Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

(Gretsiya Respublikasi)
Maydoni - 131900 kvadrat kilometr.
Aholisi -1 0 4 7 0 0 0 0 kishi.
Ko'p asrlar muqaddam dastlabki grek 
dengizchilari — argonavtlar («Argo» ke­
masida suzganliklari uchun shunday deb 
ataladi) Egey dengizidan Qora dengizga 
suzib kelganlar. Bugun biz ham shu qadimiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


yo ‘1 bilan Gretsiya qirg'oqlariga ravona 
bo'lamiz. Uning o‘tmishi hanuz kishilarni 
hayratga solmoqda.
Mamlakatning dengiz darvozasi Pirey bar­
cha portlar kabi gavjum. Qadim zamonlarda 
bo'lgani kabi Gretsiya hozir ham kuchli den­
giz davlati: uning kemalari oq-ko‘k bayroq os­
tida dengiz va okeanlarni kezib yuradi. Kema­
lar Yevropa va Amerikaga tamaki va mayiz, 
apelsin va vino, zaytun moyi va charm olib 
boradi. Chet el kemalari esa bu yerga 
stanok, avtomobil, turli asboblar olib keladi.
Pireydan Gretsiya poytaxti Afinaga piyo- 
da borsa bo'ladi. Mamlakat aholisining de­
yarli chorak qismi Afinada istiqomat qiladi. 
Qadimiy ibodatxonalarning devorlaridagi 
bo'rtm a ta s v irla r yunonlar (qadim gi 
greklar)ning qanday bo'lganligi, ularning 
mashg'uloti, kiyimlari haqida tasawur beradi. 
Shaharning tepa qism ida Akropol qad 
ko'targan. Yunon san’atining bu yodgorligini 
ko'rish uchun jahonning hamma burchaklari- 
dan sayyohlar keladi.
Qovurilgan baliq, loviya va zaytun moyining 
isi kelib turadigan shahar chekkalarida hunar- 
mandlar yashashadi. Kosib va bichiqchilar 
e sh ikla rin i lang ochib qo'yib, deyarli 
ko'chaning o'zida ishlaydi, temirchi sandon-
Gretsiyadagi Afina shahri.
ga gupillatib uradi, kulol dastgohida ko'zalar 
yasaydi.
G retsiyaning yozi issiq va uzoq — 
apreldan oktabrgacha davom etadi, quyosh 
bir yilda uch yuz kun qizdirib turadi. Ayrim 
sabzavot ekinlaridan bir yilda ikki-uch marta 
hosil olish mumkin. Ammo suv yetishmaydi.
Ajabo, atrofini uchta dengiz o'rab turadi­
gan Gretsiyada-ya!
Xalq rivoyatlariga ko'ra, xudo «dunyoni 
yaratgan»dan so'ng, oxirgi bir hovuch toshni 
dengizga uloqtirgan emish. Va toshli yer — 
Gretsiya paydo bo'lgan emish. Bu yerda 
uzum, apelsin va tamaki yetishtirish uchun ish- 
tiyoq bilan qattiq mehnat qilish kerak. Zaytun 
esa ilohiylashtirilgan. Uning navdasi tinchlik
xursandchilik, hayot ramzi. Afsonaviy qahra- 
mon Gerakl Olimpiya musobaqasi g'oliblari 
bo'yniga zaytun navdasi va bargidan cham- 
bar osgan.
Gretsiyada metallurgiya, neft kimyosi, 
to'qimachilik va oziq-ovqat sanoati rivojlan­
gan. Mamlakatga sayyohlik katta daromad 
keltiradi.
Gretsiya bilan O'zbekiston Respublikasi 
o'rtasida 1992-yilda diplomatiya munosabat- 
lari o'matilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


GRINVICH M ER ID IAN I — qarang 

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish