Bog'liq 3.UYLARDA UMUMFOYDALANTIRUVCHI ELEKTR QABUL QILGICHLAR
4-bob. Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi 23. Elektr energiyasi iste’molchilari, shu jumladan xususiy uy-joylarda yashovchilar, obyektlarni loyihalashtirish va ishga tushirishdan avval elektr qurilmalarining yangi yoki qo‘shimcha quvvatlarini hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar.
Texnik shartlarsiz elektr qurilmalarning elektr ta’minotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarning bajarilishi barcha iste’molchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
24. Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan transformatorlar yoki dvigatellarning yangi yoki qo‘shimcha quvvatlarini ulash, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining tarmoq transformatorlariga past kuchlanishli qurilmalarning yangi quvvatini ulash yoki ularning ruxsat berilgan quvvatini oshirish uchun texnik shartlar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchi-buyurtmachidan (quruvchidan) yoki uning topshirig‘i bo‘yicha bosh loyihalash tashkilotidan buyurtma olingandan so‘ng bir oy muddatda belgilangan tartibda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Tadbirkorlik subyektlariga texnik shartlar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. Bunda iste’molchilarning xohishiga ko‘ra, ularni elektr tarmoqlariga “tayyor holda” ulash mumkin.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son) Iste’molchilar uchun texnik shartlar to‘lov undirmasdan beriladi.
25. Iste’molchi texnik shartlarni olish bo‘yicha buyurtmanomada loyihalashtirilayotgan obyektni tavsiflovchi quyidagi ma’lumotlarni qisqacha shaklda ko‘rsatadi: yuklama miqdori, iste’molchining elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha toifasi, joylashgan joyi (aholi punkti bilan bog‘liq kartografiya materiali), obyektni loyihalashtirish va qurish muddatlari.
26. Elektr qurilmalarning qo‘shimcha quvvati ulaganda, zaxira elektr ta’minotini talab etadigan toifaga o‘tish munosabati bilan elektr qurilmalarining elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha toifasi o‘zgarganda hamda tashqi elektr ta’minoti sxemasi o‘zgargan taqdirda, iste’molchi qo‘shimcha texnik shartlar olishga majburdir.
Belgilangan quvvat texnik shartlar va elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan miqdordan oshirib yuborilganda, Byuro yoki uning talabnomasiga ko‘ra hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qo‘shimcha ulangan quvvat uzib qo‘yiladi.
Bunda iste’molchi tomonidan iste’mol qilishga ruxsat etilgan quvvatning oshirilishi tufayli avariya holati yuzaga kelganda va/yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga zarar yetkazilganda, iste’molchidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetkazilgan haqiqiy zarar summasi ham undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang. 27. Elektr qurilmalari iste’molchining elektr tarmoqlaridan quvvat oladigan subiste’molchilar texnik shartlarni hududiy elektr tarmoqlari korxonasining ruxsati bilan iste’molchilardan oladi va elektr ta’minoti loyihasini “O‘zenergoinspeksiya” va iste’molchi bilan kelishadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son) Agar, subiste’molchining yuklamasi ortishi sababli iste’molchining tashqi elektr ta’minoti sxemasini o‘zgartirish yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasida qayd etilgan transformatorlar va yuqori voltli dvigatellar quvvatini ko‘paytirish talab etilsa, iste’molchi yuklamani ko‘paytirish bo‘yicha texnik shartlarni hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan oladi.
28. Obyektni hududiy elektr tarmoqlariga ulashning texnik shartlari eng yaqin elektr tarmoq xo‘jaligi obyektlari tomonidan ularning bandlik darajasi hisobga olingan holda beriladi va ushbu shartlarda quyidagilar ko‘rsatiladi:
elektr qurilmalarning iste’mol qilishga ruxsat etilgan hamda qaytadan ulanadigan va/yoki qo‘shimcha hisoblab chiqilgan quvvati;
ulanish nuqtasi (podstansiya, elektr stansiyasi yoki elektr energiyasini uzatish liniyasi), obyektni ta’minlovchi havo va kabel liniyalari tashkil etiladigan kuchlanish, alohida holatlarda tashqi elektr energiyasi ta’minoti sxemasi variantlarini ishlab chiqish zarurati ko‘rsatiladi;
yangi iste’molchining ulanishi tufayli mavjud tarmoqni kuchaytirish bo‘yicha asoslangan talablar (simlar kesimlarini oshirish, transformatorlar quvvatini almashtirish yoki ko‘paytirish, zaxira yacheykalari barpo etish va shu kabilar);
qisqa tutashish toklarining hisoblangan miqdori, releli himoya, avtomatika, aloqa, izolatsiya va o‘ta kuchlanishdan himoyaga qo‘yiladigan talablar;
50 kVt va undan yuqori iste’mol qilishga ruxsat etilgan iste’molchilar uchun reaktiv quvvat o‘rnini to‘ldirishga qo‘yiladigan talablar;
elektr energiyasini hisobga olish bo‘yicha qo‘yiladigan talablar;
davlat standartlariga muvofiq tok qabul qilgichlar yonida barqarorlashtiruvchi qurilmalar va elektr energiyasi sifatini nazorat qiluvchi asboblar o‘rnatilishiga qo‘yiladigan talablar;
iste’molchi yuklamasi sutkalik jadvalini tartibga solish bo‘yicha talablar;
elektr qurilmalarining namunaviy loyihalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar;
iste’molchining hududiy elektr tarmoqlari ta’minlovchi liniyalari ulanadigan elektr qurilmalariga qo‘yiladigan o‘ziga xos talablar (yagona elektr energetika tizimida quvvat tanqisligi paydo bo‘lganda bunday tok qabul qilgichlarning elektr ta’minotini saqlash maqsadida zahira energiya manbaining, kuchlanish beriladigan joylarni avtomatik himoya qilishning zarurligi, ta’minlovchi liniyalarning parallel ishlashiga yo‘l qo‘yilishi, ayrim zahira ta’minlovchi liniyalarga yuklamalarni ajratish va boshqalar);
korxona, bino, inshootlar loyihasida (ishchi loyihasida) elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha loyiha yechimlarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi talablar;
iste’molchi tarmog‘iga ulanadigan subiste’molchilar ro‘yxati (ularning yuklamalari va elektr energiyasi iste’moli to‘g‘risidagi asosiy istiqbol ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda);
ishlarni loyihalash va bajarishning amaldagi me’yorlarini hisobga olgan holda, texnik shartlarning belgilangan amal qilish muddati.
Oldingi tahrirga qarang. 29. Korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlarning texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan elektr ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalari) qonunchilikda belgilangan tartibda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ko‘rib chiqilishi va “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishilishi kerak.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son) 30. Iste’molchilarning yuklamalarini ulash bilan bog‘liq yangi elektr qurilmalarini va elektr tarmog‘i xo‘jaligining obyektlarini loyihalash va qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish iste’molchilarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
31. Iste’molchi, unda texnik imkoniyat mavjud bo‘lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining talabi bo‘yicha o‘z elektr tarmoqlariga boshqa iste’molchilarning elektr qurilmalarini ulashi shart.
Oldingi tahrirga qarang. Iste’molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasining talabi bo‘yicha o‘z elektr tarmoqlariga tadbirkorlik subyektlarining savdo avtomatlarini ulashlari shart.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021-y., 09/21/485/0747-son) Oldingi tahrirga qarang.