1. Stronsiy elementining tabiatda uchrashi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilishi, birikmalari



Download 64,08 Kb.
bet1/2
Sana13.07.2021
Hajmi64,08 Kb.
#117524
  1   2
Bog'liq
11A-19 KT Ikromova Nilufar kimyo mustaqil ish 2



Mustaqil ish.

Stronsiy, bariy va radiy elementlarining tabiatda uchrashi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari va ishlatilishi. Stronsiy, bariy va radiy elementlarining birikmalari.

Reja:

1. Stronsiy elementining tabiatda uchrashi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilishi, birikmalari.

2. Bariy elementining tabiatda uchrashi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilishi, birikmalari.

3. Radiy elementining tabiatda uchrashi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilishi, birikmalari.

1. Stronsiy elementining tabiatda uchrashi, olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilishi, birikmalari.

Stronsiy (lot. Strontium), Sr -Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkorsher metallar guruhiga kiradi. Tartib rakami 38, atom massasi 87,62. Tabiiy Stronsiy 4 ta barqaror izotopdan iborat: 84Sr (0,55%), 86Sr (9,87%), S7Sr (7,02%) va 88Sr (82,56%). Stronsiyning massa sonlari 80 dan 97 gacha boʻlgan bir necha sunʼiy radioaktiv izotoplari, jumladan, uranning parchalanishi natijasida hosil boʻladigan eng uzok, vaqt mavjud boʻluvchi mahsulotlardan 90Sr (T1/2q27,7 yil) ham olingan. Stronsiyni 1790 yilda ingliz mineralogi Krouford Shotlandiyaning Stronshian (Strontian) shahri yaqinida topilgan stronsianit minerali tarkibida kashf qilgan. Metall xrldagi Stronsiyni amalgama koʻrinishida 1908 yilda ingliz kimyogari StronsiyDevi elektroliz yoʻli bilan gidroksiddan ajratib olgan. Stronsiy Yer poʻstining massa jiqatdan 4102% ini tashkil qiladi. Uning 30 ga yaqin minerali maʼlum. Ulardan selestin SrSO4 va stronsianit SrCO3 sanoat ahamiyatiga ega.

Stronsiy kumushdek oq va yumshoq metall. Suyuqlanish temperaturasi 770°, qaynash temperaturasi 1380°, zichligi 2,63 g/sm³. Stronsiy atom radiusi 0,215 nm; ion radiusi 0,12 nm. Kimyoviy faolligi va xossalariga kura, u kalsiy bilan bariy oʻrtasidagi oraliq xolatni egallaydi. Stronsiy havoda tez oksidlanadi, suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi, koʻpgina elementlar bilan bevosita birikadi. Birikmalarida 2 valentli. Metall holdagi Stronsiyni SrCl2 ning suyultirilgan eritmasini elektroliz qilish yoʻli bilan olish mumkin. Sanoatda Stronsiy selestin va stronsianit konsentratlarini avval boyitish, yuqori trada (900—950°) kumir ishtirokida qaytarish, hosil boʻlgan SrS ni gidrolizlash, SO2 yoki HNO3 taʼsir ettirib, SrCO3 yoki Sr(NO3)2 ga aylantirish va soʻngra ularni termik parchalash yoʻli bilan olinadi. Stronsiy mikroorganizmlar, oʻsimlik va tirik organizmlarning tarkibiy qismidir. Dengiz radiolyariysi (akantariysi) skeleti Stronsiy sulfatselestindan iborat. Dengiz suvoʻtining 100 g quruq moddasi tarkibida 26–140 mg , quruqlikdagi oʻsimlikda 2,6 mg , dengiz hayvonlarida 2–50 mg , qurukGʻshkdagi hayvonlarda 1,4 mg , bakteriyalarda 0,27–30 mg Stronsiy boʻladi. Suyak toʻqimalarida Stronsiy kalsiy bilan birga toʻplanib uning analogi sifatida moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Metall holdagi Stronsiy mis, bronza va baʼzi krtishmalar tarkibiga koʻshiladi, elektr vakuum texnikasida gazlarni yutuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Stronsiyning radioaktiv izotoplaridan 89Sr telegraf kabellaridagi shikastlarni aniklashda, ‘”Sr esa elektr batareyalarida manba sifatida ishlatiladi. Stronsiy birikmalari zaharli emas, odam organizmiga tushganda ular kalsiy birikmalariga oʻxshash taʼsir etadi, ammo yadro sinovlari paytida atmosferada yigʻiladigan 90Sr izotopi insoniyat uchun uta xavflidir. Stronsiy bilan ishlaganda ishqoriy va ishqoriyer metallarga oid qoʻllanma va qoidalarga rioya qilish lozim.

Stronsiy birikmalari. Stronsiy xona temperaturasida kislorod bilan birikib oksid, yuqori bosim ostida esa peroksid qosil qiladi. Stronsiy oksid, SrO — rangsiz kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 2430°, zichligy 4,7 g/sm1. Ohakka oʻxshash; suv bilan birikkanda koʻp miqdorda issiqlik ajratib chikarib Stronsiy Gidroksidga aylanadi. Stronsiy karbonatni 1100°da termik parchalash yoʻli bilan olinadi.

Stronsiy gidroksid, Sr(OH)2 — rangsiz kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 375°, zichligi 3,625 g/sm³. Suvda kalsiy gidroksidga nisbatan yaxshi eriydi. Kuchli asosli xossaga ega, suv bilan oktagidrat Sr(OH)28H2O hosil qiladi, suvli eritmasi SO2 ni yutib SrCO3 beradi. Oktagidrat quruq havoda monogidratga, 100° da suvsiz gidroksidga, 400° dan yuqorida SrO ga aylanadi. Stronsiy gidroksid kand ishlab chiqarish.da patokada krlgan qandni ajratib olishda ishlatiladi. Bunda patokaga Sr(OH)2 qoʻshilganda, Cl2H22OnSrO5H2O tarkibli qiyin eriydigan modda hosil boʻladi. Bu moddaga SO, taʼsir ettirilsa, SrO Stronsiy karbonatga aylanib choʻkmaga tushadi, qand esa eritmada qoladi.




Download 64,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish