1. Atom tuzilishi


kimyoning asosiy qonunlari



Download 32,1 Kb.
bet6/8
Sana01.07.2022
Hajmi32,1 Kb.
#726195
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5233690011232116010

8.kimyoning asosiy qonunlari.
Molekula va atomlar haqidagi ta’limot faqat 1860- yilda kimyogarlarning Karlsruedagi butunjahon syezdida uzil-kesil e’tirof etildi. Molekula — bu moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlab qolgan eng kichik zarrachasidir. Molekulalar kimyoviy reaksiyalarda parchalanadi. Ular atomlardan iborat. Atomlar — moddaning kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan eng mayda zarrachalaridir. Bu ta’rifdagi „kimyoviy jihatdan bo‘linmaydigan“ degan iborani alohida ta’kidlash lozim, chunki atomlar
parchalanadigan va atom energiyasi ajralib chiqadigan hodisalar ham ma’lum. Bunday hodisalarda atomlar bir-biriga aylanadi. Qattiq va gaz holatida molekulalardan tarkib topgan moddalar molekular tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday moddalarning ti pik
vakili suvdir. Moddaning alohida zarrachalari (molekulalar, atomlar) qattiq (kristall) holatida muayyan izchillikda joylashib, panjarani eslatadigan struktura hosil qiladi. Shu sababli „moddaning kristall panjarasi“ degan tushunchadan foydalaniladi. suv qattiq holatda kristall tuzilishga ega bo‘ladi. Suvning kristall panjarasining tugunlarida suv molekulalari bo‘ladi. Demak, suv molekular-kristall tuzilishga ega. Kristall panjarasining tugunlarida molekulalar emas, balki atomlar turadigan moddalar ham ma’lum (masalan, temir sulfid), bu holda panjara tugunlarida temir va oltingugurt atomlari bo‘ladi Kristall moddani suyuqlantirish uchun uning kristall panjarasini yemirish lozim. Kristall panjarada molekulalar orasidagi bog‘lanish atomlar orasidagi bog‘lanishga qaraganda ancha bo‘sh bo‘ladi. Shu sababli, odatda, molekular tuzilishli moddalarning suyuqlanish harorati past, nomolekular tuzilishli moddalarniki esa yuqori bo‘ladi.
9.ion va metal bog’lanish.
Ion bog‘lanish. Elektrmanfiyliklari jihatidan bir-biridan keskin farq qiluvchi atomlar o‘zaro ta’sirlashganidan ion bog‘lanish kelib chiqadi. Masalan, tipik metallar litiy Li, natriy Na, kaliy K, kalsiy Ca, stronsiy Sr, bariy Ba lar tipik metallmaslar, asosan, galogenlar bilan ion bog‘lanish hosil qiladi. Lekin shuni ham nazarda tutish kerakki, ishqoriy metallar hatto kislorod va oltingugurt kabi elektrmanfiy elementlar bilan o‘zaro ta’sirlashganida ham to‘la ion bog‘lanish hosil bo‘lmaydi. Ion bog‘lanish ishqoriy metallarning galogenidlaridan tashqari ishqor va tuzlar kabi birikmalarda ham mavjud bo‘la oladi. Masalan, natriy gidroksid NaOH va natriy sulfat Na2SO4 da ion bog‘lanishlar faqat natriy va kislorod atomlari orasidagina mavjud (boshqa bog‘lanishlarning hammasi kovalent qutbli bog‘lanishlardan iborat) bo‘ladi.
Nisbatan erkin elektronlarning metall ionlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan bog‘lanish metal bog‘lanish deyiladi . Bog‘lanishning ana shunday turi metallarda uchraydi. Metall bog‘lanishning hosil bo‘lish mohiyati quyidagilardan iborat: metall atomlari o‘zlarining valent elektronlaridan osongina ajralib, musbat zaryadli ionlarga aylanadi. Atomlardan ajralib chiqqan, nisbatan erkin elektronlar musbat zaryadli metall ionlar orasiga tarqaladi. Ionlar bilan elektronlar orasida metal bog‘lanish yuzaga keladi.

Download 32,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish