Ensiklopediyasi



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

GEOMETRIYA
Har yili iyun oyida Misr osmonida yorug* 
yulduz — Sirius paydo bo'ladi. Odatda, xud­
di shu kuni Nil daryosi toshib, qirg'oqlariga 
yaqin ekin maydonlarini suv bosadi. Keyin 
a s ta -s e k in suvi kam aygach, Nil eski 
o'zaniga qaytadi. Bundan 5 - 6 ming yillar 
ilgari ham xuddi shunday bo'lgan. O'sha 
paytlarda suv toshqinidan keyin qurib ulgur- 
magan ekinzorlarda qo'llariga arqon va ta- 
yoqlar ushlagan odamlar paydo bo'lishardi. 
Dam u yerda, dam bu yerda janjal ko'tarilar, 
qarg'ish va so'kinishlar eshitilib qolardi. 
Hatto odam lar b ir-b irla ri bilan urishib 
ketishardi.
Gap shundaki, Nil daryosining toshgan 
suvi dalalarning chegaralarini yuvib ketar va
har gal suv toshqinidan so'ng yerni qay- 
tadan uchastkalarga bo'lib chiqish kerak 
bo'lardi. Fir’avn xazinasiga to'lanadigan 
soliqning miqdori uchastka yuzasining qan­
chalik aniq hisoblanishiga bog'liq edi. Yu- 
zani hisoblash esa juda qiyin bo'lgan, chunki 
daryo qirg'oqlari egri-bugri bo'lib, uchastka 
chegaralari siniq chiziqlarni tashkil qilardi. 
O dam lar 
bunday 
y u z a la rn i 
to 'g 'ri 
to'rtburchak va uchburchak ko'rinishidagi 
uchastkalarga bo'lib hisoblashni o'rganib 
olishdi.
O'sha davrlardayoq faqat shakllarning 
yuzasigina emas, balki har xil jismlarning 
hajmini ham hisoblashga to'g'ri kelgan. 
Misrning o'zida qullarning qo'l kuchi bilan ul­
kan tosh piramidalar, ya’ni hukmdorlarning 
m aqbaralari qurilgan. Q ullar sug'orish 
kanallari qazishgan, to'g'onlar qurishgan, 
tepaliklar ko'tarishgan.
Ana shu qurilishlarning o'rnini yerda 
to'g'ri rejalash uchun faqat shakllarni to'g'ri 
qurish va ularning yuzasini hisoblashning 
o'zi yetmasdi. Piramidaning o'zi yoki kanal 
qurish uchun qazib chiqarish kerak bo'lgan 
tuproq ma’lum hajmni egallardi. Piramida 
yasashga qancha tosh kerakligi, kanal 
qurishga qancha tuproq qazib chiqarish lo- 
zimligini bilish uchun ularning hajmini hisob­
lashni o'rganishga to'g'ri keldi.
Sochiluvchan moddalar va suyuqliklar- 
bug'doy, un, o'simlik moyi, vino katta-katta 
dumaloq sopol xumlarda saqlangan. Bun­
day xumlarning hajmini ham bilish zarur edi.
Ana shu hayotiy ehtiyojlar geometriya 
fani paydo bo'lishiga turtki bo'ldi (yunon- 
chadan o'zbekchaga tarjim a qilganda 
« g e o m e triya » so 'z i «yer o'I ch ash» 
ma’nosini bildiradi). Biroq o'sha vaqtlarda- 
yoq g e o m e triya g a yer u c h a s tk a la rin i 
o 'lc h a s h b ila n g in a c h e k la n m a y d ig a n
m a ’lu m o tla r ham kirg a n. 
Um uman 
geometrik shakllar, jismlar va buyumlarning 
fazoviy (hajmiy) xossalarini e’tiborga olib 
yasalgan buyum geometrik jism hisoblana­
di. O'lchamlari bir xil bo'lib, og'irligi, rangi, 
qattiq-yumshoqligi jihatidan bir-biridan farq
www.ziyouz.com kutubxonasi


qiladigan metall shar bilan rezina koptok 
geometriya nuqtai nazaridan bir xil hisobla­
nadi. Qadimgi Misr va Bobilda turli xil idish- 
lar, savatlar hamda don saqlanadigan om- 
b o rlarn in g ha jm in i to p ish bilan ham 
shug'ullanishgan.
Miloddan avvalgi 7-asrda geometrik 
ma’lumotlar Misr va Bobildan Yunonistonga 
ko'chdi. Yunon olimlari geometrik bilimlar- 
ni mukammal tizimga soldilar. Miloddan 
avvalgi 3-asrda Yevklidning «Negizlar» 
nomli asari paydo bo‘ldi. Bu asar 13 jilddan 
iborat bolib, geometriyaga bag'ishlangan 
jildlari ham bor. Yevkliddan keyin Yunonis- 
tonda Arximed, Apolloniy, Eratosfen singari 
yirik shaxslar matematikani (shu jumladan, 
geometriyani) yangi ma’lumotlar bilan boyit- 
dilar. Yunonistonda quldorlik tuzumi tushkun- 
likka uchragach, geometriya arab mam­
lakatlarida, 0 ‘rta Osiyo, Hindiston, Xitoyda 
riv o jla n d i. M a’lum ki, O 'zb e kisto n o ‘z 
me’moriy obidalari bilan dunyoga mashhur. 
Har qaysi bino yoki inshootni qurishda 
geometrik shakllardan foydalanishga to'g'ri 
kelgan. Ana shunda ota-bobolarim izga 
geometriya fani asqotgan. O 'zbekiston 
hududida Xorazmiy, Beruniy va boshqalar 
geometriya masalalari bilan shug'ullandilar. 
Yevropada fransuz olimlari Dekart va Fer- 
ma, rus matematigi N. I. Lobachevskiy, 
venger matematigi Y. Bolyay va boshqalar 
geo m e triya ta ra q q iy o tig a katta hissa 
qo'shishdi. Endilikda geometriyaning kishi­
lar mehnati va hayotidagi ahamiyati mislsiz 
kengaydi. Fanning o'zi ham o'sdi; ko'p av- 
lod olimlari uni qanchadan-qancha muhim 
ma’lumotlar bilan boyitdi. Hozir geometriya­
ni bilish talab qilinmaydigan kasbning o'zini 
topish qiyin. A xir odam lar shahar va 
to'g'onlar, ko'p qavatli uylar, zavod va fab- 
rikalar, avtomobil yo'llari va gidrostansiyalar 
qurishmoqda, murakkab mashinalar ixtiro 
q ilish m o q da , y u ld u zli osm on s irla rin i 
o'rganishm oqda, dengiz va okeanlarda 
suzishmoqda, kosmik kemalar marshrut- 
larini hisoblashmoqda... Bu ishlarning ham- 
masida ularga geometriya — narsalarning
s h a k lin i va fa z o v iy m u n o s a b a tla rin i 
o'rganadigan fan ko'maklashadi.
GERB
Davlat gerbi davlatning asosiy ramzlaridan 
biri hisoblanadi, uning tasviri bayroqlarda, 
qog'oz pul va tangalarda, muhrlarda, ayrim ras- 
miy hujjatlarda aks ettiriladi. Gerbning mazmu- 
ni, ta’rifi, rasmiy tarzda qollanish tartibi ham 
qonun bilan belgilanadi.
Mamlakatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan 
saltanatlar va davlatlarning o'z gerbi bolgan. 
Xususan, 2500 yil muqaddam Erondan to Ol- 
toyga qadar yastangan turk xoqonligining o'z 
davlat «tamg'a»si mavjud edi. Bu tamg'a — 
gerb hukmdorga ota-bobolaridan meros bolib 
o'tgan, davlat va mulkka egalikning ramziy bel- 
gisi sanalgan. Tarixda har bir davlat, shahar, 
urug', qabilaning o'z gerbi bolgan. Masalan, 
qadimgi Rim davlati gerbida — burgut, 
Venetsiya shahri gerbida — qanotli sher, Lon­
don shahri gerbida — but va qilich rasmi 
tushirilgan. Sohibqiron Amir Temur davlati 
poytaxti Samarqand tamg'asida uch halqa tas- 
virlangan.
O'zbekiston Respublikasining Davlat ger­
bi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan Qu­
yosh tasviridan hamda o'ng tom onida
www.ziyouz.com kutubxonasi


bug'doy boshoqlari, so‘l tomonida ochilgan 
paxta chanoqlari surati tushirilgan chambar- 
dan iboratdir. Gerbning yuqori qismida 
Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz 
qirrali yulduz tasviriangan: sakkiz qirra ichi­
da joylashgan yarimoy va yulduz musulmon- 
larning qutlug' ramzidir. Gerb markazida him- 
mat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo'lgan af- 
sonaviy Humo qushi qanotlarini yoyib turib­
di. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning
t i n n h l i k
h a y t - c a n H a t
f a r r > \ / / - i n l i L -
w
/ V I I H
o q
]
o'tiardan iborafekan?
Bir-ikki oy o‘tar-o‘tmas 
manzara o‘zgarib qolganini, 
endi awalgi gul va o'tlarning 
ko'pi yo‘qolib ketib, yangi 
o ‘tla r paydo bo'lg a n in i 
ko‘rasiz. Maysazorlardagi 
o‘tlar o'rmon yalangliklarida- 
gi 
o ‘tlardan 
butunlay 
boshqacha. 
Daryo 
bo'ylaridagi o‘tlar esa bun­
dan ham boshqacha. Xullas, 
kolleksiya yig'aman degan 
havaskorga o 's im lik la r 
to'lib-toshib yotibdi.
O'simliklar yig'ish oson 
ish emas. Ba’zan uzoq ay­
lanib yurish, eng muhim va
ajoyib o'simliklar qolib ketmasligi uchun ular­
ni diqqat bilan tanlash kerak bo'ladi. Shu­
ningdek, o'simlik qayerdan va qachon topil- 
ganini aniq yozib borish lozim.
Yig'ib olingan o'simliklarni qog'oz varaqlari 
orasiga ehtiyotlik bilan qo'yib, ustidan biror 
narsa, masalan, qalin kitob bostirib qo'yiladi. 
Oradan bir oz vaqt o'tgach, o'simlik shakli va 
rangi saqlangan holda quriydi. Lekin qurigan 
o'simliklar mo'rt bo'ladi, shuning uchun ular­
ga qo'l tekkizganda ehtiyot bo'lish kerak.
Endi qurigan o'simliklarni qalin qog'ozga 
qo'yib, ularni qog'oz bo'lakchalari bilan mah- 
kamlab yopishtirib, tepasiga yozib qo'yiladi. 
Shu bilan gerbariy ham tayyor bo'ladi.
O'simliklarni to'g'ri joylashtirishning aha­
miyati muhim. Bir varaqqa duch kelgan 
o'simliklarni joylashtirish mumkin emas, odat- 
da o'simliklarning bir turga mansublari yoki 
gerbariy mavzusiga muvofiq keladiganlari tan- 
lab olinadi. Masalan, gulli o'simliklar yoki buta 
o'simliklar kolleksiyasini, yoki qandaydir biror 
joyga tegishli bo'lgan, masalan, o'rmon yoki 
dala o'simliklari kolleksiyasini yig'ish mumkin.
O'simliklar kolleksiyasini uyda saqlagan- 
dan ko'ra, ularni mahalliy o'lkashunoslik 
muzeylariga, maktablarga yoki maxsus ilmiy 
muassasalarga topshirgan ma’qul.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish