Reaksiya tezligining kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiatiga bog‘liqligi. Ta’sirlashayotgan moddalar qancha bir-biriga moyil bo‘lsa va yangi kimyoviy moddalar hosil bo‘lishi bilan tugaydigan to‘qnashishlar foizi qancha ko‘p bo‘lsa, reaksiya tezligi shuncha katta bo‘ladi.
Masalan: H2+ F2= 2HF H2+ Br2= 2HBr
Birinchi reaksiya 200 °C da ham portlash bilan borsa, ikkinchisi esa qizdirilganda ham sekin boradi. Bunga sabab vodorodning ftorga nisbatan kimyoviy moyilligi bromga qaraganda kattaligida (ftorning elektrmanfiyligi bromnikiga nisbatan yuqori).
Reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog‘liqligi.A va B moddalar o‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishishi uchun ularning molekulalari bir-biri bilan to‘qnashishi kerak. To‘qnashuvlar qancha ko‘p bo‘lsa, reaksiya shuncha tez ketadi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, to‘qnashuvlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib va ko‘p sonli tajribalarga asoslangan holda 1867-yili norvegiyalik olimlar: K.M. Guldberg va P. Vaagelar tomonidan kimyoviy kinetikaning asosiy qonuni massalar ta’siri qonuni kashf etildi. Bu qonunga ko‘ra:
kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari ko‘paytmasiga proporsional va reaksiya tenglamasidagi modda formulasi oldidagi koeffitsiyent konsentratsiya darajasiga qo‘yiladi.
5. Elektrolitik dissotsilanishBa’zi moddalar erigan va suyuqlangan holatda elektr tokini o‘tkazishi, boshqalari esa o‘sha sharoitda tok o‘tkazmasligi yaxshi ma’lum. Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajraladigan va sh sababli elektr tokini o‘tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi. Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajralmaydigan va elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi.Elektrolitlarga kislotalar, asoslar va deyarli barcha tuzlar, noelektrolitlarga—organik birikmalarning ko‘pchiligi, shuningdek, molekulalarida faqat qutbsiz kovalent, kovalent va qutbsiz bog‘lanishga ega bo‘lgan moddalar kiradi. Elektrolitlar ikkinchi tur o‘tkazgichlardir. Ular eritmada yoki suyuqlanmada ionlarga ajraladi, shu tufayli ham tok o‘tkazadi. Eritmada ionlar qancha ko‘p bo‘lsa, u elektr tokini shuncha yaxshi o‘tkazadi.Elektrolitlar suvdagi eritmalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirish uchun shved olimi S. Arrenius 1887-yilda elektrolitik dissotsilanish nazariyasini taklif etdi. Keyinchalik bu nazariyani atomlarning tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish haqidagi ta’limot asosida ko‘pgina olimlar rivojlantirdilar. Bu nazariyaning hozirgi mazmunini quyidagi uchta qoidadan iborat deyish mumkin: 1. Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy ionlarga ajraladi (dissotsilanadi). Eritmada ionlar turli yo‘nalishlarda tartibsiz harakat qiladi. Elektrolitlarning suvda eriganda ionlarga ajralishi elektrolitik dissotsilanish deyiladi. Dissotsilanish — qaytar jarayon: molekulalarning ionlarga ajralishi (dissotsilanishi) bilan bir vaqtda ionlarning birikish jarayoni (assotsilanish) ham sodir bo‘ladi