«energetika» kafedrasi «kichik gidroelektr stansiyalar» fanidan ma’ruzalar kursi namangan-2020


– rasm. Derivatsiya kanalining iqtisodiy qo’lay kesimini aniqlash



Download 8,01 Mb.
bet22/31
Sana03.06.2022
Hajmi8,01 Mb.
#631662
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
МАРУЗА КИЧИК ГЭС лар

3.28 – rasm. Derivatsiya kanalining iqtisodiy qo’lay kesimini aniqlash


Ma’ruza № 9


Mavzu. KGES suv omborlaridagi to’g’onlar

KGESdan talab etiladigan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun unga yetarli hajmda, lekin vaqt bo’yicha bir me’yorda bo’lmagan suv miqdorini yetkazib berish zarur. Lekin suv manbalaridagi oqim miqdori bu talabga javob berolmaydi, chunki ulardagi suv sarfining o’zgarishi zarur miqdordagi elektr energiyasini zarur paytda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi. SHu sababli manbalarning suv oqimini sun’iy ravishda rostlash, ya’ni suv yo’lini to’g’onlar bilan to’sib omborlarda yetarli miqdorda suv zahiralarini yaratish kerak bo’ladi. To’g’onlar KGESlar tarkibidagi muhim inshootlardan biri hisoblanadi, chunki u ufayligina ishlab chiqariladigan elektr energiyasi uchun zarur bo’lgan suv sarfi Q va napor N hosil qilinadi. To’g’onlarning quyidagi turlari mavjud:


1. To’g’onni qurishda qo’llanilgan qurilish materiali turi bo’yicha:
a) tuproq to’g’onlar; b) tosh – tuproq to’g’onlar; v) tosh to’g’onlar; g) beton
to’g’onlar; d) temir beton to’g’onlar.
2. Tuzilishi (konstruktsiyasi) bo’yicha:
a) gravitatsion to’g’onlar; b) arkali to’g’onlar; v) kontrforsli to’g’onlar.
3. Suv oqimini o’tkazish bo’yicha:
a) suv o’tkazmaydigan to’g’onlar – bunday to’g’onlar bilan jihozlangan
suv omborlaridan suv olish maxsus suv oluvchi inshootlar orqali derivatsiya
usulida amalga oshirilishi mumkin;
b) suv o’tkazuvchi to’g’onlar – bunday to’g’onlarning tana qismida yoki nov
shaklida energetik maqsadlarda, irrigatsiya ehtiyojlari uchun yoki ortiqcha
suvlarni tashlovchi inshootlar quriladi.
To’g’on qurilishi uchun joyni tanlash juda katta ahamiyatga ega
hisoblanadi. Buning uchun bir qancha variantlar ko’rib chiqiladi, kerakli
texnik – iqtisodiy hisoblar bajariladi va eng maqbul variant tanlab
olinadi.
To’g’on joyini tanlashda quyidagi asosiy talablar hisobga olinadi:
a) belgilangan suv hajmini sig’dirish imkoniyati;
b) suv ombori hamda to’g’on tubi va qirg’oqlarining muhandislik –
geologik sharoiti mahkamlik, suv o’tkazmaslik talablariga javob berishi;
g) to’g’on imkoni boricha mahalliy materiallardan bunyod etilishi.
To’g’on tubining mahkamligi, tarkibi va suv o’tkazmasligi xavfsizlik
masallariga to’liq javob berishi lozim. Agar to’g’on tubidan suvning sizib
o’tishi me’yordan ortiq bo’lsa quyidagi quyidagi salbiy oqibatlar kelib
chiqadi:

  • suvning ko’p isrof bo’lishi;

  • to’g’on tubiga pastdan sizib o’tayotgan suvning gidrostatik bosimi

ta’siri natijasida mahkamlikning buzilishi;

  • mexanik suffoziya (tuproq zarrachalarining yuvilishi) va ximik

suffoziya (tuproqdagi tuzlarning yuvilishi)ning yuzaga kelishi
natijasida to’g’on mahkamligining buzilishi;

  • to’g’on asosining cho’kishi va egilishi.

Yuqorida keltirilgan salbiy oqibatlarning bo’lmasligi uchun suv filg’tratsiyasini kamaytirish bo’yicha texnik tadbirlar amalga oshiriladi. Tuproq to’g’onlar. Respublikamiz sharoitida eng ko’p qurilgan to’g’on turi – tuproq to’g’onlardir. Tuproq to’g’onlar qurilishga yaqin bo’lgan joylardan qazib olingan tuproqni yotqizib ko’tarish yo’li bilan barpo etiladi. Tuproq to’g’onlar zunligining balandligiga nisbati 8:1 dan 10:1 gacha bo’ladi. Tuproq to’g’onlar mahalliy materiallardan qayta ishlovsiz qurilganligi uchun boshqa to’g’onlarga qaraganda ancha arzon va qurish murakkab emas.
Tuproq to’g’onlarning quyidagi turlari mavjud (3.29 – rasm):
a) bir xil turdagi tuproqdan qurilgan to’g’on;
b) har xil turli tuproqdan qurilgan to’g’on;
v) kam suv o’tkazadigan ekran o’rnatilgan to’g’on;
g) kam suv o’tkazadigan yadro o’rnatilgan to’g’on;
d) suv o’tkazmaydigan qoplama bilan jihozlangan to’g’on;
e) diafragmali to’g’on.
To’g’on qurilishi yaqinida past suv sizish koeffitsientiga ega bo’lgan tuproq zahiralari yetarli bo’lsa bir xil turdagi tuproqdan foydalaniladi (3.29 – rasm, a). Agar shunday tuproq zahiralari yetarli bo’lmasa, unda to’g’onning oldi qiyaligiga suv o’tkazuvchanligi kam bo’lgan tuproq yotqiziladi, keyin qolgan turdagi tuproqlardan foydalaniladi va bunday to’g’on har xil tuproqli to’g’on deb ataladi (3.29 – rasm, b). To’g’on qurilishi yaqinida past suv sizish koeffitsientiga ega bo’lgan tuproq zahiralari bo’lmasa, unda albatta suv deyarli sizib o’tmaydigan ekran o’rnatiladi (3.29 – rasm, v). Ekran materiali sifatida ko’p hollarda kam suv o’tkazadigan gil tuprog’idan foydalaniladi, ba’zi hollarda boshqa materiallar – beton, temirbeton, asfalg’tbeton, plastbeton, polietilen
plenkasi bo’lishi mumkin. Ekran aralash materiallardan, masalan 25 % gil,
35 % qum va shag’al, 40 % qumoq tuproqlardan ham tayyorlanishi mumkin.
Ekranning yuqori qismi qalinligi 0,8 metrdan, pastki qismi qalinligi esa
suv chuqurligining 10 % idan kam bo’lmasligi kerak.


Download 8,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish