 
ko'zdan kechirgan. Globus hozir Samar- 
qanddagi tarix va madaniyat muzeyida 
namoyish qilinmoqda.
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston 
Milliy universitetining geografiya fakultetida 
maxsus buyurtma asosida Perm shahrida 
yasalgan katta o'quv globusi (diam etri 
qariyb 2 m etr) saqlanm oqda. U O 'rta 
Osiyoda relyefli yagona globus bo'lib, 
masshtabi 1 santimetrda 70 kilometr. Kat­
ta globuslardan yana biri (diametri 310 san­
tim etr) Sankt-Peterburgdagi M.V.Lomo­
nosov muzeyida saqlanmoqda. Uni 18-asr 
boshida nemislar Petr I ga sovg'a qilishgan 
edi. Uning sirtida Yer kartasi, ichki tomoni­
da yulduzlar osmoni tasviriangan. Globus 
ichiga bemalol 10— 12 kishi sig'gan.
Avstriya poytaxti Vena shahrida va An- 
gliyaning Grinvich shaharchasida globuslar 
muzeylari ham bor. Bularning barchasi Yer 
yuzasini tasvirlovchi geografik globuslardir. 
Ayni vaqtda Oy va osmon globuslari ham 
mavjud. Globuslar badiiy adabiyotda ham 
o'z aksini topgan. Muhtaram shoirimiz Mu­
hammad Ali globusni nazmda bayon qil- 
ganlar.
GOLLANDIYA 
— qarang 
Niderlandiya.
GRADUS TO ‘RI
Geografik xarita va globusga nazar sol- 
sangiz, ularning ingichka to'r chiziqlar bilan 
qoplanganligini ko'rasiz. Bu qanday to'r? 
Uning nima keragi bor. Bu Yerning gradus 
to'ridir. U graduslarga bo'lingan meridian va 
parallellardan iborat.
Meridianlar Yer qutblari nuqtalarida — 
Shimoliy va Janubiy qutblarda kesishib, Yer­
ni «o'rab oladi». Barcha meridianlarning 
uzunligi bir xil. Londondagi Grinvich obser- 
vatoriyasidan o'tadigan meridianni olimlar
bosh meridian (00) deb hisoblashadi. Me­
rid ia n la r h isobi shundan b o sh la n a d i. 
Joyning geografik uzunligi m eridianlar 
bo'yicha aniqlanadi. Grinvich meridianidan 
sharqdagi barcha yerlar sharqiy uzunlikka, 
g'arbdagisi esa g'arbiy uzunlikka ega.
P arallellar go'yo Yerning belbog'iga 
o'xshaydi. Ular meridianlardan farqli ravish­
da bir-biri bilan kesishmaydi va uzunliklari 
ham har xil: qutblardan qanchalik uzoqda 
joylashsa, shunchalik uzun bo'ladi. Yerning 
qoq belida joylashgan eng uzun parallel — 
40075160 metr—ekvator deb ataladi. Ek- 
vator qutblardan teng uzoqlikda joylashgan 
bo'lib, Yerni shimoliy va janubiy yarim shar- 
larga bo'ladi. Parallellar hisobi har vaqt ek- 
vatordan boshlanadi. Joyning geografik 
kengligi parallellar bo'yicha aniqlanadi. Yer 
yuzasining ekvatordan shimolda joylashgan 
barcha nuqtalari shimoliy kenglikka, janub- 
dagilari esa janubiy kenglikka ega.
Kenglik va uzunliklar nuqtalarning yer yu- 
zasidagi o'mini belgilovchi geografik koor- 
dinatlardir.
Ba’zan shunday radiogramma olinishi 
mumkin:
— Tayga yonyapti. Samolyot yuboring. 
Koordinatlarni ma’lum qilamiz: 550 shimoliy 
kenglik, 920 sharqiy uzunlik.
— Kema halokatga uchrayapti. U 400 
janubiy kenglik, 1600 g'arbiy uzunlikda.
Shu tarzda geografik koordinatlar o'z 
vaqtida shoshilinch yordam ko'rsatish im- 
konini beradi.
GRAFIK
Toshkentlik bir o'quvchi ta ’til paytida 
o'rtog'i bilan Guliston shahridagi qarin- 
doshlarini ko'rib kelish va shu bahonada 
sayohat qilib qaytishga kelishib olishdi. 
Toshkentdan Gulistongacha 150 kilometr 
cham asi y o 'l bosish ke rak b o 'la rd i. 
«Keling, yaxshisi, velosipedlarda bora 
qolaylik, — dedi o'rtog'i. — Ertalab soat 7 
larda yo'lga chiqamiz, soatiga 15 kilometr- 
dan yo'l bossak, 5 soatda yo'lning yarmiga 
borib qolam iz, 3 soatcha dam olam iz,
www.ziyouz.com kutubxonasi


ovqatlanamiz va yana yo‘lni davom ettira- 
miz». Shunday deb o‘rtog‘i yashil qalam bi­
lan velosiped sayohatining grafigini chizdi. 
«Ko‘rdingizmi, — dedi u. — Chinozda o‘n 
bir yarimlarda, Sirdaryoda to'rt yarimlarda 
bo'lamiz. Gulistonga taxminan kech soat 8 
larda yetib boramiz». Sayohat juda ko'ngilli 
bo'ldi, lekin u ertalab soat 7 da emas, bal­
ki 8 da boshlandi (nima uchunligini o‘zingiz 
o'ylab ko‘ring) va yo ‘l bosish ham ular 
o'ylaganchalik bo'lib chiqmadi (rasmga 
qarang).
Siz sayohat grafigidagi qizil chiziqni 
ko'zdan kechiring va velosipedga nima 
bo'lganligini ayting. Dastlabki soatlarda ular 
qanday tezlikda yurishgan? Velosipedlar 
qachon buzilgan va ularni qanchalik tez 
tu z a tis h g a n ? Y o 'ln in g q a ye rid a u la r 
m o‘ljaldagidan tezroq yurishgan? Soat 
nechalarda suv bo'yida dam olishgan? 
Yo'lning ta’mirlanayotgan uchastkasida qan­
day tezlikda yurishgan? Ular Chinozdan qa­
chon o'tishgan va Gulistonga qachon yetib 
kelishgan? Velosipedlarda qancha kilometr 
yo‘l bosishgan? Yo'lakay mashinalarda-chi?
Hikoyamizdagi bolalar 
0
‘tilgan yo‘lning 
vaqtga bog'liqlik grafigini tuzishgan, lekin
hayotingizda faqat har xil transport turlari- 
ning harakat grafiklarini emas, boshqa 
grafiklarni ham chizish va ko'rishingizga 
to‘g‘ri keladi. Kasalxonalarda bemor haro­
rati grafiklarini chizishadi. Bu grafik kasal­
lik qanday kechayotganligini, haroratning 
davolash muddatiga bog‘liqligini yaxshiroq 
tasavvur qilishga yordam beradi. Katta 
zavod direktori kabinetida turli-tuman ishlab 
chiqarish grafiklarini, masalan, rejaning ba- 
jarilish grafigini ko‘rish mumkin.
Har gal biror sonli qiymat — o'tilgan yo‘l, 
harorat, mahsulot miqdori, og‘irlik, uzunlik 
qiymati boshqa biror son qiymatiga bog'liq 
bo‘lsa, bu bog'liqlik va uning xarakterini 
grafik osongina namoyon qiladi. Masalan, 
siz ukangizning og'irligi bilan bo‘yi o'rtasi- 
dagi bog'liqlik grafigini chizishingiz mumkin.
Grafiklardan turli kasblarda foydalaniladi. 
Xullas, grafiklarning turi ko'p: muayyan vaqt 
mobaynida atmosfera bosimining o'zgarish 
grafigi, transporting harakat grafigi, kema­
larning qatnov grafigi, samolyotlarning uch­
ish grafigi, m aktablardagi navbatchilik 
grafigi va hokazo. Ko'pincha, turli miqdor- 
lar orasidagi bog'liqlikni chizma tarzida ifo­
dalash uchun diagrammalardan foydala-
www.ziyouz.com kutubxonasi


niladi. Diagrammada har qaysi miqdor 
to'g'ri chiziq kesmasi, to'g'ri to'rtburchak, 
doira va hokazo shakllar bilan belgilanadi.
GRAFIKA
Xayolingizga birfikr keldi. Uning mazmu- 
nini kimgadir, masalan, do'stingizga yetkaz- 
m o qch isiz. Buni yu zm a -yu z b o 'lg a n
ondayoq aytasiz. Agar do'stingiz yaxshi 
eshitm agan b o'lsa, darrov g a pingizni 
bo'ladi: «Tovushingni balandroq chiqar». 
Shu o'rinda do'stingiz haq. Chunki siz ayt- 
moqchi bo'lgan fikr mazmunini tinglovchiga 
tovushingiz vositasida yetkazasiz. Inson nut- 
qi tovushlarda tashiladigan ma’nolar, ya’ni 
mazmundir. Nutqdagi har bir so'z bir necha 
tovushlar majmuasida beriladi. Shu tovush 
tilshunoslikda fonema deyiladi. Fonema- 
ning so'z ma’nosini farqlashda o'z aha- 
miyatiga ega eng kichik nutq bo'lagi — to­
vush hisoblanadi.
Insoniyat madaniy taraqqiyotda tobora 
yuqorilay boshlagach, fikrni tinglovchiga yet- 
kazuvchi boshqa bir vositani, ya’ni yozuvni 
yuzaga keltirdi. Bunda endi nutq tinglan- 
maydi, balki o'qiladi. Tinglovchi qatorida 
endi o'quvchi yaratildi. Yozuvda ma’lum so'z 
bir necha belgilar orqali o'z ifodasini topishi 
mumkin. O'sha belgilar fanda grafika deb 
ataladi. Lekin grafika tildagi faqat fonema- 
larni ifodalovchi yozuv belgilari emas. Agar 
shunday bo'lganda, u harf deb nomlangan
bo'lur edi. Kirill yozuviga asoslangan o'zbek 
grafikasida yumshoqlik — «Ь» va qattiqlik 
(ayirish) — «’» belgilari bor. Ularfonemani 
bildirmaydi, biroq grafika qatoridan joy ola­
di. Yana ye, yo, yu, ya grafemalari ham 
grafik belgidir. Shu belgilarning har biri esa 
ikkitadan (bir undosh va bir unli) fonemani 
o'zida ifodalaydi. Masalan e - ye, ё-уо, ю - 
yu, я-уа.
Tinish belgilar ham ma’lum til yozuvi 
uchun belgilangan grafika tizimiga kiradi. 
Chunki har bir tinish belgi nutqdagi talaffuz 
me’yorining ayrim tom onlarini ko'rsatib 
turadi. Ular ham o'z xususiyatiga ko'ra yum­
shoqlik va qattiqlik belgisiga o'xshashdir. 
Masalan, Ahmad keldi? gapining oxiriga 
so 'ro q b e lg is in i q o 'y s a n g iz , u so'roq 
ohangida, nuqta qo'ygan bo'lsangiz, xabar 
ohangida talaffuz etiladi. Birinchisida kesim 
keskin va ta’kidlanib, ikkinchisida cho'zib 
va past qayd qilinadi.
O'zbek yozuvi lotin grafikasiga asoslan- 
ganidan (1995) keyin tildagi fonetik tizim 
bilan yozuvdagi belgilar tizimi o'rtasidagi 
munosabat — grafikada ba’zi nomosliklar 
kelib chiqdi. Kirill yozuvidagi 

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish