Reja:
8.1. Podstansiyalarning o‘z ehtiyojlari tizimlari.
8.2. O‘z ehtiyojlari yuklamalariga transformatorlarini tanlash.
Tayanch so‘z va iboralar:
O‘z ehtiyoj manbalari, o‘z ehtiyoj iste’molchilari, xususiy ehtiyoj transformatorlari, operativ zanjirlar, yoritish, signalizatsiya, zaryadlovchi moslamalar.
8.1. Podstansiyalarning O‘z ehtiyojlari tizimlari.
Podstansiyalarning o‘z ehtiyoji iste’molchilarining tarkibi podstansiya tipi, transformatorlar quvvati, sinxron kompensatorlarning mavjudligi, elektr asbob–uskunalar tipiga bog‘liq bo‘ladi. Sinxron kompensatorlarsiz soddalashtirilgan sxema asosida tuzilgan podstansiyalardagi o‘z ehtiyoji iste’molchilari eng kam sonli bo‘lib, ular uchun xodimlar doimiy navbatchilik qilmaydi. Bu iste’molchilarga transformatorlarni shamollatish elektr dvigatellari, OD bilan KZ, KTQ shkaflari yuritmalarini, shuningdek, podstansiyani yoritish kiradi.
Yuqori kuchlanishdagi o‘chirgichli podstansiyalarda kompressor tizilmalari (DMK, VVN, VVB O‘chirgichlari uchun), operativ o‘zgarmas tokda esa zaryadlovchi bilan qisman zaryadlovchi agregatlar qo‘shimcha iste’molchilar hisoblanadi. Sinxron kompensatorlar o‘rnatilganda, ularning podshipniklarini moylaydigan mexanizmlar, SK sovitish tizimining nasoslari kerak bo‘ladi.
Podstansiya o‘z ehtiyoji eng muhim iste’molchilariga operativ zanjirlar, aloqa tizimi, telemexanika, transformatorlar bilan SK larning sovitish tizimi, avariyali yoritish, o‘t o‘chirish tizimi, kompressorli elektr iste’molchilari kiradi.
8.2. O‘z ehtiyojlari yuklamalariga transformatorlarini tanlash.
O‘z ehtiyoji iste’molchilarining quvvati katta bo‘lmaganligi uchun, ular pasaytiruvchi transformatordan ta’minlanadigan 380/220 V tarmoqqa ulanadi. XET ning quvvati podstansiyalarning turli rejimdagi yuklamasi asosida, 600 kV A dan (yoki 1000 kV A. uk = 8% li) katta olinmaydi.
15.1–jadvalda 110 kV li tomondagi peremichkada bitta U–110 o‘chirgich bilan 35 kV tomonida VMK–35 o‘chirgichli quvvati 16 dan 40 mV A gacha ikkita uch cho‘lg‘amli transformatorli podstansiya uchun o‘z ehtiyoji yuklamasining hisobi keltirilgan.
Ehtiyoj koeffitsienti 0,7 ni hisobga olib, ko‘rilayotgan podstansiya uchun har biri 63 kV A dan ikkita XET olinishi mumkin.
Ikki transformatorli 35–750 kV li hamma podstansiyalarda o‘z ehtiyoji uchun ikkita transformator o‘rnatiladi.
Oddiy kam quvvatli bir transformatorli podstansiyalarda bitta XET o‘rnatilib, ombordagi zahira nazarda tutiladi. Agar bir transformatorli podstansiyada sinxron kompensator yoki havo o‘chirgichlari yoki D va DTS sovitish tizimli transformator o‘rnatilgan bo‘lsa, unda ikkita XET nazarda tutilib, ulardan biri 6–35 kV li mahalliy tarmoqqa ulanadi.
Podstansiyaning operativ zanjirlarini ta’minlash uchun o‘zgaruvchan hamda o‘zgarmas tok qo‘llanishi mumkin.
330–750 kV li hamma podstansiyalar bilan yig‘ma shinali TQ110–220 kV li podstansiyalarda operativ o‘zgarmas tok qo‘llaniladi.
Podstansiyaning o‘z ehtiyoji yuklamasi 8.1–jadval
Elektr iste’molchilari
|
Belgilangan
quvvat, kVt
|
Iste’molchilar soni, dona
|
Quvvatlar
Yig‘indisi, kVt
|
Transformatorga havo ‘uflovchi
Elektrodvigatellar
|
8
|
2
|
16/0,85–19
|
U-110 O‘chirgichni isitish qurilmasi
|
1,75
|
1
|
1,75
|
VMQ-35E
|
1,15
|
7
|
8,05
|
Rele apparatturasi shkaflarini isitish
|
0,5
|
23
|
11,5
|
OD va KZ yuritmalarini isitish
|
0,6
|
6
|
3,6
|
KTQN shkaflarini isitish
|
0,6
|
24
|
14
|
Kelib xizmat kO‘rsatuvchi xodim xonasini isitish va yoritish
|
5,5
|
1
|
5,5
|
Tashqarini yoritish
|
4,5
|
1
|
4,5
|
Operativ zanjirlar iste’mol qiladigan yuklama
|
1,8
|
1
|
1,8
|
Kompressor tizilmasi
|
13
|
1
|
13/0,85–15,3
|
Jami:
|
|
|
85
|
8.1–rasm.Operativ O‘zgaruvchan tokli podstansiyaning o‘z ehtiyojini ta’minlash sxemasi.
Operativ o‘zgaruvchan tok yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarsiz 35–220 kV li podstansiyalarda qo‘llaniladi. Agar bir vaqtda bittadan ortiq o‘chirgich ulanishi mumkin bo‘lmasa, VN o‘chirgichli 110–220 kV li podstansiyalarda to‘g‘rilangan operativ o‘zgarmas tok qo‘llanilishi mumkin.
Operativ o‘zgarmas tokli podstansiyalarda XET ni 6–10 kV li shinalarga ulanadi.
Operativ O‘zgaruvchan tokli podstansiyalarda XET bosh transformatorlarning kirishiga shoxobcha orqali ulanadi (8.1–rasm). Bu 6–10 kV li shinalardagi kuchlanish to‘la yo‘qolganda, 6–10 kV li o‘chirgichlarni boshqarish uchun kerak. Ishonchlilikni oshirish uchun 0,4 kV li shinalar avtomatik o‘chirgich bilan seksiyalanadi.
Operativ zanjirlarni ta’minlash o‘z ehtiyoji transformatorlarining NN qisqichidan, to chiqishida 220 V kuchlanish beradigan kuchlanish stabilizatori orqali avtomatik o‘chirgichlargacha nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |