2.Tokning iqtisodiy zichligi bo`yicha tanlash
O`tkazgichlarning kesim yuzasi s=Ix/Je sharti bo`yicha tanlanadi.
Kuchlanish 1000V gacha bo`lgan elektr tarmoqlarida bu shart bo`yicha tanlangan kesim yuzalari (1) va (2) shartlarda tanlangan yuzalardan 2-3 marta katta bo`ladi. Bu o`tkazgich materiallarini ko`p sarflashga sabab bo`ladi. Shuning uchun bu tarmoqlarda Je bo`yicha tanlash quyidagi xollarda ishlatiladi.
a) Agar Tm > 60007000 soat bo`lsa:
b) Elektroliz qurilmalarining elektr o`zgarmas tokli tarmoqlarida.
Quyidagi 24.1-jadvalda tokning iqtisodiy zichligi xaqida ma’lumotlar keltirilgan :
23.1–jadval. Tokning iqdisodiy zichligi
№
|
O`tkazgich t u r i
|
Yuklama maksimumidan foydalanish yillik soatlari soni, Tm, soatga bog`liq xolda –tokning iqtisodiy zichligi j A
|
|
|
1000 - 3000
|
3000-5000
|
5000 – 8700
|
1.
|
Mis simlar
|
2.5
|
2.1
|
1.8
|
2.
|
Alyuminiy ochik simlar va shinalar
|
1.5
|
1.4
|
1.3
|
3.
|
Polivinilxlorid izolyatsiyali simlar :
|
|
|
|
|
a) Mis tomirli
|
3.0
|
2.5
|
2.0
|
|
b) alyuminiy tomirli
|
1.8
|
1.6
|
1.5
|
4.
|
Rezina va plasmassa izolyatsiyali kabellar
|
|
|
|
|
a) mis tomirli
|
3.5
|
3.1
|
2.7
|
|
b) alyuminiy tomirli
|
2.2
|
2.0
|
1.9
|
3.Binolar va tashqi qurilmalarning muhit sharoiti bo`yicha tabaqalanishi
Agar ishlab chiqarish xonalaridagi muhit sharoiti elektr qurilmalariga biror zararli ta’sir ko`rsatmasa, elektr qurilmalari o`z navbatida biror xodisa sababchisi bo`lmasa, bunday xonalar normal sharoitli deyiladi.
Bular quruq, isitiladigan yoki isitilmaydigan, xonalar bo`lib, ularda korroziya, yong`in yoki portlash xavflari yo`q bo`ladi. Bunga maishiy xizmat xonalari, metallarni sovuq xolda ishlash tsexlari, yig`uv, asbobsozlik va shunga o`xshash tsexlar kiradi.
Chang, nam, kislota va ishqor bug`lari bo`lib, ular o`tkazgichlar materialiga va izolyatsiyasiga yemiruvchi ta’sir ko`rsatadigan xonalar korroziya xavfi bor deyiladi. Bularga po`lat eritish va quyish, yog`ochsozlik, shlifovkalash, oltingugurt kislotasi, elektroliz tsexlari kiradi.
Yong`in xavfi bor (YoX) xonalarda va tashqi qurilmalarda alanga olganda portlash sodir bo`lmaydigan yonuvchi materiallar saqlanadi yoki ishlatiladi. Ular 4 ta toifaga bo`linishadi.
P - I toifadagi xonalarda bug`larining yonib ketish xarorati 45°S dan yuqori bo`lgan yonuvchi suyuqliklar saqlanadi yoki ishlatiladi. Bularga yog` omborlari, podstantsiyalarning yog` xo`jaliklari kiradi.
P - II xonalarida xavoda uchib yuruvchi yonuvchi chang va tolalar ajralib turadi. Bularga yog`ochsozlik tsexlari, atsetiltsellyulozani maydalash bo`limi, oltingugurt ombori, serouglerod ishlab chiqarishdagi oltingugurt eritish bo`limi va boshqalar kiradi.
P - IIa xonalarida qattiq yoki tolasimon yonuvchi materiallar ishlatiladi. Bu toifaga yog`och detal va konstruktsiya omborlari, gazlama va qog`oz omborlari kiradi.
P - III - yonuvchi materiallar saqlanuvchi ochiq qurilmalar bo`lib, bularda ko`mir, torf, yog`och, mineral yog`lar saqlanadi.
Portlash xavfi bor (PX) xonalar yoki tashqi qurilmalarda texnologik jarayon natijasida yoki avariyalarda yonuvchi gazlar va bug`larning xavo bilan yoki o`zaro portlovchi aralashmasi xosil bo`ladi. Bularga yana gaz va chang bilan xavfli yerosti shaxtalar xam kiradi.
Agar shunday qurilmalarda ochik olov ishlatilsa, cho`g`lanib turuvchi qismlar bo`lsa yoki yoqilg`i yoqilsa, ular portlash bo`yicha xavfsiz xisoblanadi.
PX xonalarning 5 ta sinfi va ochiq qurilmalarning 1 ta sinfi bor.
V-I xonalar eng xavfli xisoblanadi. Bu yerda gazlar va bug`larning portlovchi aralashmasi texnologik jarayonda va avariyalarda xosil bo`ladi.
V-Ia xonalarda gazlar va bug`larning portlovchi aralashmasi faqat avariyalarda sodir bo`ladi. V-I va V-Ia xonalarda metan yoki benzin bug`lari ajralib turadi.
V-Ib xonalarda portlashining pastki chegarasi yuqori bo`lgan yonuvchi gazlar ishlatiladi (15% dan ortiq) va ular o`tkir xidi bilan ajralib turadi. Masalan, sovutgichlarning kompressorlarida ishlatiluvchi zaxarli va portlovchi gaz ammiak o`tkir xidga ega va sanitar normasi bo`yicha kontsentratsiyasi 0.02 G/l dan ortmasligi kerak; ammiak portlovchi aralashma xajmining 15-27% chegarasida bo`lib, oldindan aniqlanishi va oldini olish mumkin. Ba’zan xidsiz va rangsiz portlovchi gazlarga zararsiz bo`lgan o`tkir xidli va rangli “indikator” gazlar qo`shib ishlatiladi.
V-Ig klassiga portlovchi aralashmalar fakat avariya yoki shikastlanishlar natijasida xosil bo`luvchi tashqi qurilmalar kiradi. Bunda portlashga xavfli zona radiusi tez alangalanuvchi suyuqliklarning ochiq qo`yish joylarida gorizontal va vertikal bo`yicha 20 metrga teng; yopiq texnologik qurilmalar uchun 3 metr va nafas olish klapanlari va oldindan saqlovchi klapanlar uchun 5 metrga teng.
Portlovchi aralashma xosil qiluvchi yonuvchi chang va tolalar doim ajralib turuvchi xonalar V-II toifaga va faqat avariyalar natijasida paydo bo`ladigan xonalar V-IIa toifasiga kiradi. Bularga paxtani tozalash tsexlari, yog` zavodlarida chigitni qayta ishlovchi bo`limlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |