1. Atom tuzilishi



Download 32,1 Kb.
bet1/8
Sana01.07.2022
Hajmi32,1 Kb.
#726195
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5233690011232116010


1.Atom tuzilishi
Qadimgi grek faylasufi Demokrit bundan 2500 yil muqaddam barcha jismlar juda mayda,
ko‘zga ko‘rinmaydigan, bo‘linmaydigan, doimo harakatdagi zarrachalardan — atomlardan tarkib topgan, degan fikrni aytgan edi. „Atom“ so‘zi tarjima qilinganda„bo‘linmas“ degan ma’noni bildiradi. Molekulalar kimyoviy reaksiyalarda parchalanadi. Ular atomlardan iborat. Atomlar — moddaning kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan eng mayda zarrachalaridir. Bu ta’rifdagi „kimyoviy jihatdan
bo‘linmaydigan“ degan iborani alohida ta’kidlash lozim, chunki atomlar parchalanadigan va atom energiyasi ajralib chiqadigan hodisalar ham ma’lum. Bunday hodisalarda atomlar bir-biriga aylanadi. Atom elektroneytral zarracha bo‘lib, har qaysi atom yadrosining musbat zaryadlari soni, shuningdek, yadro maydonida aylanadigan elektronlar soni elementning tartib raqamiga teng. Eng oddiy vodorod (tartib raqami 1 ga teng) atomi yadrosida bitta musbat zaryad bor va yadro maydonida bitta elektron aylanadi. Vodorod atomining yadrosi elementar zarracha bo‘lib, proton deb ataladi.
2. kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi
Davriy qonun kashf etilishi paytida faqat 63 ta kimyoviy element ma’lum edi. Bundan tashqari, ko‘p kimyoviy elementlar uchun nisbiy atom massalarining qiymatlari noto‘g‘ri aniqlangan edi. Bu hol kimyoviy elementlarni sistemagasolishni qiyinlashtirardi, chunki D.I. Mendeleyev sistemalashda nisbiy atom massalarining qiymatlarini asos qilib olgandi. Masalan, berilliyning nisbiy atom massasi 9 o‘rniga 13,5, deb aniqlangan. Bu berilliyni to‘rtinchi o‘ringa emas, balki oltinchi o‘ringa joylashtirish kerak, degan so‘z edi.
D.I. Mendeleyev berilliyning nisbiy atom massasi noto‘g‘ri aniqlanganligini ko‘rsatib berdi va shu sababli uni xossalarining majmuasiga qarab to‘rtinchi o‘ringa joylashtirdi. Ba’zi boshqa elementlarni joylashtirishda ham xuddi shunga o‘xshash qiyinchiliklar tug‘ildi. D.I. Mendeleyev kashf etgan qonunning mohiyatini tushunib olish uchun nisbiy atom massalarining ortib borishi tartibida joylashtirilgan kimyoviy elementlar xossalarining o‘zgarib borishini ko‘zdan kechirib chiqamiz. Ana shu ketma-ketlikda
har bir elementga qo‘yiladigan raqam tartib raqami deyiladi. 1. Qatorda litiy Li dan ftor F ga tomon nisbiy atom massalari ortishi bilan metallik xossalarining asta-sekin susayishi va metallmaslik xossalarining kuchayishi kuzatiladi. Litiy Li — metallik xossalari yaqqol ifodalangan ishqoriy metall. Berilliy Be da metallik xossalari juda susaygan, uning birikmalari amfoter xususiyatga ega. Bor B elementida metallmaslik xossalari kuchliroq, bu xossalar keyingi elementlarda astasekin kuchayib boradi va ftor F da eng yuqori darajaga yetadi. Ftordan keyin inert element neon Ne keladi.

Download 32,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish