Ensiklopediyasi


FRANSIYA (Fransiya Respublikasi)



Download 32,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/200
Sana09.06.2022
Hajmi32,5 Mb.
#648406
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   200
Bog'liq
Bolalar ensklopediyasi (1)

FRANSIYA
(Fransiya Respublikasi)
Maydoni - 551000 kvadrat kilometr.
Aholisi - 58700000 kishi.
Fransiya — G'arbiy Yevropadagi katta dav­
lat. U Normandiyaning sovuq, qoyali 
qirg'oqlaridan to O'rta dengizning iliq iqlimli 
moviy qirg'oqlarigacha cho'zilgan. Qadimda 
Fransiya qalin o'rmonzor bo'lgan. Hozirgi vaqt­
da o'rmonlar, asosan, tog'lardagina saqlanib 
qolgan. Fransiyadagi eng baland tog' — yuk­
sak cho'qqisi Monblan deb atalgan qorli Alp 
tog'laridir.
Parij. Eyfel minorasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Keng pasttekisliklar bo'ylab Sena, Rona, 
Garonna va boshqa sersuv daryolar oqib 
o'tadi. Bu daryolarda keti uzilmas turna qator 
kemalar suzadi.
Mamlakat zamini ko'mir, temir va uran ru- 
dalari, tuzlar, gaz, boksit kabi foydali qazilma- 
larga boy.
Juda qadimda, miloddan ancha awal Fran- 
siyada gall qabilalari yashagan. Bu yerlarni 
bosib olgan rimliklar uni Galliya deb ataganlar. 
Keyinchalik rimliklar o'rnini boshqa bosqinchi- 
lar egallagan. Ular orasida franklar ham bor edi, 
keyinchalik mamlakat shu qabila nomi bilan ata- 
ladigan bo'ldi.
9-asr o'rtalaridan mustaqil fransuz davlati 
qaror topdi. 10-asrdan Fransiya deb atala 
boshlandi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar Ger- 
maniyasi Fransiyaga hujum qildi. Fransiyaning 
reaksion hukumati agressorga taslim bo'ldi. Bi­
roq fransuz xalqi ozodlik uchun mardona kurash- 
di va g'alaba qildi.
Fransiya — yuksak rivojlangan mamlakat. 
Fransiyada ko'plab alyuminiy va po'lat, sintetik 
kauchuk, sun’iy tola, plastmassa, dori-darmon- 
lar, gazlama, poyabzal va kiyim-kechak, yirik 
sanoat shaharlaridagi zavodlarda esa 
stanoklar, avtomashinalar, elektrovozlar, kema­
lar, samolyotlar va boshqa turli xil mashinalar 
ishlab chiqariladi. Fransiya qadimdan o'zining 
parfyumeriya buyumlari bilan mashhur.
Qishloq xo'jaligi ham 
yuksak darajada rivojlan­
gan. Dalalarda bug'doy, 
arpa, makkajo'xori, suli, 
kartoshka, qand lavlagi, 
turli-tum an sabzavot 
yetishtiriladi. Hamma joy­
da ko'plab tokzorlar va 
bog'lami ko'rish mumkin.
Chorvachilik ham muhim 
o'rin tutadi.
Fransiyaning poytaxti 
Parij — dunyodagi eng 
chiroyli shaharlardan biri.
U bundan ikki ming yillar 
ilgari S ena da ryo si 
o'rtasidagi orolda vujud­
ga kelgan. P a rijda
qadimiy binolar ko'p, masalan, Luvr saroyida 
rasm va haykallarning dunyodagi eng yirik 
majmualaridan biri to'plangan. Sorbonna uni- 
versiteti dunyodagi eng qadimiy universitetlar- 
dan biri, Bibi Maryam ibodatxonasi, ulug'vor 
Eyfel minorasi jahonga mashhur.
Fransiya jahonga Janna d’Ark, Marat va 
Robespyer, Lavuazye va Kyuri, Delakrua va 
Domye, Bize va Ravel, Gyugo va Balzak, Mo- 
passan va Bomarshe kabi ko'pgina mashhur 
kishilami, tarixiy arboblar, olimlar, yozuvchilar, 
kompozitorlarni yetishtirib berdi.
Fransiya bilan O'zbekiston Respublikasi 
o'rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yil- 
da o'matildi va ular o'rtasida iqtisodiyot, fan- 
texnika, madaniyat sohalaridagi hamkorlik sa- 
marali tus oldi.
FUTBOL
Inglizchadan tarjima qilinganda "fut" - 
"oyoq", "bol"—"to'p" demakdir. Inglizlar "faqat 
oyoq bilan" o'ynaladigan to'p o'yinini shunday 
deb atashgan. 1868-yil oktabrda Londonda 
bu o'yin ishqibozlarining uyushmasi tashkil 
etildi. Hozirgi zamon futbol tarixi shunday 
boshlandi.
Futbol o'yini to'g'ri burchakli maydonda 
o'tkaziladi. Maydonning qisqa tomonlari 
o'rtasiga, bir-biriga qarama-qarshi 2 ta dar- 
voza o'rnatiladi.

Download 32,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish