Adrenokortikotrop gormon (kortikotropin, AKTG) 39 ta aminokislota qoldiqlaridan iborat polipeptid. AKTG buyrak usti bezi po'stlog'ining dastasimon va to'rsimon (kamroq darajada) zonalari o'sib borishiga sabab bo'lganligi tufayli shu bezlar po'stlog'ida gormonlar, asosan glukokortikoidlar hosil bo'lishini stimullaydi. Organizmda AKTG yetishmay qolganligi tufayli shu zonalar ftinksiyasi pasayib turgan hollarda organizmga AKTG yuborilsa, uning shunday ta'siri ayniqsa ifodalangan bo'ladi. Keskinlik holati (stress)ga sabab bo'ladigan ta'sirotlar mahalida AKTG sekretsiyasi hamisha kuchayadi. Masalan, og'riq ta'siroti, sovuq, infeksion kasalliklarning qo'zg'atuvchilari, ruhiy jarohatlar va boshqalar ana shunday ta'sirot (stressor)lar jumlasiga kiradi.
Gipofizning oraliq bo'lagi. Gipofizning bu bo'lagi melanositlatni stimullovchi gormon (intermedin) ishlab chiqaradi. Odamda bu gormon teri pigmentatsiyasi regulatori bo'lib hisoblanadi. Badan terisining pigmentatsiyadan mahrum boigan, ya'ni rangi yo'qolgan joylariga intermedinni teri orasiga yuborib turish asta-sekin teri rangini asliga keltiradi.
TO'QIMA GORMONLARI
Bu gormonlar fiziologik faol moddalar jumlasidan bo'lib, o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi va turli organlarda joylashgan alohida, ya'ni ixtisoslashgan hujayralarda ishlanib chiqadi. Bular qonga o'tishi ham mumkin bo'lsada, ko'pincha mahalliy tarzda o'zi ishlanib chiqqan joy-dan kichik masofada ta'sir ko'rsatadi. Fiziologik jihatdan faol boiadi-gan ushbu moddalar tuzilishi va organlarga ko'rsatadigan ta'siri nuqtayi nazaridan olganda bir xil emas, ammo to'qima gormonlari degan umumiy nom bilan birlashtiriladi. Ular me'yor va patologiya sharoitlarida turli-tuman fiziologik va almashinuv jarayonlarini idora etib boradi. To'qima gormonlari jumlasiga quyidagi moddalar kiradi.
Me'da-ichak yo'li gormonlari ovqat hazmi vaqtida chiqadi: sekretin, gastrin, xolesistokinin va boshqalar shular jumlasi-dandir.
Gistaminning ta'sir doirasi keng. U o'zi ajralib chiqadigan sohada arteriolalar, kapillarlar va venulalarni .kengaytiradi, ularning o'tkazuvchanligini kuchaytiradi, badan qichishi va og'riqqa sabab bo'ladi, me'da shirasi hosil bo'lishini kuchaytiradi. Gistamin yallig'lanish va allergiya jarayonlari avj olishida muhim rol o'ynaydi.
Serotonin (5-gidroksitriptamin) mahalliy tarzda ta'sir ko'rsatadi, tomirlarni toraytirib, kapillarlarning o'tkazuvchanligini susaytiradi, trombotsitlar agregatsiyasiga sabab bo'ladi. Serotonin ham, xuddi gistamin singari, markaziy nerv sistemasida nerv impulslarini o'tkazishda ishtirok etadi.
Kininlar. Bu guruhning vakillari jumlasiga yallig'lanish jarayoni avj olib borishida muhim omillarning biri bo'lib, arterial bosimni pa-saytiradigan, kapillarlarni kengaytiradigan va ular o'tkazuvchanligini susaytiradigan polipeptid bradikinin kiradi. Bradikinin bronxlar, ichak va bachadon silliq muskullarining qisqarishini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |