Kompozitsion simsiz o‘zgaruvchan rezistorlar. Bu rezis-
torlar o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, ulardan biri 6.4-rasmda
ko‘rsatilgan edi. Biroq yakka yoki qo‘shaloq konstruksiya,
uzgichli va ekranli yoki ularsiz chiqish uchlari radial yoki
aksial, bikir yoki egiluvchan, o‘qi yakka yoki qo‘shaloq, o‘qi
qotirib qo‘ygichli yoki qo‘ygichsiz kabi qo‘shimcha belgilarning
xilma-xilligi bu rezistorlarning shakli o‘lchamlari va massasiga
ko‘ra xilma-xil bo‘lgan ko‘p sondagi turlarining mavjudligiga
sabab bo‘ldi (6.10- a, d rasm).
6.10-rasm. Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan o‘zgaruvchan
simsiz rezistorlar: a—SP3=19a; b—SP3=28;
d—SP4-3=0,25.
a
b
d
126
Do'stlaringiz bilan baham: |