2. Sex transformatorlarining quvvati, soni va o`rnatish joyini tanlash
Sex transformatorlarining soni va quvvati quyidagi shartlar bo`yicha aniqlanadi :
Qizish bo`yicha:St.n. Sts (26.1)
2).Yuklash koeffitsiyenti bo`yicha iste’molchining toifasiga qaragan xolda qo`yidagi shartlar ishlatiladi:
Kyu 0.7 - I toifadagi EI va I lar uchun (26.2)
bu yerda Kyu = Sx.ts. / St.n.(26.3)
St.n. - TP dagi transformatorlar nominal quvvatlarining yig`indisi
Kyu=0.80.85 II-toifali EI va I lar uchun. (26.4)
Yuqoridagi (3.15)(3.17) ifodalarni bir - biriga qo`yib, TP transformatorlarining kerakli quvvati St.ker ni topamiz:
I - toifaga kiruvchi EI va I lari uchun:
St.ker Sx.ts./0,7 (26.5)
II - toifaga kiruvchi EI va I lari uchun:
St.ker Sx.ts./(0.80.85) (26.6)
I - toifaga kiruvchi tsexlar uchun 2 transformatorli, II - toifaga kiruvchi tsexlar uchun 1 ta yoki 2 ta transformatorli TP lar qabul qilamiz.
Agar TP uchun St.ker qiymati bo`yicha St.n.=1000kVA, 2500 kVA quvvatli transformatorlar variantlarini olish mumkin bo`lsa, uzil-kesil tanlash quvvat zichligi bo`yicha amalga oshiriladi.
Agar quvvati zichligi Ssol0.2 kVA/m2 bo`lsa,1000 kVA li transformatorlar ishlatiladi. 0.2kVAsol0.3 kVA bo`lsa, 1000 kVA, Ssol>0.3 kVA bo`lsa, 2500 kVA quvvatli transformator tanlanadi.
Misol: Sx.ts=7000 kVA, tsex maydoni F=20000 m2 bo`lsa, I-toifaga kiruvchi tsex uchun TP transformatorlarini quvvati va soni topilsin.
Yechish: (3.23) formula bo`yicha St.ker=Sx.ts./0.7= =7000/0.7=10000 kVA. Quvvat zichligi: Ssol=Sxts/F= =7000/20000 =0.35 kVA/m2 Quvvati 2500 kVA ga teng 4 ta TNZ-2500/10 turli transformator tanlaymiz. 2x2500 kVA li 2 ta KTP qabul qilinadi. TP transformatorlarining yuklanish koeffitsiyenti :
Kyu =
Avariyadan keyingi rejimdagi yuklanish koeffitsiyenti
Kyu.a =
TP transformatorlarini quyidagicha joylashtirish mumkin:
1) Sex bilan umumiy devorga ega bo`lib, tashqarida joylashtirish;
2) Sex bilan umumiy devorli, sex ichida joylashtirish;
3) Sex ichida elektr enegiya ishlatuvchilari va iste’molchilari yonida joylashtirish. Bunda komplekt transformator podstantsiyasi (KTP) ishlatiladi;
4) Sex tashqarisida joylashtirish;
Sex transformatorlari texnologik mexanizmlar va turli kommunikatsiyalarning joylashuvini xisobga olgan xolda o`rnatiladi.Xozirgi paytda asosan sex ichidagi KTP lar ishlatiladi.
Katta joyni egallovchi, yuklamasi bir necha ming kVA ni tashkil etuvchi ishlab chiqarish korpuslarida KTP, RP va boshqarish stantsiyalarini joylashtirish uchun maxsus oraliqlar (proletlar) ko`zda tutiladi. Bir joydan ikkinchi joyga ko`chirib yuriluvchi EI lar bo`lmaganda KTP larni tsexlar ichida joylashtirish 610 kV kuchlanishni iste’molchilarga yaqinlashtirib, elektr energiyasi yuqotishni kamaytiradi, elektr jixozlarini ekspluatatsiya qilishni yengillashtiradi. Quvvat zichligi katta bo`lgan (0.30.35 kVA/m2) tog`-boyitish fabrikalarida tsellyuloza-qog`oz kombinatlarida quvvati 1600 kVA va 2500 kVA bo`lgan KTP lar o`rnatiladi. Xozirgi amaliyotda o`z ichiga bir necha tsexni olgan yirik korpuslar uchun 1000,1600 va 2500 kVA quvvatli transformatorlar o`rnatilgan KTP lar variantlarini ko`rib chiqiladi. Tsex ichida ochiq o`rnatilgan KTP yengil to`r-to`siqlar bilan o`rab qo`yiladi.
Podstantsiya imkoni boricha kranlar ishlamaydigan zonada joylashtiriladi.
PUE bo`yicha tsex ichidagi podstantsiyada soni uchtagacha, umumiy quvvati 3200 kVA dan ortmaydigan yog`li transformatorlar o`rnatiladi; ochiq o`rnatilgan KTP da ikkita quvvati 1600 kVA gacha yog`li transformatorlar bo`lishi mumkin.
Shuning uchun quvvati 2500 kVA li tsex transformatorlari yonmaydigan sintetik suyuqlik-sovtol bilan to`ldiriladi.