STANSIYA VA PODSTANSIYALARNING O‘LCHOV TIZIMLARI, NAZORATI, SIGNALIZATSIYASI VA BOSHQARISHI.
Reja:
13.1. Stansiya va podstansiyalarning o‘lchov tizimlari, nazorati, signalizatsiyasi va boshqarishi.
13.2. O‘lchov, nazorat, signal va boshqarish tizimlarining vazifasi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Stansiya va podstansiyalarning o‘lchov tizimlari, nazorati, signalizatsiya, boshqarish, dispetcher, operator, rejim parametrlari
13.1. Stansiya va podstansiyalarning o‘lchov tizimlari, nazorati, signalizatsiyasi va boshqarishi.
Elektr stansiyalari va podstansiyalarning ko‘zda tutilgan ishlash rejimini ta’minlash uchun turlicha yordamchi tizim va tuzilmalar vositasida amalga oshiriladi. Bularga o‘lchov (O‘), nazorat (N), signalizatsiya (S) va boshqaruv (B), qo‘shimcha oz hamda ko‘p miqdorli avtomatlashtirilgan axborot-boshqaruvchi komplekslar kiradi. Qayd etilgan tizimlar maxsus ta’minlash manbasini talab etadi.
Qo‘yilmalar, cheklashlar
13.1- rasm. O‘zaro aloqador yordamchi tizim, odam operator va boshqariladigan ob’yektning strukturali sxemasi.
Oʻlchov tizimi- boshqariladigan ob’yektning rejim parametrlari to‘g‘risida axborot bilan ta’minlaydi. O‘lchov tizimini tashkil etishda nimani va qanday o‘lchash, ob’yekt haqidagi ma’lumot o‘rinli va o‘rinsizligi, to‘laligi, zaruriy va yetarli, ba’zan yolg‘onligi kabi masalalarni qoniqtirishi kerak.
Muhim vazifalardan biri aloqa kanallaridan axborot uzatilayotganda turli xil jinsdagi tashqi ta’sirlardan (kuchli elektr va magnit maydoni, q.t. toklarining ta’siri va xokazo) ximoyalash hisoblanadi. O‘lchov tizimida kattaliklarni o‘lchovchi datchiklar sifatli bo‘lishi shart.
Nazorat tizimi- nazorat ostidagi parametrlarining qiymatlarini yoki berilgan qo‘ymadan og‘ishini baholash, ishlov berishini ta’minlaydi. Nazorat uzviy yoki davriy, dastur asosida yoki chaqiruv asosida bo‘lishi mumkin. Qiymatlarni nazorat qilish xajmi tegishli normativ xujjatlar asosida o‘rnatiladi.
Signalizatsiya tizimi odam – operatorni elektr stansiyalari va podstansiyadagi elektr apparattlarning holati, ob’yektning berilgan ish rejimidan og‘ishi, qurilmaning yuklanishi, elektr stansiyalari va podstansiyalarini elektr qismidagi turli elementlarning normal ish rejimini buzilishi, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokli zanjirning yerga tutashuvi, shuningdek elektr tizimlarida avariya sodir bo‘lishi kabi holatlarni zudlik bilan xabardor qiladi.
Signalizatsiya ishlovchi personalni o‘ziga jalb qilishi lozim, shuning uchun, ovozli, tovushli va kombinatsiyali bajariladi. Signal sodir bo‘lgan normal bo‘lmagan rejimning omillariga bog‘liq ravishda uzluksiz yoki davriy bo‘ladi.
Boshqaruv tizimi – boshqarilayotgan ob’yektga optimal yondoshishni ta’minlaydi. Boshqarish qo‘lda (odamdan-operatorga) yoki avtomatik (avtomatik tizimidan), uzluksiz va diskret bo‘lishi mumkin. Zamonaviy elektr stansiyalar murakkab sanoat ob’yektlari hisoblanib, turli xildagi elementlardan tashkil topganligi uchun xar biri alohida nazorat va boshqaruvni talab etadi.
Masalan: Quvvati 300 MVt li blokda 600-800 rejim parametrlarini nazorat qilish, berilgan oraliqda 100-120 rostlovchi organlar ushlab turish, 100 avtomatik regulyator va 60 komplekt ximoyalovchi texnologiyalar mavjuddir. Ma’lumki, bunday sharoitda, operator ob’yektni sifatli boshqarishda boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi (ASU) shuningdek, texnologik jarayonning boshqarishni avtomatik tizimi (ASUT’) ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. ASU avtomatika vositalari bilan odam-operatorning imkoniyati va xususiyatlarining aloqasi, EXM birgalikda va tsifrli-analogli hisoblash kompleksi tizimlari tushuniladi.
13.2. O‘lchov, nazorat, signal va boshqarish tizimlarining vazifasi.
Elektr stansiya va podstansiyada quyidagi yordamchi tizimlar qanday funktsiyani amalga oshiradi?
O‘lchov tuzilma va tizimlari imkon beradi:
A) elektr texnik parametrlarni o‘lchash (tok, kuchlanish, chastota, quvvat, elektr energiyasi va xokozo)
B) mexanik, ximiviy, texnologik parametrlarni o‘lchash (aylanish chastotasi, vibratsiya, bosim, harorat, zichlik va turlicha ximiyaviy tarkiblar, suyuqlik, gaz va qattiq jism sarfi va xokozo).
Nazoratli tuzilma va tizimlari nazorat imkonini beradi:
A) elektr qurilmalarini ish rejimi (G, S, K, T, ED, XEL, Reaktor yuklanish miqdori, rejimdan boshqa rejimga o‘tish ruxsat etilgan darajasi)
B) kommutatsiya apparattlarining holati (uzgich, ajratgich va xokozo.)
V) elektr tizimi elementlarining rejim parametrlari (tugundagi kuchlanish, zanjirdagi tok, tarmoq chastotasi, elektr qurilmalarining turli qismlaridagi harorat va xokozo.)
S) elektr tuzilma va elementlarni ish rejimlari maqsadga muvofiqlashtirish;
J) ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymati;
Z) elektr tuzilmadagi navbatchi personalning operatsiyani to‘g‘ri bajarishi;
Signalizatsiyali tuzilma va tizimlari turli usullarda navbatchi personalni ogoh etadi:
A) elektr tuzilmalarning ish rejimini yoki elementlarini berilgan rejimdan og‘ishini;
B) qurilmaning yuklanishi;
V) o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjiri izolyatsiyasining buzilishi;
G) o‘zgaruvchan tok zanjiridagi saqlagichning nosozligi;
D) kommutatsiya apparattlarining holati;
E) texnologik yoki elektrik sxemada elektr qurilmaning ulab-uzish va ish rejimini o‘zgarishiga tayyorligi ;
J) elektr tuzilmani boshqarishda personalning noto‘g‘ri xarakati;
Boshqaruvchi tuzilma va tizimlari imkon beradi:
A) elektr stansiyadagi generatorni parallel ishlash va tarmoqqa ulanishini sinxronlashtirish, aylantirish;
B) elektr tizim elementlarini tarmoqdan uzish va ulash;
V) elektr tuzilma TQ da uzgich va ajratgich yordamida ulab-uzishni ta’minlash;
G) elektr stansiyalari va podstansiya elementlarida aktiv va reaktiv yuklamani O‘zgartirish;
D) elektr tuzilmaning ish rejimini o‘zgartirish.
Ta’kidlash kerakki, stansiyaning yuqorida ko‘ringan boshqarishning texnik tizimi dispetcherlik boshqarish tizimidan o‘zining berilgan optimal xarakteristikasi, qulayliklari, belgilangan ish rejimining belgilanishi bilan bog‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |