Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi


Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlash qurilmalari



Download 0,94 Mb.
bet17/32
Sana20.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#564935
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
STANSIYA va podst elektr qsmi

Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlash qurilmalari.


Taqsimlash qurilmalarining konstruktiv elementlari burchakli va tasma shaklidagi po‘latdan qilingan karkaslar va ularga o‘rnatilgan po‘lat varaqlari yoki yonmaydigan izolyatsiya materiallaridan qilingan panellardir. Karkas va panellarda taqsimlash qurilmasining barcha elektr uskunalari joylashtirilgan. Ba’zi hollarda taqsimlash qurilmasi metall shkaflarda joylashtiriladi.
Yoritish elektr qurilmalarda keng qo‘llaniladigan taqsimlash qurilmalari yoritish guruhi taqsimlash shitlari yoki yoritish pakkalaridir.
Bunday shitning umumiy ko‘rinishi va uning 380/220 V kuchlanishdagi sakkizta ketuvchi chiziq ulanish sxemasi 10.1a va b–rasmda ko‘rsatilgan. Ketuvchi chiziqlarda yuklamaning ortib ketishi va qisqa tutashuvlar bo‘lishidan saqlash uchun, guruh shitlarida eruvchan po‘kak saqlagichlar yoki maxsus avtomatlar o‘rnatiladi. Avtomatlardan kerakli hollarda chiziqlarni ajratib qo‘yish uchun ham foydalaniladi.

10.1–rasm. Chiziqlarida o‘chirgichlar o‘rnatilgan yoritish guruhi shiti:


a–umumiy ko‘rinishi, b–sxemasi
Agar yoritish qurilmasida markazlashtirilgan boshqarish ko‘zda tutilgan bo‘lsa (masalan, tsexda), guruhlar shitlaridagi har qaysi ketuvchi chiziqqa bir qutbli yoki ikki qutbli o‘chirgichlar o‘rnatiladi (10.1–rasmga qarang). Sxemadan ko‘rinib turibdiki (10.1b–rasmga qarang), guruh shitida to‘rt simli ta’minlovchi chiziqdan, har bir fazaga kelib ulanadigan tarmoqlar sonini teng saqlagan holda, ikki simli guruh chiziqlariga o‘tiladi. Har qaysi fazaga ulanadigan tarmoqlar sonining tengligi saqlanganda uch fazali tizimning yuklamasi teng taqsimlanadi. Ikki simli tarmoqlanish chiziqlarida ximoya moslamasi faqat bir simda (faza simida), ba’zi hollarda esa ikkala simda ham o‘rnatiladi. Bu chiziqdagi elementlarning nolg‘ sim vositasida yerga ulanganiga yoki ulanmaganiga bog‘liq.
Tashqi va ichki o‘rnatiladigan KTQ.
Kuchlanishi 1000 Vdan yuqori bo‘lgan taqsimlash qurilmalarining turlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar
Taqsimlash qurilmalari o‘zlarining konstruktiv qurilishlariga qarab uch turga bo‘linadi:

  1. Hamma elektr uskunalari maxsus binolarda joylashtirilgan berk taqsimlash qurilmalari;

  2. Asosiy elektr uskunalari ochiq havoda (to‘silgan maydonda) joylashgan ochiq taqsimlash qurilmalari;

  3. Barcha apparattlari, asboblari va yordamchi qurilmalari to‘la yoki qisman yopiq metall shkaflarga joylashtirilgan komplekt taqsimlash qurilmalari. Shkaflarni tayyorlash va ularga elektr uskunalarini montaj qilish maxsus zavodlarda bajariladi.

Komplekt taqsimlash qurilmasi shkaflari (ular kameralar deb yuritiladi) ichki qurilmalar uchun ham (KTQ), tashqi qurilmalar uchun ham (KTQN) chiqariladi.
Taqsimlash qurilmalari TQ ning har qaysi turi o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Masalan, berk taqsimlash qurilmalari TQ (YOTQ) barcha elektr uskunalarining meteorologiya ta’sirlaridan, kukun–to‘zonlar, kul, qora kuya va hokazolar bilan ifloslanishdan ishonchli ximoya qilinishi bilan qulaydir. Biroq berk taqsimlash qurilmalari YTQ juda qimmatga tushadi, uskunalarning oldiga borish, uni qarovdan o‘tkazish va ta’mirlash qiyin. Ochiq taqsimlash qurilmalari TQ (OTQ) arzon, qurish ishlari tez bitadi, elektr uskunalariga qarash, ularni montaj va ta’mir qilish qulay bo‘ladi. Shu bilan birga, ishlab turgan ochiq taqsimlash qurilmalari OTQ ga yomon ob–havoda xizmat ko‘rsatish qiyinlashadi. Ochiq taqsimlash qurilmalari kop joy egallaydi, uning apparatlari havo haroratining keskin o‘zgarishlari, yog‘ingarchilik ta’sirida qoladi, kukun va loydan muhofaza qilinmagan.
Berk taqsimlash qurilmalari 35 kV gacha kuchlanishga quriladi, bunday kuchlanish shaharlar va sanoat ichidagi elektr tarmoqlariga tavsiflidir, ya’ni ular atmosferada elektr uskunalariga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar bo‘ladigan joylarda va ochiq taqsimlash qurilmalari qurish va ularni ishlatish uchun zarur sharoit hamda yetarli joy bo‘lmagan hollarda quriladi. Biroq zarur sharoitlar bo‘lganda 6–10–35 kV kuchlanishli taqsimlash qurilmalari ochiq qilib qurilaveradi.
Biroq taqsimlash qurilmalari yoki podstansiyalar atmosferada elektr uskunalariga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar bo‘lgan tumanlarda, masalan, kimyo yoki sement zavodlari yaqinida, dengiz sohillarida, juda sovuq tumanlarida quriladigan bo‘lsa 110 kV kuchlanishgacha ham ular yopiq qilib quriladi.
Taqsimlash qurilmalariga quyiladigan asosiy talab – ularning normal sharoitlarida ham, avariya sharoitlarida ham elektr bilan uzluksiz ta’minlab turishidir.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish