Energetik texnologiyalar E


Izolyasiyalangan neytral nuqta tizimi



Download 2,61 Mb.
bet11/42
Sana02.04.2022
Hajmi2,61 Mb.
#524331
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
1 4988047835002831290

1.5.1 Izolyasiyalangan neytral nuqta tizimi


Izolyasiyalangan neytralli energiya tizimlarida yerga tutashuv holatida faqat kuchsiz tok o’tadi. Bu yerga tutashuv toki deb ataladi. Tizim yerga tutashuv bilan qisqa davrli vaqt mobaynida ishlashi mumkin; havoda tortilgan elektruzatish liniyalariga ega tizimlarda shikastlanishni paydo qilgan elektr yoyi, ko’pincha, avtomatik ravishda so’nadi. Qisqa tutashuvda daxlsiz fazalarda kuchlanish oshishi kamchilik hisoblanadi. Quyidagi rasmda ko’rsatilganidek, yerga tutashuv tokining miqdori, asosan, faqat liniyaning CE yerga ulanish sig’imi bilan aniqlanadi:

1.9-rasm: Izolyasiyalangan neytral nuqtali tarmoqda yerga tutashuv.
Ta’minot liniyasining ekvivalent qarshiligi e’tiborga olinmaydigan sharoitda, yerga tutashuv tokining miqdorlari uchun quyidagi formula qo’llaniladi:

bunda U ≈ UN = yuzaga kelgunga qadar shikastlangan joydagi kuchlanish. (Ushbu o’zaro bog’liqlikka nisbatan har qanday xulosa faqat simmetrik tarkibiy qismlar usulidan foydalanilgan holda chiqarilishi mumkin. Ushbu usul navbatdagi bobda taqdim qilingan va asimmetrik nosozliklarni tadqiq qilishda qo’llaniladi).
Erga ulanish sig’imining liniya uzunligiga mutanosibligi tufayli yerga tutashuv toki energiya tizimining uzunligi oshishi bilan ko’payib boradi (ushbu o’rinda transformatorlar va iste’molchilar sig’imlarini e’tiborga olmaslik mumkin). Natijada izolyasiyalangan neytral nuqta ulangan tizimlar faqat cheklangan darajaga ega bo’lishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan talablar qo’llaniladigan elektr stansiyalaridagi yordamchi tizimlar ushbu turdagi neytral nuqta ulanishining qo’llanilishiga namunaviy misol hisoblanadi.

1.5.2 Yerga tutashuvni neytrallash qurilmasi


Oldingi bo’limda ko’rsatilganidek, yerga tutashuv toki kengaytirilgan energiya tizimlarida xavfli yuqori miqdorlarni qabul qilishi mumkin bo’lgan deyarli sof sig’imli tokka ega bo’ladi. Agar shikastlanish zanjiriga muayyan miqdorli ta’minot drosseli ulansa, yerga tutashuv toki neytrallanadi yoki so’nadi, ya’ni deyarli yo’qoladi. Induktivlik katushkasi yerga tutashuvni neytrallagich yoki Petersen so’ndirish katushkasi deb ataladi (uning ixtirochisi sharafiga).

1.10-rasm: Yerga tutashuvni neytrallagichli tarmoqda yerga tutashuv.
Erga ulanish sig’imlari quvvat o’zgargan holatda o’zgarishi tufayli tizimlar (liniyalar ulanishi va uzib qo’yilishi), Petersen induktivlik katushkasi ham o’zgaruvchan bo’lishi kerak. Shu tufayli energiya tizimining tanlangan joylarida transformatorlar neytral nuqtasi birikmalari yerga ulanish liniyasiga ulanadigan plunjerli katushkalar yoki shoxobchalar katushkalaridan foydalaniladi.
Neytrallash uchun kerakli induktivlikning matematik aniqlanishini faqat simmetrik tarkibiy qismlar usulidan foydalanilgan holda qayta amalga oshirish mumkin.
Erga tutashuvni neytrallagichning reaktiv qarshiligi uchun quyidagi shart qo’llaniladi:

Qisqa tutashuv toki liniya qarshiliklari doimiy mavjudligi tufayli faol tarkibiy qismga ham egaligi sababli to’liq kompensasiya qilish mumkin emas. Faol tarkibiy qism qisqa tutashuv tokining taxminan 10% ni tashkil etadi va yerga ulanishning muvozanatlanmagan qoldiq toki sifatida tavsiflanadi.
Agar elektr yoyi havoda tortilgan elektr ta’minot tizimidagi shikastlanish joyida bo’lsa, u yetarlicha kichik qoldiq toki mavjud bo’lgan holatda avtomatik ravishda so’nadi va qisman daxl qilingan tarmoqni uzib qo’yish talab qilinmaydi. Havoda tortilgan elektruzatish liniyalarida hamda birlashtirilgan havoda tortilgan elektruzatish liniyalari va kabel tarmoqlarida yerga tutashuvni neytrallagichlarning texnik va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyati shundan iborat. Sof kabel tarmoqlarida nosozlik holatida elektr yoyini so’ndirish imkoniyati yo’q; faqat shikastlanish tokini cheklash mumkin. Shu bilan birga tizimda nosozlikning tarqalish xavfi kamayadi.
Kuchlanishning muayyan amplitudasida muvozanatlanmagan qoldiq toki har qanday holatda shunchalik ulkanki, endilikda elektr yoyini so’ndirish imkoniyati bo’lmaydi. Tegishli ravishda, Germaniyada Petersen katushkasidan faqat o’rta va yuqori kuchlanishli (20 kV dan 110 kV gacha) energiya tizimlarida foydalaniladi.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish