Nazorat uchun savollar
Muxit temperaturasiga tuzatish koeffitsenti va paralel yotqizilgandagi o`zaro qizish koeffitsenti qanday qiymatlarga ega bo`lishi mumkin?
Kz koeffitsentini qiymati nimaga bog`liq?
Qizish va ximoya toki bo`yicha tanlashda qaysi standart kesim yuzasi qabul qilinadi?
Normal sharoitli xonalarda kabellar va izolyatsiyali simlar qanday o`tkaziladi?
Yuqoridagi xonalarda dvigatellar, elektr apparatlari qanday konstruktsiyaga ega?
Normal sharoitli xona deb qanday xonalarga aytiladi?
Korroziya xavfi bor xonalarga ta’rif bering?
Qanday xonalar yong`in xavfi bor deb ataladi?
Qanday xonalar portlash xavfi bor deyiladi?
PX bor xonalarning nechta klassi bor?
24-MA’RUZA SEX TRANSFORMATOR PODSTANTSIYALARI
M a ‘ r u z a r e j a s i
Sex podstantsiyasi transformatorlari va ularning ulanish sxemalari.
Sex transformatorlarining quvvati, soni va o`rnatish joyini tanlash.
Sex podstantsiyalari kompanovkasi va konstruktsiyasi. Komplekt transfor-mator podstantsiyalari.
Elektr ulanishlar sxemasi
Tayanch so`z va iboralar:
Yog`li tranformator sintetik, yonmaydigan kuchaytirilgan bak, azot yostigi, kengaytirgich, suyuqlik, yulduz, uchburchak, quvvatlar pog`onasi, yuqori kuchlanish cho`lg`ami, past kuchlanish cho`lg`ami, kuchlanishlari, yuklash koeffitsiyenti, kategoriyasi, transformatorlar soni, 1 ta, 2 ta, yuklamalar markazi, qulay joy, kirish shkaflari, sektsiyalararo shkaf, chizmali shkaflar, kompilekt podstantsiya, xona ichida o`rnatiluvchi, tashqarida ochiq o`rnatiluvchi.
1.Sex podstantsiyasi transformatorlari va ularning ulanish sxemalari.
Tsex transformator podstantsiyalari (TP) da o`rnatiladigan transformatorlar quyidagilar :
a). TM-tabiiy sovutishli moyli transformator. Masalan, TM-630/10 turi shunday shifrsizlanadi: Uyuk=10kV, Upk=0.4/0.23 kV, Stn=630 kVA. TM turidagi transformatorlar tashqarida qo`yiladigan komplekt transformator podstantsiyalarida ishlatiladi.
b).TMZ-tabiiy sovutishli moyli, yopiq transformator bo`lib, baki germetik konstruktsiyali va uning yuqori qismining 20-25% xajmida “azot yostig`i“ bor. Bu azot yostig`i moyning xajm kengayishini kompensatsiya qiladi. Bu transformatorlar Stn=1601600 kVA quvvatlarda ishlab chiqariladi;
v) TNZ - yonmaydigan sintetik suyuqlik “sovtol“ to`lg`izilgan tabiiy sovitishli yopiq transformator bo`lib, Stn=1602500 kVA quvvatlarda ishlab chiqariladi.
TMZ va TNZ transformatorlari xona ichiga qo`yiladigan KTP da ishlatiladi.
g) TSZ - quruq, yopiq transformator bo`lib, ko`p qavatli uylar uchun xamda portlash xavfi bor xonalarda ishlatiladi.
TP transformatorlarining YuK va PK cho`lg`amlari /Y – 11 sxemasi bo`yicha ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |