«energetika» kafedrasi «kichik gidroelektr stansiyalar» fanidan ma’ruzalar kursi namangan-2020



Download 8,01 Mb.
bet27/31
Sana03.06.2022
Hajmi8,01 Mb.
#631662
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
МАРУЗА КИЧИК ГЭС лар

Takrorlash uchun savollar

1. Elektroenergetika tarmoqlari qanday tarmoqlar va ularda nima ishlar


amalga oshiriladi?
2. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga yetkazish
jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
3. Elektroenergetika tarmoqlari qanday turlarga bo’linadi?
4. Zamonaviy elektroenergetika tarmoqlari qanday talablarga javob
berishlari kerak?
5. Elektroenergetika tarmoqlarining ish rejimi uchun asos bo’luvchi grafik
nima deb ataladi?
6. Energiya iste’molining sutka davomida o’zgarishi nima bilan
ifodalanadi?
7. Elektroenergetika tarmog’i quvvatining sutka davomida tebranish
amplitudasi nima deb ataladi va qanday aniqlanadi?
8. Energotizimda sutka davomida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining
miqdori qanday aniqlanadi?
9. Lokal elektroenergetika tarmog’i nima va u qanday afzalliklarga ega?
10. Elektroenergetika tarmog’ida KGESlarning ishi nimadan iborat va
ularning quvvati sutkalik yuklama grafigining qaysi qismida
qo’llaniladi?
11. KGESlarning quvvatini sutkalik rostlashda ularning qaysi parametri
o’zgartiriladi?


BOB 5. KICHIK GESLARNING SUV OLISH INSHOOTLARI


Ma’ruza № 13


Mavzu. Suv olish inshootlarining vazifalari va turlari

KGESlarning suv olish inshootlari suv manbalaridan ulardagi suv sathlarining o’zgarishini hisobga olgan holda zarur miqdordagi suvni bevosita olishni ta’minlaydigan inshootlar hisoblanadi. Suv olish inshootlarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi.


1. KGES uchun kerak bo’lgan suv arfini ish jarayoni davrida ta’minlash;
2. Zarurat tug’ilganda (ta’mirlash, tekshirish, talofat yuz bergan va boshqa paytlarda) suv yo’lini to’sishni ta’minlash;
3. Suzib yuruvchi jismlar, muz bo’laklari, oqiziqlar va cho’kindilarning turbina quvuriga tushmasligining oldini olish;
4. Suv oqimining inshootga kirishi va harakatlanishida napor
yo’qolishi qiymatining minimal bo’lishini ta’minlash.
Suv olish inshootlari asosan KGESlarning suv energiyasidan foydalanish sxemalariga bog’liq bo’ladi, masalan, uzanda joylashgan KGESlarda mazkur inshoot KGES binosining bir qismi sifatida uning tarkibiga kiradi, to’g’on orti yoki yonida joylashgan hamda derivatsiyali KGESlarda bosimli va bosimsiz kabi turlarga bo’linadi. Bosimli suv olish inshootlari yuqori bg’efda suv sathining katta o’zgarishlarida, asosan to’g’onlarda quriladi va suv omboridagi minimal suv sathidan pastda joylashadi (5.1 – rasm). Mazkur inshootlar asosan katta va o’rta GESlarga tegishli bo’lib, KGESlarda nisbatan kam qo’llaniladi.
Yuqori bg’ef suv sathi o’zgarishi kichik bo’lgan hollarda bosimsiz suv olish inshootlari qo’llaniladi. Mazkur inshootlar ko’pincha derivatsiyali GES larga suv olishda qo’llaniladi. Bosimsiz inshootlarda suv bevosita manbadan ochiq holda olingani uchun ularda cho’kindilarning turbina quvurlariga tushmasligining oldini olish choralari ko’riladi. Buning uchun suv olish inshooti ostonasi suv manbai tubidan ‘ balandlikda joylashadi. Agar cho’kindilar tosh, shag’aldan iborat bo’lsa bu balandlik ‘ =1,0…1,5 metr, qum va loydan tashkil topgan bo’lsa ‘ =1,5…2,0 metrga teng bo’ladi (5.1 – rasm). Suv olish inshootlaridan foydalanish tajribasi shuni ko’rsatayaptiki, inshoot ostonasini yuqorida keltirilgan balandliklarga o’rnatish har doim ham samara beravermaydi. CHo’kindilar miqdori ko’p bo’lgan hollarda, ular ostonani to’ldirib inshootda ham o’tib ketishi mumkin. Buning oldini olish uchun maxsus
cho’kindilarni yuvish galereyalari ham quriladi (5.1 – rasm). CHo’kindilarni yuvish uchun suv olish inshootining darvozasi yopiladi va suv oqimi cho’kindilarga yo’naltiriladi, hosil bo’lgan aralashma galereyalar orqali tashqariga chiqarib tashlanadi.


S uv olish inshootlari har xil oqiziqlar, jismlarni ushlab qolish uchun panjaralar bilan jihozlanadi, panjaralar sterjenlari orasidagi masofa aksariyat hollarda 15...20 sm ni tashkil etadi. Panjarani tozalash maxsus mexanizmlar yordamida yoki qo’lda amalga oshiriladi. Suv olish inshootlarining 1 va 2 – vazifalari ularda o’rnatilgan suv darvozalari orqali bajariladi, darvozalarning ishonchli ishlashi muhim bo’lganligi uchun ulardan 2 dona o’rnatiladi (1 ta zahira, ta’mirlash, talofat bo’lgan paytlarda ishlatiladi). Ularni ko’tarib tushirish uchun maxsus ko’targichlardan foydalaniladi. 5.1 a – rasmda ko’rsatilgan aeratsiya quvurining asosiy vazifasi turbina quvurining suv bilan to’ldirilishi vabushatilishi paytlarida havo kiritish yoki to’planib qolgan havoni chiqarib yuborishdan iborat. Havo kiritish quvurda yuzaga kelgan vakuumni yo’qotish uchun zarur. Tuproq to’g’onli suv omborlari manba hisoblangan suv olish inshootlari ko’p hollarda minorali shaklda bunyod etiladi (5.2 – rasm).



Bu holda inshoot to’g’onning old qismida, minimal suv sathidan pastda joylashadi. Minoraning asosiy vazifasi ancha chuqurlikda joylashgan suv darvozalari yoki qulfaklarga xizmat ko’rsatishni ta’minlashdan iboratdir. Bosimsiz ochiq suv olish inshootlarida aksariyat hollarda suv yo’li kichik gidrotexnik inshoot bilan to’silib, kerakli suv sathi hosil qilinadi va derivatsiya inshootiga suv olinadi (5.3 – rasm). Bunda inshootga suv ravon kirishi uchun suv olish inshooti bilan manbadagi suv yo’nalishi orasidagi δ burchak quyidagi formula bilan aniqlanadi


δ =arccos*V0/Vk (5.1)

bunda V0 – suv manbaidagi suv tezligining o’rtacha qiymati, Vk – suv olish inshootidagi suv tezligining o’rtacha qiymati.






Vk ning qiymatini dastlabki hisob-kitoblar uchun 1,5...2,5 m/s ga teng qilib qabul qilish mumkin. Agar V0 bilan Vk ning qiymatlari bir biriga yaqin bo’lsa, unda δ burchakni 150...300 ga teng qabul qilish mumkin. Ushbu ko’rsatkichni V0/Vk nisbatga mos ravishda quyidagi jadval asosida olish mumkin.



Download 8,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish