2. Saqlagichlar bilan ximoya
a) Saqlagichlar va ularni tanlash.
Saqlagichlar bilan ximoyani ko`rib chiqamiz. Eruvchan saqlagichlar patron va uning ichidagi eruvchan qo`yilmadan iborat. Eruvchan kiritma qo`rg`oshin va uning qotishmalaridan yoki ingichka mis simdan qilinadi. 1-xolda inertsion saqlagich, 2-xolda inertsiyasiz saqlagich bo`ladi.
Saqlagichlar ajralmaydigan (nerazbornqy) va ajraladigan (razbornqy) bo`lib, tegishli ravishda PN va PR bilan belgilanadi. NPN turidagi saqlagichda kvarts qumi to`lg`azilgan, bu qum qo`yilma eriganda yoyni tezroq o`chirishga xizmat qiladi.
Saqlagichlarni tanlashni ko`rib chiqamiz.
Tanlash uchta shart bo`yicha kataloglardan tanlanadi.
1-shart. Saqlagichning va eruvchan qo`yilmaning nominal toklari In va Iv zanjirning xisoblangan tokidan kichik bo`lmasligi kerak:
In Ix va Iv Ix (16.1)
2-shart. Dvigatel ishga tushiralayotgan paytda yoki texnologik yuklamaning maksimal qiymatida eruvchan qo`yilma ortiqcha qizib ketmasligi, yuzasini oksidlanmasligi va keraksiz o`chib qolmasligi uchun, uni o`ta yuklanish vaqtida erita oladigan tokning 50 % idan ortiq bo`lgan Iekiyu toki bilan yuklash mumkin emas. Buni quyidagicha formula bilan ifodalash mumkin :
Iâ (16.2)
bu yerda K = 2,5 - normal yurgizish sharoitida qabul qilinadi; K = 1.6 2 - og`ir yurgizish shartlari mavjud bo`lsa xamda yurgizishlar soni ko`p bo`lsa yoki dvigatel tezlanishi 2 sekunddan ortiq bo`lsa (kranlar va inertsiya momenti katta mexanizmlarning dvigatellari) olinadi.
3-shart. Eruvchan qo`yilmalarni selektiv(tanlab) ishlashi bo`yicha, saqlagichlarning vaqt-tok xarakteristikasi t = f (I) dan foydalanib tanlash.
180250% li o`ta yuklanishda NPN va NPR saqlagichlari uchun RP ga kirishdagi saqlagich toki Iv1 va RP dan ketuvchi liniyadagi saqlagich, toki Iv2 ning orasidagi farq toklar shkalasidagi 1 pog`ona bo`lsa, selektivlik ta’minlanadi.
NPN saqlagichlari bilan ximoyalashda Ik/Iv2 nisbatining turli qiymatlarida selektiv ishlashni ta’minlovchi. Iv1/Iv2 nisbat qiymatlari quyida keltirilgan:
Ik / Iv2 ........... 50 100 200
Iv / Iv2 .......... 2.0 2.5 3.3
bu yerda Ik - RP dan ketuvchi liniyadagi qisqa tutashuv toki, A.
Ketma-ket ulangan PN-2 saqlagichlari eruvchan qo`yilmalarining selektivlikni ta’minlovchi toklari quyidagi 16.1 - jadvalda keltirilgan.
22.1 - jadval. Selektivlikni ta’minlash
Kichik Iv2
|
Katta tokning Ik/Iv2 nisbatga bog`liq qiymati, A
|
tokning
qiymati, A
|
10
|
20
|
50
|
100 va undan ortiq
|
30
40
50
60
80
100
120
150
200
250
300
400
|
40
50
60
80
100
120
150
200
250
300
400
500
|
50
60
80
100
120
120
150
250
250
300
400
600
|
80
100
120
120
120
150
250
250
300
400
600
-
|
120
120
120
120
150
150
250
250
300
600
-
-
|
Jadvaldagi Ik - ximoyalanuvchi liniya boshidagi qisqa tutashuv toki, A. Saqlagichlar eng katta o`chirish qobiliyati bilan xam xarakterlanadi. NPN va NPR saqlagichlari tokni cheklash xususiyatiga ega. Ular qisqa tutashuv toklarining nominal tokka nisbati katta bo`lganda, q.t. tokini eng katta qiymatiga erishmasdanoq, uzib qo`yadilar. Agar eruvchan saqlagichlarni aniq tanlansa, ularning yuqori o`chirish qobiliyati ishonchli ishlashini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |