Kimyoviy tuzilishiga ko'ra gormonlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
oqsillar yoki polipeptidlar — gipofiz, paratireoid bez va me'da osti bezining gormonlari;
aminokislotalarning unumlari qalqonsimon bez va buyrak usti bezlari, miya qavatining gormonlari;
steroid birikmalar buyrak usti bezlari po'stlog'i va jinsiy bezlarning gormonlari.
Ichki sekretsiya organlariga quyidagi bezlar kiradi.
qalqonsimon bez,
paratireoid, ya'ni qalqonsimon bez yonidagi bezlar,
bo'qoq bezi,
me'da osti bezi,
buyrak usti bezlari,
gipofiz,
epifiz,
jinsiy bezlar.
Qalqonsimon bez gormonlari. Follikulaflarda qalqonsimon bezning quyidagi asosiy gormonlari: triyodtironin va tetrayodtironin (tiroksin) gormonlari to'planib turadi. Nomidan ham ko'rinib turganidek, bu gormonlar uchun molekulasida yod bo'lishi xarakterlidir. Triyodtironin fiziologik jihatdan ko'proq faol bo'ladi-yu, lekin qon plazmasida u tiroksinga qaraganda 20 baravar kam.
Qalqonsimon bez funksiyasining izdan chiqishi og'ir kasalliklarga olib keladi. Bez giperfunksiyasida gipertireoz deb yoki juda seziladigan darajada bo'lsa, tireotoksikoz deb ataladigan kasallik paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |