25-MA’RUZA ELEKTR ENERGIYASINI SIFATI MASALALARI. KUCHLANISH OG`ISHI VA TEBRANISHI
M a ‘ r u z a r e j a s i
Elektr energiyasining sifat ko`rsatkichlari.
Kuchlanishlar og`ishi va tebranishining iste’molchilar ishiga ta’siri
Tayanch so`z va iboralar:
Kuchlanish, asta-sekin o`zgarishi, kuchlanishining tez o`zgarishi, asosiy faktorlar, kuchlanish isroflari, qo`shimcha kuchlanishlar, manba kuchlanishi, dvigatelp tezligi, yoritgichlarning yorug`lik oqimi, tebranishlar soni, yo`l qo`yiladigan kuchlanishlar og`ishi, yo`l qo`yiladigan kuchlanishlar tebranishi, Sinusoidal grafik, nosinusoidal grafik, yuqori tartibli garmonikalar, garmonika takibi, chiziqsiz volptametr xarakteristika, boshqariluvchi to`g`rilagich, elektr yoy pechlari, elektr payvandlash, to`g`rilash fazalari soni, 1 fazali elektr ishlatuvchilari, faza kuchlanishi, fazalararo kuchlanish, O nuqtaning siljishi, fazalar yuklamalarining xar xilligi.
Aktiv quvvat kamchiligi, ChO va ChT ning yo`l qo`yiladigan qiymatlari, simmetriyalovchi qurilma, filmtrlar.
Elektr energiyasining sifat ko`rsatkichlari.
Korxona podstantsiyasi shinalaridagi xaqiqiy kuchlanish bilan nominal kuchlanish orasidagi farq kuchlanish og`ishi deyiladi va quyidagicha aniqlana-di:
Kuchlanish og`ishi volptlarda, foizlarda yoki nisbiy birliklarda ishlatiladi. Amalda kuchlanish og`ishi quyidagi asosiy faktorlarga bog`liq:
Elektr energiyasi manbasi bo`lgan energotizim-dagi kuchlanish rejimiga;
ETS elementlaridagi kuchlanish isroflariga;
Kuchlanishni rostlovchi qurilmalar xosil qilgan qo`shimcha kuchlanishlarga.
Kuchlanish tebranishi kuchlanishning bir - biriga qo`shni bo`lgan eng katta Umaks va eng kichik Umin qiymatlari orasidagi farqqa aytiladi. Kuchlanish tebranishi xam kuchlanish og`ishi singari volptlarda, nisbiy birlik yoki foizda aniqlanishi mumkin. Transformatsiya koeffitsiyenti ishlatilmaydigan nisbiy birliklar yoki foizlar eng qulay xisoblanadi. Kuchlanish tebranishi quyidagicha ifodalanadi :
U =
Kuchlanish og`ishi va kuchlanish tebranishi orasidagi farq kuchlanishning vaqti bo`yicha o`zgarish tezligi bilan aniqlanadi. Agar o`zgarish tezligi sekundiga 1% dan kichik bo`lsa - kuchlanish og`ishi, 1% sekunddan katta bo`lsa - kuchlanish tebranishi deb qabul qilinadi.
Kuchlanish tebranishi katta quvvatli, tez o`zga-ruvchan ish rejimga ega bo`lgan EI larning ishi natijasida xosil bo`ladi. Bunday EI larga elektr payvandlash mashinalari, elektr yoy pechlari, ish rejimlari qaytariluvchi-qisqa muddatli elektr yuritmalar kiradi (prokat stanlari, kranlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |