Bog'liq 3.UYLARDA UMUMFOYDALANTIRUVCHI ELEKTR QABUL QILGICHLAR
3-bob. Elektr ta’minoti shartnomasini tuzish 18. Elektr energiyasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida tovar turi sifatida, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va energiya qurilmalari shu tashkilot tarmog‘iga bevosita ulangan iste’molchi o‘rtasida tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi asosida mazkur Qoidalarga muvofiq yetkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Yuridik shaxsning nomi o‘zgarganda yoki elektr qurilmalar mulkdori almashganda iste’mol qilinadigan quvvat va (yoki) elektr ta’minotining ishonchlilik toifasi o‘zgarmasa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi — elektr qurilmalarining huquqiy vorisi o‘rtasida elektr ta’minoti shartnomasi ommaviy oferta asosida elektr ta’minoti shartnomasini kelishish (qabul qilish) va uni axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali yangi mulkdor tomonidan tasdiqlash yo‘li bilan tuziladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 567-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son) Oldingi tahrirga qarang. 19. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi elektr ta’minoti shartnomasi elektr ta’minotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan shaklda tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang. Elektr ta’minotining namunaviy shartnomasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishlab chiqiladi, “O‘zenergoinspeksiya”, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishiladi va Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son) 20. Elektr ta’minoti shartnomasi 2 nusxada tuziladi. Bir nusxasi iste’molchiga taqdim etiladi, ikkinchisi hududiy elektr tarmoqlari korxonasida qoladi.
21. Subiste’molchilar iste’molchilar bilan elektr ta’minoti shartnomasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalari roziligiga asosan tuzadi.
22. Subiste’molchilarga o‘z tarmoqlari orqali elektr energiyasini yetkazib beruvchi iste’molchilar subiste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olgan holda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr energiyasining umumiy (jami) miqdori bo‘yicha elektr ta’minoti shartnomasini tuzadi.