1. Atom tuzilishi



Download 32,1 Kb.
bet5/8
Sana01.07.2022
Hajmi32,1 Kb.
#726195
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5233690011232116010

7.Elektloriz.
Elektrolitlarning eritmalari va suyuqlanmalarida har xil ishorali ionlar (kationlar va anionlar) bo‘ladi, ular suyuqlikning barcha zarrachalari kabi tartibsiz harakatda bo‘ladi. Agar elektrolitning shunday eritmasi yoki suyuqlanmasiga, masalan, natriy xloridning suyuqlanmasiga (NaCl 8010C da suyuqlanadi) inert (ko‘mir) elektrodlar botirilsa va o‘zgarmas elektr toki o‘tkazilsa, u holda ionlar elektrodlarga: Na+ kationlari — katodga, Cl– anionlari — anodga tomon harakatlanadi. Na+ ionlari katodga yetgandan keyin undan elektronlar oladi va qaytariladi: Na++ e= Na xlorid ionlari Cl– esa elektronlarni anodga berib oksidlanadi: 2Cl–—2e = Cl2 Natijada katodda natriy metali, anodda esa xlor ajralib chiqadi.
Agar endi bu ikki elektrod reaksiyalarini hadlab qo‘shsak (oldindan birinchisini 2 ga ko‘paytirib), u holda natriy xlorid elektrolizining umumiy tenglamasini olamiz:
Bu reaksiya oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi hisoblanadi: anodda oksidlanish jarayoni, katodda qaytarilish jarayoni sodir bo‘ladi. Elektrolitning suyuqlanmasi yoki eritmasi orqali elektr toki o‘tganida elektrodlarda sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni elektroliz deyiladi. Elektrolizda katod kationlarga elektronlar beradi, anod esa
anionlardan elektronlar biriktirib oladi. Elektrolizni o‘tkazish uchun elektrodlar elektrolitning suyuqlanmasi yoki eritmasiga botiriladi va ular o‘zgarmas tok manbayiga ulanadi. Elektroliz o‘tkaziladigan asbob elektrolizor yoki elektrolitik vanna deyiladi.
Elektrolitlar suyuqlanmalari bilan suvli eritmalarni elektrolizini bir-biridan farqlash lozim. Elektroliz eng aktiv metallar (K, Na, Ca, Mg, Al), ba’zi aktiv metallmaslar (Cl2, F2), shuningdek, murakkab moddalar (NaOH, KOH, KClO3) olishda keng qo‘llaniladi. Metall buyumlarning sirtini nikel, xrom, qalay, rux, oltin va shu kabilar bilan qoplashda elektrolizdan foydalaniladi. Elektrolitlar Elektroliz mahsulotlari Ishqorlar, kislorodli kislotalar, kislorodli kislotalar bilan aktiv metallar (K, Na, Ca) ning tuzlari Kislorodsiz kislotalar va kislorodsiz kislotalar bilan aktiv metallar (K, Na, Ca) ning tuzlari Kislorodsiz kislotalar bilan passiv metallar (Cu, Hg, Ag, Pt, Au) ning, shuningdek, o‘rtacha aktiv metallar (Co, Ni, Cr, Sn) ning tuzlari Kislorodli kislotalar bilan passiv metal lar (Cu, Hg, Ag, Pt, Au) ning, shuningdek, o‘rtacha aktiv metallar (Co, Ni, Cr, Sn) ning tuzlari Н2 va О2, chunki faqat suv parchalanadi Н2, galogenlar va boshqalar
Metallar va galogenlar, Н+ ionlar konsentratsiyasi kata bo‘lganda esa Н2 ham ajraladi
Metallar va kislorod, Н+ ionlar konsentratsiyasi kata bo‘lganda esa Н2 ham ajraladi
Metallar sirtiga elektroliz yo‘li bilan hosil qilingan qoplamalar qalinligi bir xil, puxta bo‘lib, uzoq vaqt xizmat qiladi; bundan tashqari, bu usul bilan istalgan shakldagi buyumni qoplash mumkin. Amaliy elektrokimyoning bu tarmog‘i galvanostegiya
deyiladi. Galvanik qoplamlar korroziyalanishdan saqlashdan tashqari ba’zan buyumlarga chiroyli tashqi ko‘rinish baxsh etadi.

Download 32,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish