urilganda g'ildirak aylanadi. U bilan birga
rotor ham aylanadi (ro to r-y a n a bir mashi
na, ya ’ni generator ichida aylanadigan
qism). Lotincha «generator» so‘zi «ishlab
chiqaruvchi» ma’nosini bildiradi. Generator
elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Shiddat
bilan tushayotgan
suv energiyasi ana shun-
ga sarflanadi. Suvning o'zi esa turbina
orqali o'tib, yo'lida davom etadi. Daryoda
uzluksiz oqib kelayotgan suv to'g'onni
to'lataveradi, turbina g'ildiragi to'xtovsiz ay-
lanaveradi.
Bu gidroelektr stansiyalarning ba’zilari
g'oyat ulkanligi bilan kishini lol qoldiradi.
Ularning to'g'onlari tog' kabi bahaybat.
Faqat bunday «tog'»ning to'g'ri shaklda
ekanligi, g'oyat aniq va tekis ko'rinishi ular
ni inson qo'li yaratganligidan dalolat berib
turadi. To'g'ondan yuqoriroqda esa, sun’iy
dengiz hosil bo'ladi.
Gidroelektr stansiya — faqat to'g'on, tur
bina va generatorgina emas. To'g'on ke-
malarning yo'lini to'sib qo'yadi.
Shuning
uchun uning yonidan shlyuzli kanal, baliqlar
o'tkaziladigan alohida tuynuk qurishga ham
to'g'ri keladi. To'g'on ustiga mashinalar
o'tadigan yo'l qurish, elektr stansiyaga
elektr uzatish liniyasi tortish kerak.
Shaharni
suv bilan ta ’minlash uchun vodoprovod,
ekinzorlarni sug'orish uchun kanallar qurila-
di... Xullas, elektr stansiyaga bog'liq har xil
inshootlarning yaxlit tuguni, ya’ni uzeli hosil
bo'ladi. Shuning uchun ham ularning ham
masini yoppasiga gidrouzel deb atashadi.
Gidrouzel qurishning o'zi bo'lmaydi, ko'p
kuch va mablag' sarflashni talab etadi.
Shunga qaramay,
yangi-yangi gidroelektr
stansiyalar qurilaveradi, chunki daryo oqib
turar ekan, gidroelektr stansiya har doim
elektr energiyasi beraveradi. Dastlabki
gidroelektr stansiya (GES) lar 19-asr oxir-
larida Germaniya va Angliyada bunyod etil
gan. O'zbekistonda birinchi GES 1926-yil-
da Bo'zsuv kanalida qurilgan. Shundan ke
yin birin-ketin Tovoqsoy (1940-41), Oqtepa
va Oqqovoq (1943), Farhod (1948), Bo'rjar
(1956), GES lari qurildi.
Keyinchalik Shah-
rixon, Dara'om, Namangan, Qayroqqum,
Uchqo'rg'on, Chorvoq, To'xtag'ul va boshqa
GES lar bunyod etildi. Yaqin kelajakda
Pskom daryosida GES lar tizmasi (kaska-
di) ni qurish re ja la sh tirilg a n . U larning
umumiy loyiha quvvati 1250
MVt ni tashkil
etadi.
Hozirgi zamon gidroelektr stansiyalari-
ning ishi avtomatlashtirilgan. Har bir agre-
gat boshqarish pultidan ishga tushiriladi va
to'xtatiladi, kompressorlar, moy va suv na-
Do'stlaringiz bilan baham: