2.Qisqa tutashuv toklarini xisobi
Qisqa tutashuv toklarini xisoblashda elektr zanjiri elementlarining qarshiliklari bilan birga, undagi kommutatsiya apparatlar kontaktlarining, avtomat va relelar tok cho`lg`amlarining, tok transformatorlarining birlamchi cho`lg`amining aktiv qarshiliklarini xisobga olish kerak, chunki ularning umumiy qarshiliklari
(16.3)
bo`lishi mumkin. Qisqa tutashuv nuqtasining manbadan ancha uzoqligi tufayli (Xxis>3) I = I deb olish mumkin. Bu yerda I``-t=0 dagi, I dagi qisqa tutashuv toklarining qiymatlari Tsex TP si shinalaridagi zarb koeffitsiyenti Ku=1.3 va elektr tarmoqlarida Ku=1.0 deb olamiz.
Kontaktlar qarshiligi zanjirga aktiv qarshilik kiritib, xisobga olinadi:
1). TP tarqatish qurilmasidagi apparatlar uchun 0.015 Om;
2). TP RP sidan kabel yoki shinali o`tkazgich orqali ta’minlanuvchi birlamchi tarqatish punktlaridagi apparatlar uchun 0.02 Om;
3). Ikkilamchi RP dagi va birlamchi RP ga ulangan liniya oxiridagi apparatlar uchun 0.025 Om;
4). Ikkilamchi RP ga ulangan EI lar yonida o`rnatilgan apparatlar uchun 0.03 Om.
Uch fazali q.t. toklari yuqorida keltirilganlarni xisobga olgan xolda, maxlum usullar bilan xisoblash mumkin. Bundan tashqari [A-3] da q.t.toklari uchun keltirilgan grafiklardan foydalanish xam mumkin.
Tsex elektr tarmoqlaridagi bir fazali qisqa tutashuv toklarini aniqlash aloxida masaladir. Bu yerda transformator neytrali yerga to`g`ridan - to`g`ri ulangan bo`lib, tarmoqlardagi yerga ulanishlarda nul ketma-ketli toklar xosil bo`ladi. Bir fazali qisqa tutashuv tokini quyidagicha topish mumkin :
(16.4)
bu yerda rt - transformatorining aktiv qarshiligi; rf va r0 - faza va nul simining aktiv qarshiligi; Xt.o., Xf.o. - transformatorning va “faza-nul” xalqasining nul ketma-ketlik qarshiligi.
Xizmatchi xodimlarni ishonchli ximoya qilish uchun 1 fazali qisqa tutashuvni tezda o`chirish kerak. Buning uchun Ik qiymati yetarli darajada katta bo`lishi kerak.
Transformator cho`lg`amlari /Y sxemasi bo`yicha ulanganda, nul ketma-ketli toklar birlamchi cho`lg`am uchburchagi ichida aylanadi va undan liniyaga chiqmaydi. Ular ikkilamchi cho`lg`amdagi nul ketma-ketli toklar bilan qarama-qarshi fazada turadi, shuning uchun transformator sterjenlarida nul magnit oqimi paydo bo`lmaydi va transformatorning nul ketma-ketli qarshiligi Xt.o kichik qiymatga ega. Shuning uchun asosiy e’tibor “faza-nul” zanjirining induktiv qarshiligiga qaratilishi kerak. Agar ancha uzoqlikdagi asinxron mashinaga po`lat quvur ichida izolyatsiyali simlar o`tkazilgan bo`lib, nul sim sifatida quvur ishlatilsa, induktiv nul ketma-ketli qarshilik katta bo`lib, (quvur yoki zirxni magnit ekranlashuvi natijasida), bir fazali q.t. toki yetarli qiymatga ega bo`lmaydi. Nul sim sifatida alyuminiy qobiq yoki 4 tomirli kabelning nul tomiri ishlatilsa, induktiv qarshilik kamayadi va bir fazali q.t. toki kattaroq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |