Abu Nasr Forobiy to‘g‘risidagi bu naql o‘rta
asr olimlari kitobidan olingan. Forobiy ko‘p
qirrali olim bo'lib, u o‘rta asr fani va tilining turli
sohalarini o'rgangan. Qaysi yurtda mashhur
olim borligini eshitishi
bilan suhbatlashib, un
dan saboq olish uchun yolga chiqardi. Ba’zi
ma’lumotlarga qaraganda, u 70 dan ortiq tilni
bilgan. Forobiy bir asarni bir marta o'qib
tushunolmasa, uni qayta-qayta o‘qir, ketgan
vaqtiga achinmas ekan. Buyuk yunon faylasufi
Aristotel (o‘rta asr Sharqida Arastu nomi bi
lan "Birinchi muallim" deb atalgan)ning "Jon
haqida" asarining Abu Nasr Forobiy o'qigan
nusxasi topilgan bolib, kitob chetiga Forobiy
tom onidan "Men bu kitobni yuz marta
o‘qidim", boshqa bir kitobda esa "Bu
kitobni
qirq marta o'qidim, lekin yana o‘qishim
kerak", deb yozilgan ekan. Kunlardan bir kun
Forobiydan: "Ulug1 olim Sizmi yoki Aristo-
telmi?" — deb so'raganlarida, u: "Agar men
Aristotel zamonida yashaganimda, uning eng
yaxshi shogirdlaridan biri bolar edim", — deb
javob bergan ekan. Sharq mamlakatlarida
Forobiyni uluglab, "al-Muallim as-soniy" ("Ik
kinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq
Arastusi" deb atashgani ham bejiz emas.
Forobiy Aristotel asarlariga ko‘p
sharhlar
yozgan, uning asarlari Yaqin va 0 ‘rta Sharq
xalqlari orasida keng tarqalishiga sababchi
bolgan. Buyuk alloma Ibn Sino ham uning
sharhlaridan foydalanganini yozadi. U Aristo-
telning "Metafizika" asariga Forobiy yozgan
sharhlar yordami
bilangina bu asarni toliq
tushunganligini ta’kidlagan edi.
Forobiyning falsafa, mantiq, matematika,
fizika, kimyo, tibbiyot, tabiat hodisalari,
tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, axloq,
ta’lim-tarbiya va boshqa sohalarga oid asar
lari keyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib,
dunyoga keng tarqalgan.
Forobiy fanlarning inson amaliy faoliyati
uchun xizmat etishi lozimligini ta'kidlagan edi.
Yulduzlar haqidagi kitobida osmon jismlari bi
lan yerdagi hodisalar o‘rtasidagi
tabiiy
boglanishlarni, masalan, Quyosh issiqligi
ta’siridagi buglanishlar bulut va yomglr pay
do bolishiga sababligini, Oy tutilishi Yerning
Quyosh bilan Oy o'rtasiga tushib qolishiga
bogliqligini ko‘rsatgan.
Forobiy 160 dan ortiq asaryaratdi. Lekin biz-
gacha 40 ga yaqini yetib kelgan. Forobiy kamtar
va kamsuqum inson bolib, g'aribona kun kechir-
gan, asosan ilm bilan shug'ullangan. U saroy oli
mi bo'lishni istamagan, oddiy hayotni afzal bilgan.
Umrining
oxiriarida Misrga borgan, so‘ng Dam-
ashqda yashab, o'sha yerda vafot etgan.
Buyuk olimning merosi keyingi avlodlar uchun
katta xazinadir. 1975-yili o'zbek xalqi va jahon ja-
moatchiligi Forobiyning 1100 yillik yubileyini tan
tanali ishonladi.
Do'stlaringiz bilan baham: