Uch fazali transformatorlar, asosan, uch fazali tok sistemasini transformatsiyalash uchun ishlatiladi. Uch fazali transformator umumiy po`lat o`zakka ega bo`lib, alohida fazalarning toklari hosil qilgan barcha magnit oqimlari ana shu o`zak bo`ylab tutashadi.
Uch fazali transformatorning po`lat o`zagi ostki va ustki tomonlardan birlashtirilgan uchta sterjendan iborat. Har bir sterjenda har fazaning birlamchi va ikkilamchi chulg`amlari joylashtirilgan. Chulg`amlar yulduz yoki uchburchak sxemada ulanishi mumkin. Bu biriktirish sxemalari tegishlicha U` va Δ tarzda belgilanadi. Chulg`amlar qanday sxemada ulanishidan qat`iy nazar birlamchi chulg`amning bosh uchlari (A, V, S) va oxirgi uchlari (X, Y, Z) katta harflar bilan, ikkilamchi chulg`amning bosh uchlari (a, b, c) va oxirgi uchlari (x,y,z) kichik harflar bilan belgilanadi.
Birinchi o`raladigan chulg`amning o`ralish yo`nalishi ixtiyoriy, ammo qolgan fazalarning chulg`amlari birinchi o`ralgan chulg`amning yo`nalishida
расм
o`ralishi kerak. Faqat shundagina ayrim fazalardagi toklarning va ularni hosil
qilgan magnit oqimlari bo`ladi. (8-rasm, a).
(Ф А ,ФВ ,ФС ) larning shartli musbat yo`nalishi ta`minlangan
Kirxgofning birinchi qonuniga binoan istalgan vaqt lahzasida uchala faza
magnit oqimlarining yig`indisi doimo nolga teng. Masalan, 5.14-rasm, b dagi
magnit oqimlarining o`zgarish grafigidan ko`rinadiki, ФА Фm bo`lgan t1 vaqtda
ФА o`zining musbat maksimal qiymatiga erishgan bo`lsa, qolgan ikkita magnit
oqimi
ФВ va
ФС larning manfiy yarim maksimal qiymatlarga ega bo`lishi uchala
faza magnit oqimlarining po`lat o`zak bo`ylab qo`shilishini (8-rasm, v) bildiradi, ya`ni
ФmА 1 Ф 1 Ф 0
2 m В 2 m С
Uch fazali ikki chulg`amli transfarmator chulg`amlari ulanish guruhini aniqlashning tavsiya qilinayotgan usulida bu kamchiliklarga barxam berilgan.
Bu usul qo`yidagicha tushintiriladi:
Dastavval, soatni tasvirlovchi doira chizilib, uning raqamlari aylanaga teng taqsimlanib belgilanadi. Uch fazali transfarmatorning ulanish guruhi YuK va PK chulg`amlarining liniyaviy EYuK lar vektor diagrammalar chiziladi. Buni qo`yidagi sxemalar uchun ko`rib o`tamiz:
Uch fazali transfarmatorlarni (Y/Y) «yulduz-yulduz» sxemasida ulash. Shuni eslatish lozimki, transfarmator chulg`amlarining ulanish guruhini aniqlashda uning salt ishlash rejimidagi
(U 1f =E 1f ; U 1l =E 1l ; U 2f =E 2f ; U 2f =E 2f)
Ma`lumki, YuK sho`lg`am «yulduz» sxemasiga ulanganda uning fazaviy EYuK lari vektor diagrammasi bir-biridan faza jihatdan 120 0 siljigan uchta bir xil vektordan iborat bo`lib, ularning uchlari o`zaro to`g`ri chiziqlar bilan birlashtirilganda tomonlari liniyaviy EYuK ni beradigan teng tomonli uch burchak hosil bo`lishi tufayli uch burchakning bitta (masalan, AV) tomoni YuK chulg`amning liniyaviy EYuK vektoriga moduli jihatdan teng (AV=E AV) va u
soatning «12» raqamiga doimiy ravishda yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Shu sababli YuK chulg`amning vektor diagrammasiga oid uchburchakni doiraning markazidan «12» raqamiga yo`naltirilgan AV radiusni chizishdan boshlanadi. Shu uchburchakka tegishli yana bitta tomonining holatini aniqlash uchun aylananing V nuqtasidan o`ng tomonda uzunligi AV radiusga teng bo`lgan VS vatarni o`tkazamiz. A, V va S nuqtalarini o`zaro to`g`ri chiziqlar bilan birlashtirib teng tomonli uchburchak xosil bo`ladi. Bu uchburchak medianalarining kesishgan nuqtasidan uning uchlarigacha bo`lgan oraliq (chizmada vektor) YuK sho`lg`am fazaviy EYuK larni beradi.
Yuqori kuchlanishli chulg`am uchun aniqlangan fazaviy EYuK vektorlari transformatorning PK chulg`ami uchun vektor diagrammani qurishda zarur bo`ladi. Bunda YuK va PK chulg`amlarining uralish yo`nalishi hamda fazaviy chulg`amlarning boshi va oxirlarining belgilanishi bir xil bo`lganida bir o`zakda joylashtirilgan chulg`amlarni bitta fazaviy magnit oqimi kuch chiziqlari kesib o`tganligi tufayli, chulg`amlarning EYuKlari fazaviy chulg`amlari oxiridan boshiga bir xil (musbat) yo`nalgan holati tekshiriladi.
Ikkilamchi chulg`am liniyaviy EYuK vektori EAV YuK chulg`amining liniyaviy EYuK vektori EAV ga nisbatan 0 dan 3600oraligida burchaklarga siljigani uchun 3600 ni 12 ga bo`lgandan chiqqan natija (300 ) dagi singari ulanish guruhiningbirligi qilib qabul qilinadi.
Yulduz sxemasiga ulangan past kuchlanishli chulg`am EYuK lari vektor diagrammasini qurish uchun YuK chulg`amning A fazaviy chulg`am EYuK vektori Exa fazaviy vektorlar MN chizig`i ustida yotganligidan «a» nuqtani «A» ning ustiga qo`yish jarayonida mazkur yordamchi chiziq juda ham qulaylik yaratadi., yani EAV vektorni o`ziga parallel siljitishda uning «a» nuqtasi soat doirasining markazidagi «A» nuqta tomon MN chizig`i bo`yicha sirpantiriladi.
Chulg`amlar Y/Y ulangan hol uchun qurilgan vektor diagrammalar shu tartibda birlashtirilganda PK chulg`amining liniyaviy EYuK vektori EAV YuK chulg`amining liniyaviy EYuK vektori EAV bilan ustma-ust tushadi. Ularning
orasidagi siljish burchigi 0 bo`lgani uchun chulg`amlarning ulanish guruhi 0 bo`ladi.
Uch fazali ikki chulg`amli transformator chulg`amlarining ulanish guruhini tsiferblatli soat yordamida aniqlash usulida past kuchlanishli chulg`am liniyaviy EYuK vektori (EAV) soatning kichik mili orqali belgilanadi va umumiy holda, Chulg`amning ulanish guruhlariga qarab, soatning bu mili 0 (12) …11 butun sonlarni ko`rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |