«energetika» kafedrasi «kichik gidroelektr stansiyalar» fanidan ma’ruzalar kursi namangan-2020



Download 8,01 Mb.
bet25/31
Sana03.06.2022
Hajmi8,01 Mb.
#631662
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
МАРУЗА КИЧИК ГЭС лар

Ma’ruza № 11
Mavzu. KGESlarning elektroenergetika tarmoqlaridagi ish tartibi

EETlarda energiyaga bo’lgan talab tez o’zgarib turadi, ayniqsa bu holat sutkalik yuklama grafigining cho’qqi qismida juda sezilarli. Yirik EETlarda bir minut vaqt mobaynida energiya quvvatining o’zgarishi 150...200 MVtgacha yetishi mumkin. SHu sababli EETlarda energiya o’zgarishiga mos ravishda elektr stantsiyalar quvvatini o’zgartirish imkoniyati katta ahamiyatga ega. Issiqlik elektr stantsiyalari (IES)da quvvat miqdorini tez o’zgartirish (manevrchanlik) ancha cheklangan. Buning asosiy sababi quvvatni o’zgartirish turbogeneratorni to’xtatish yoki ishga tushirish, uning quvvatini rostlash orqali amalga oshirish mumkin. Sovuq holdagi turbogeneratorni ish rejimiga olib chiqishga 3...6 soat, issiq holdagi agregat uchun 1 soat talab qilinadi va bunga katta miqdordagi yoqilg’i sarf qilinadi. Bundan tashqari turboagregat quvvatini rostlash paytida har bir kVtsoat ishlab chiqarilgan energiya uchun 170...220 gramm qo’shimcha yoqilg’i sarflanadi [14]. SHu sababli EETlarda quvvat miqdorini tez o’zgartirish


uchun IESlardan foydalanish ularning manevrchanligi past bo’lganligi sababli ancha mushkul va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. GESlarda gidroagregatni ishga tushirishga 1...2 minut, to’xtatishga esa 10 sekundgacha vaqt sarf bo’ladi va hech qanday yoqilg’ini yoqish zarur bo’lmaydi. GESlarda quvvat miqdorini o’zgartirish gidroturbinaning yo’naltiruvchi apparatini ochish yoki yopish orqali suv sarfini o’zgartirish yo’li bilan bir necha minut ichida amalga oshirilishi mumkin. SHu sababli GESlardan EETda sutkalik energiya yuklamasining tez o’zgaruvchan cho’qqi qismida foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi (4.4 – rasm).

Atom elektr stantsiyalari bir me’yorda, o’zgarmadigan quvvat bilan ishlaganligi tufayli grafikning asos qismidagi, IESlar esa ozroq manevrchanlikka ega bo’lganligi uchun grafikning o’rta qismidagi quvvatlarni ta’minlash maqsadida qo’llaniladi. Ammo 4.4 – rasmda ko’rsatilgan elektr stantsiyalarning ishlash tartibi namunaviy hisoblanadi, odatda energotizimlarda GESlar salmog’ining yetishmasligi (GESlarning energiya ishlab chiqarishdagi salmog’i 25 % atrofida bo’lishi kerak) grafikning cho’qqi qismida ko’p hollarda tezkor manevrchanlikka ega bo’lgan gaz turbina elektr stantsiyalari qo’llaniladi, ammo ular odatdagi stantsiyalarga qaraganda 1,4...1,5 barobar ko’p yoqilg’i iste’mol qiladi. Lokal EETlarda KGESlardan keng foydalanishadi, buning asosiy sababi ularning yuqori manevrchanlikdan tashqari boshqa afzalliklari ham bor, masalan, Xalqaro tiklanuvchan energiya manbalari agentligi (IRENA) ning “Renewable ‘ower Generation Costs in 2017” nomli hisobotida eng arzon elektr energiyasi KGESlarda ishlab chiqarilishi qayd etilgan, bundan tashqari bu energiya ekologik toza va mukammal texnologiyaga ega.





Download 8,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish