1. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
Elektr tokining inson organizmiga taʼsiri natijasida shikastlanish hosil qiladi. Uning oqibati tokning miqdori va uning harakat davomiyligi, shuningdek inson tanasi va organizmning individual xossalari orqali oʼtish yoʼli va chastotasiga bogʼliq.
Elektr tokining insonga taʼsir xavfi koʼz uchun sezilmas, quloq bilan eshitib boʼlmaydigan, masofada sezilmaydigan, hidga ega boʼlmaganligi uchun ham katta, qandaydir sabab bilan kuchlanish ostiga tushgan elektr qurilmalar detallari va ularning korpuslari yoki himoyalanmagan tokka ega simlar bilan kesishuvchanligi paytidagina qabul etiladi.
Elektr tokining inson organizmiga taʼsiri (kuyish) issiqlik, mexanik (toʼqimalarning yorilishi) yoki kimyoviy (elektroliz) boʼlishi mumkin. Tok mushaklar qisqarishi, nafas paralichi (falaji), yurak falajini keltirib chiqib, biologik taʼsir koʼrsatishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |