Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi



Download 0,94 Mb.
bet20/32
Sana20.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#564935
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
STANSIYA va podst elektr qsmi

TAQSIMLASH QURILMALARI


Reja:
11.1. Ochiq taqsimlash qurilmalariga qo‘yiladigan talablar.
11.2.Yig‘ma shinali 35—110 kVli OTQ konstruktsiyalari
Tayanch sO‘z va iboralar:
Asosiy talablar, OTQ konstruktsiyalari va talablar, 35-110 kVli OTQ va 35-220 kVli LTQ konstruktsiyalari, kulayliklar, kamchiliklari
11.1. Ochiq taqsimlash qurilmalariga qo‘yiladigan talablar.
Ochiq havoda joylashgan taqsimlash qurilmasi ochiq taqsimlash qurilmasi deb yuritiladi. Odatda, 35 kV va undan yuqori kuchlanishli TQ ochiq joyga quriladi.
YTQ lar singari ochiq TQ ishlash ishonchliligini, qurilishga minimal harajat qilingan hamda xizmat qilish havfsiz va qulay bo‘lishini, kengaytirish imkoniyatini, zavodda tayyorlanadigan yirik blokli uzellarni maksimal qo‘llashni ta’minlashi lozim.
Tok o‘tkazuvchi qismlar orasi va ulardan OTQ ning turli elementlarigacha bo‘lgan masofa PUE talabi [1–12] ga muvofiq tanlanishi kerak.
OTQ ning barcha apparattlari, odatda, uncha baland bo‘lmagan (metall yoki temir–beton) asosda joylashadi. OTQ ning maydoni bo‘ylab asbob–uskunalarni montaj hamda ta’mir qilishni mexanizatsiya yordamida bajarish uchun yo‘llar qilinadi. Shinalar ko‘p simli o‘tkazgichlardan elastik qilib yoki bikr trubadan tayyorlanishi mumkin. Birinchisi peshtoqlariga osma izolyatorlar yordamida ikkinchisi esa temir–beton yoki metalli stoykalarga tayanch izolyatorlar yordamida mahkamlanadi.
Bikr shinalarni qo‘llash natijasida peshtoqlardan voz kechishga va OTQ maydonini kamaytirishga erishiladi.
110 kV va undan yuqori kuchlanishli kuch transformatorlari, moyli reaktorlar va bakli o‘chirgichlar tagiga 25 sm dan kam bo‘lmagan qalinlikda mayda tosh qatlami yotqizilib, avariya hollarida jala suvlarini chiqarish tizimiga moyni oqizib yuborish ko‘zda tutiladi. Operativ zanjirlar, rele ximoyasi, avtomatika va havo yo‘llarining kabellari OTQ konstruksiyasiga osilgan metall novlar ichiga o‘rnatiladi yoki yerga ko‘milmagan temir–beton konstruktsiyadan tayyorlangan novlar ichiga o‘rnatiladi. Ochiq TQ ihotalab qo‘yilishi kerak. OTQ lar YTQ larga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:
qurilish ishlarining hajmi kichik, chunki faqat maydon tayyorlash, yo‘l qurish, poydevorlar qilish va tayanchlar o‘rnatishgina lozim bo‘lganligi sababli OTQ qurish vaqti va qiymati kamayadi;
kengaytirish va rekonstruktsiyalash osonlashadi;
hamma apparattlarni kuzatib turish mumkin.
Shu bilan bir qatorda past haroratda va yog‘ingarchilikda ochiq TQ larga xizmat qilish ancha noqulay, YTQ ga nisbatan ancha katta maydonni egallaydi, OTQ dagi apparattlar ifloslanadi, chang bosadi va harorati o‘zgarib turadi.
OTQ konstruktsiyasi turlicha bo‘lib, elektrik ulanish sxemasi, o‘chirgichlar va ajratgichlar tipiga hamda ularning o‘zaro joylanishiga bog‘liq. Quyida turli kuchlanishlardagi OTQ larni ishlab chiqish misollari ko‘rib o‘tilgan.
11.2.Yig‘ma shinali 35—110 kVli OTQ konstruktsiyalari
35 kV li OTQ shinalar tizimi bitta seksiyaga joylashtirilgan sxema bo‘yicha bir portalli qilib quriladi (11.1–rasm). 4,6 m oraliqda joylashgan metall stoykalar shvellerlar hamda burchakliklar bilan biriktirilib bikr konstruktsiyani hosil qiladi, uning ostki qismiga o‘chirgichlar bilan tok transformatorlari, yuqori qismiga esa ajratgichlar bilan yig‘ma shinalar o‘rnatiladi. Liniya va shina ajratgichlari o‘rtasida, ta’mir paytida liniya (yoki transformator) tomonidan tayanchga ko‘tarilishda xavfsizlikni ta’minlash uchun, to‘rli to‘siq qo‘yiladi. Ajratgichlarning yuritmalari asosiy metall stoykalarga o‘rnatiladi. Ko‘p prolyotli portal bo‘ylab nazorat kabellari uchun nov o‘tadi. Bunday OTQ yetarlicha ixcham bo‘lib, biroq ajratgichlarning balandga joylashganligi sababli ekspluatatsiya qilish noqulayroq.
Zavodda ishlab chiqarilgan bloklardan tayyorlangan 35 kV li OTQ yana ham keng qo‘llanilmoqda. Bunday OTQ da asbob–uskunalarning hammasi zavodda yig‘ilib, montaj qilish uchun tayyor bloklar (B–1, B–2 ti’lari) ko‘rinishida keltiriladi. Bloklarni ulaydigan yig‘ma shinalar elastik yoki bikr bo‘lishi mumkin. Bloklardagi ajratgichlar uncha baland bo‘lmagan balandlikda joylashgani uchun ularni ta’mir qilish osonroq bo‘ladi. Bloklar xizmat qilishda xavfsizlikni ta’minlash uchun ular turli to‘siqga ega. Blok B-1 metall konstruktsiyadan iborat bo‘lib, unga S–35–630 o‘chirgichi, shina va liniya ajratgichlarn RLND–35 montaj qilingan. O‘chirgichning yuritmasi o‘sha metall konstruktsiyaga mahkamlangan shkafga o‘rnatnlgan. O‘chirgich ajratgichlar noto‘g‘ri operatsiyalarning oldini olish uchun o‘zaro blokirovkalangan. Releli ximoya, avtomatika, o‘lchash va signalizatsiya apparattlari yuritma shkafi yonidagi rele shkafiga joylashadi. B-2 bloki ham metall konstruktsiyadan iborat bo‘lib, unga kuchlanish transformatorlari ZNOM–35, saqlagichlar ‘KTN–35, ventilli razryadniklar RVS–35 va ikkita yerga tutashtiruvchi pichoqli ajratkichlar RLND–2–35 montaj qilingan. Konstruktsiyada releli tashqi shkaf mahkamlanadi. Blok chegarasidagi (ichidagi) asbob–uskunalarning hammasini rostlash va sozlash ishlari zavodda bajarilganligi uchun podstansiyani montaj qilish va ishga tushirish ancha yengillashadi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish