Mahruza №16
Mavzu. Bosimli қuvurlarning turlari, materiallari va ulardagi
jiҳozlar.
KGESlarning muҳim, mahsuliyatli inshootlaridan biri uning suv bosimi ostida ishlaydigan, yuқori bg’efdagi suv manbaidan turbinalarga suvni yetkazib beradigan қuvurlaridir. Bu қuvurlar katta va ўrta GESlarda turbina қuvurlari, KGESlarda turbina yoki bosimli (naporli) қuvurlar deb
ataladi. Bu қuvurlarni bosimli қuvurlar deb atash maқsadga muvofiқ, chunki
turbinaga tegishli boshқa қuvurlar ҳam mavjud, ularning ҳammasi ҳam bosimli emas, napor sўzi kўproқ balandlik yoki suv ustuniga tegishli, shu
sababli bosimli қuvur terminidan foydalanish tўғri bўladi. KGESlarning bosimli қuvurlari қuyidagi talablarga javob berishi
kerak.
a) bosimli қuvurning diametri қiymati қuvurga sarf bўladigan
kapital mablaғlar va napor yўқolishining minimumini ҳamda KGES uchun
zarur bўlgan suv sarfini tahminlay olishi kerak.
b) bosimli қuvurning devorlari қalinligi, uning tayanchlari, montaj қilish sifati mustaҳkamlik bўyicha barcha talablarga javob berishi lozim.
v) bosimli қuvurlar ish jarayoni talab қiladigan ҳollarda қўllaniladigan barcha moslamalar: aeratsiya қuvurchalari, gidravlik zarbani sўndirgichlar, temperatura va deformatsiya kompensatorlari, ҳavo vantuzlari, bosimni, suv sarfini ўlchash asboblari va boshқalar bilan jiҳozlanishi kerak.
KGES larda bosimli қuvurlarining қuyidagi turlari mavjud:
1. Tўғon tanasiga, yuza қismiga yoki ostiga joylashtirilgan қuvurlar.
2. Yer yuzasida joylashgan erkin ҳolatda yotқiziladigan қuvurlar.
3. Yer ostiga kўmilgan қuvurlar. Bunday қuvurlar tashқi tomondan
gidroizolyatsiya materiallari bilan қoplanadi, keyin relg’efga қarab transheyalarga yoki tuproқ tўkma (nasqpg’)lariga yotқizilgan қum tўshamalar ustiga yotқiziladi va yengil tuproқ bilan yopiladi. KGESlarning bosim қuvurlari asbestotsement, temirbeton va pўlat қuvurlaridan iborat bўlishi mumkin. Keyingi paytlarda polivinilxloriddan, polietilendan қilingan қuvurlar ҳam ishlatilmoқda.
1. Asbestotsement қuvurlar (VT-6, VT-9, VT-12) diametri Du = 100..500 mm
bўlishi mumkin. Bu қuvurlar 1,5 MPa bosimgacha mўljallangan.
2. Yiғma temir – beton қuvurlari diametri DU = 250 ... 1500 mm gacha
bўlib 0,5 – 15 MPa bosimga mўljallangan.
3. Diametri 1000 mm dan oshiқ bўlgan monolit temir – beton қuvurlar
ўrnatilish joyida tayyorlanadi va 0,5 MPa bosimga mўljallanadi.
4. Polietilen, polipropilen va polivinilxlorid kabi sunhiy
materiallardan қilingan қuvurlar. Bu қuvurlar diametri DU = 10...600 mm
bўlib, 0,25...10 mPa bosimga mўljallangan. CHўyan қuvurlarni yoki bўylama va spiral payvandli pўlat қuvurlarni KGESlarning bosim қismida қўllash maқsadga muvofiқ emas. Beton tўғonlarda қўllanishi mumkin bўlgan bosimli қuvurlar sxemasi 6.1 – rasmda keltirilgan. Tўғon tanasida joylashgan қuvurlar mustaҳkamlik va ishonchlilik jiҳatidan yuқori ўrinnni egallaydi, ammo ularni қurish va montaj қilish ishlari ancha murakkab, ancha kўp xarajatlarini talab қiladi. Tўғon yuzasida joylashgan қuvurlarni montaj қilish ishlari ancha yengil, lekin ularda korroziyaga, kavitatsion va gidroabraziv yemirilishga қarshi tadbirlarni ҳar yili amalga oshirish lozim. Tўғon ostida joylashgan қuvurlarga xizmat kўrsatish, reviziya қilish ishlari bir muncha mushkul, bundan tashқari bu қuvurlarni suvdan bўshatish yoki turbinalarni ishga tushirish paytida xavfli vakuum ҳosil bўlishi mumkin, shu sababli uning oldini olish choralarini kўrish zarur. Tuproқ tўғonlarda bosimli қuvurning mustaҳkamligini tahminlash uchun, uning tayanchlariga va asosiga suv filg’tratsiyasining salbiy tahsirining oldini olish uchun bosimli қuvurlar tўғon ostiga joylashtiriladi (5 – bobdagi 5.2 – rasmga қarang).
Er yuzasida joylashgan erkin ҳolatda yotқiziladigan bosimli қuvurlar KGESlarda kўp uchraydi. Buning asosiy sababi mazkur қuvurlarni montaj қilish, tahmirlash, tekshirish ishlari katta ҳajmdagi ishlarni va murakkablikni talab қilmaydi, shu sababli ularga sarf bўladigan xarajatlar nisbatan kam. Asosiy kamchiliklari sifatida ularning mustaҳkamligini tahminlash uchun maxsus tayanch moslamalar, chўkish va temperatura tahsirida yuzaga keladigan қuvurning chuzilishi va қisқarishiga қarshi kompensatorlarni ўrnatish zarurligini keltirish
mumkin (6.2 – rasm). Ushbu bosimli қuvurlar ikki xil asosiy tayanchlarga maҳkamlanadi, ulardan biri ankerli tayanchlar, ikkinchisi oraliқ tayanchlardir. Ankerli tayanchlar asosan қuvurning burilgan joylariga ўrnatiladi, shuningdek, tўғri chiziқli joylarda ўrnatilsa, ular orasidagi masofa 150...200 metrni, agar ikkita ankerli tayanch ўrtasida kompensator bўlsa yoki қuvur kichik nishablikda yotқizilsa 350...400 metrni tashkil etadi [15].
Ankerli tayanchlar ikki xil: ochiқ (6.3a – rasm) va yopiқ kўrinishda bўladi (6.3b – rasm). Ochiқ sharnirli tayanchlar maxsus konstruktsiyaga ega bўlib қuvurni perimetr bўyicha joylashgan xalқalar sharnir orқali betonga maҳkamlangan ankerlarga maҳkamlanadi va ўқiy ҳamda vertikal kuchlarni қabul қiladi. Yopiқ betonli tayanchlarda қuvur mustaҳkamlikni oshirish uchun
xalқalanadi va perimetr bўyicha betonlanadi. Bunday tayanchlar arzon va қurish oson bўlganligi uchun kўp қўllaniladi. Bosimli қuvur trassasidagi ҳavo temperaturasining ўzgarishi va suv ҳarakati ҳamda oғirligi natijasida қuvurda bўylama va kўndalang deformatsiyalar yuz beradi. Bunday ўzgarishlarga қarshi choralar kўrilmasa қuvurda talofatli ҳolatlar yuz berishi mumkin. Ushbu maқsadda bosimli қuvurlarda chўkish va temperaturaning ўzgarishi natijasida yuzaga keladigan қuvurning chuzilishi, egilishi va қisқarishi paytida yuzaga keladigan zўriқishlarni kompensatsiya қilish uchun temperatura va temperatura – chўkish kompensatorlari қўllaniladi.
Kompensatorlar aksariyat ҳollarda yuқoridagi ankerli tayanchdan
keyin ўrnatiladi (6.2 – rasm). Temperatura kompensatorlari faқat temperaturaning ўzgarishi tufayli paydo bўladigan bўylama deformatsiyalarning oldini oladi. Konstruktsiyasi bўyicha temperatura kompensatorlari қuyidagi turlarga bўlinadi:
a) salg’nikli kompensatorlar;
b) gofrli (tўlқinli);
v) linzali (tarelkali).
Ҳozirgi paytda GESlarda asosan salg’nikli kompensatorlardan keng foydalanishadi (6.4 – rasm).
Gofrli kompensatorlar қuvur devorini tўlқinsimon shaklda shtampalash usuli bilan ishlab chiқariladi, bunda қuvur devorining gofrli қismi қuvur bўyicha berilayotgan bўylama va kўndalang zўriқishlarni қabul қilish imkoniyatiga ega.
Gofrli kompensatorlar chet eldagi GESlarning bosimli қuvurlarida keng ishlatiladi. Buning asosiy sababi uning ancha arzon va oddiyligi, faқat gofrning ўlchamlari tўғri ҳisoblanib, maxsuv shtampalash stanogida sifatli ravishda tayyorlanishi kerak. Yer ustida joylashgan bosimli қuvurlarning yana bir tayanchlaridan biri oraliқ tayanchlardir. Oraliқ tayanchlar ankerli tayanchlarning oraliғiga ўrnatiladi va ushbu masofadagi қuvur ҳamda undagi suv oғirligining egilishga beradigan zўriқishini ўziga қabul қiladi. Oraliқ tayanchlar xalқali va egarsimon konstruktsiyalarga ega bўladi (6.6 – rasm).
Egarsimon tayanchlar oddiy konstruktsiyaga ega, ular xalқali oraliқ tayanchlarga nisbatan ancha arzon, lekin oғirlik katta bўlganda egarda ishқalanish kuchi katta bўladi, shu sababli tayanch қurilmasida zўriқish mehyordan oshiқ bўlishi mumkin. SHu sababli bunday tayanchlar bosimli қuvur
diametri 1,0 metrgacha bўlgan ҳollarda қўllaniladi. Xalқasimon oraliқ tayanchlar sirpanuvchi, ғildirovchi, tebranuvchi tayanch қurilmalar bilan jiҳozlanishi mumkin. Bu konstruktsiyalar қuvurlarda ish jarayonida yuzaga keladigan zўriқishlar tufayli uning ўlchamlarining ўzgarishini ҳisobga olish imkoniyatini yaratishadi.Sirpanuvchi oraliқ tayanchlar bosimli қuvur diametri 1,6 metrgacha bўlgan ҳolatlarda, ғildirovchi, tebranuvchi tayanch қurilmalar esa қuvur diametri 1,6 metrdan katta bўlgan inshootlarda қўllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |