Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/168
Sana31.12.2021
Hajmi4,26 Mb.
#254890
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   168
Bog'liq
elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini tamirlash manbalari

O‘zgarmas  rezistorlar.  Sanoatda  ishlab  chiqariladigan  juda
ko‘p  turdagi  rezistorlarning  ko‘pchiligi  umumiy  ishlarga  mo‘l-
jallangan  o‘zgarmas  rezistorlardir.  Ularning  konstruksiyalarida
tok o‘tkazuvchi elementlarning deyarli barcha turlari ishlatiladi.
Mikroelektron  apparaturalarda  ishlatiladigan  rezistorlar  kichik
massa  va  o‘lchamga  ega  bo‘lishi  lozimligidan  katta  nominal
sochilish  quvvatiga  ega  bo‘lgan  rezistorlar  asta-sekin  kamay-
moqda  va,  aksincha,  millivatt  quvvatlardagi  rezistorlar  paydo
bo‘lmoqda. Shuni nazarda tutib, umumiy ishlarga mo‘ljallangan,
nominal  quvvati  2  W  dan  katta  bo‘lmagan  o‘zgarmas  rezis-
torlarni ko‘rib chiqamiz. Shunday rezistorlardan  ba’zilari 6.9-rasm,
a, e da ko‘rsatilgan.
Uglerodli  rezistorlar  elektroradio,  tibbiyot  texnikasi  va
elektron  apparatlarning  o‘zgarmas,  o‘zgaruvchan  va  impuls
zanjirlari  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lib,  keramik  silindrsimon
sterjenlarga  gektanni  termik  bug‘lantirish  yo‘li  bilan  tayyorla-
nadi, radial yoki aksial chiqish uchlari bo‘ladi va sirtqi rezistor-
lar  turiga  kiradi.  Ularning  sirtiga  yashil  rangli  suv  yuqtirmay-
digan emal surkaladi va oddiy hamda tropik iqlimga moslashtiril-
gan  holda  ishlab  chiqariladi.  Ularning  ko‘pchiligi  200°C  mak-
simal  ishchi  temperaturaga  va  yuklama  koeffitsiyenti,  masalan,
birga  teng  bo‘lganda,  40°C  ishchi  temperaturaga  ega  bo‘ladi;
tropik  iqlimga  mo‘ljallanganlari  uchun  bu  temperaturalar,  mos
ravishda, 125 va 70°C ga teng bo‘ladi.
Ushbu  guruh  rezistorlari  chastotasi  ancha  yuqori,  chunki
ularda  tok  o‘tkazuvchi  qatlamning  yupqaligi  (mikrometrning


122
yuzdan  bir  bo‘laklari)  dan  rezba  o‘ramlarida  kichik  parazit
sig‘im yuzaga keladi. Bundan tashqari, ular kichik o‘lchamli va
barqarordirlar  (ularda  QTK  o‘rtacha  va  doimo  manfiy).  Biroq
metall  pardali  rezistorlarning  ko‘p  ishlatilishi,  mikrosimli  yuqori
barqarorlikdagi rezistorlarning tez rivojlanishi va bularning ba’zi
bir  turlari  massa  va  o‘lchamlariga  ko‘ra  uglerodlardan  qolish-
masligi  sababli  uglerodli  rezistorlarning  qo‘llanishi  cheklanib
qoladi.
Metall pardali rezistorlar oddiy va tropik iqlimga mos holda
ishlab chiqarilgan bo‘lib, issiqlikka va namlikka chidamli appa-
raturalarning o‘zgarmas,  o‘zgaruvchan va impuls  toklari zanjir-
lari  uchun  mo‘ljallangan,  yuqori  mustahkamlikka  ega  va  keng
ko‘lamda  hamda  maxsus  maqsadlarda  ishlatiluvchi  REA  larda
keng  qo‘llaniladi.  Bu  rezistorlar,  narxlari  nisbatan  yuqori  bo‘l-
magan holda, uglerodli va kompozitsion rezistorlarga qaraganda
yaxshi  elektr  parametrlariga  ega.  Shu  sababli  ham  ular  keng
qo‘llaniladi.
Keramik  sterjenlar  metall  pardali  rezistorlar  asosi  bo‘lib
xizmat qiladi. Sterjenlarga termik bug‘lantirish yo‘li bilan max-
sus  qotishma,  metallar  hamda  metall-dielektriklar  oksidlaridan
6.9-rasm. Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan
 o‘zgarmas rezistorlar:
a—OMLT = 0,5; b—S3 = 10a;
 d—S4—1=0,25; e—S5—31 = 0,05.
a
b
d
e


123
iborat  yupqa  parda  (qalinligi  mikrometrning  o‘ndan  bir  bo‘la-
gidan  to  birlik  mikrometrgacha)  qoplanadi.  Rezistorlar  aksial
chiqish  uchlariga  ega  bo‘lib,  sirtlari  suv  yuqtirmaydigan,  odat-
da, qizil rangli emal bilan qoplangan.
Metall pardali rezistorlar uglerodlarga  nisbatan bir xil nomi-
nal sochilish quvvatiga ega bo‘lgani holda o‘lchami kichik. Tok
o‘tkazuvchi  qatlam  sifatida  uglerod  emas,  balki  metall  yoki
qotishmalar  oksidlari  olinganligi  sababli  ular  issiqqa  chidam-
liroq.  Issiqqa  chidamli  qoplama  bo‘lganligi  yuqori  namlikdan
saqlanishga  imkon  beradi.  Impuls  yuklamaga  nisbatan  kam
bardoshliligi  va  chastota  diapazonining  uglerodli  rezistorlarga
qaraganda  kichikligi  metall  pardali  rezistorlarning  kamchiligi
hisoblanadi. Bu hol tok  o‘tkazuvchi qatlam qalinligining katta-
ligi,  buning  natijasida  kesimda  uning  chetlarini  buzuvchi
ortiqcha  lokal  qizishning  paydo  bo‘lishi,  shuningdek,  o‘ram-
lararo parazit sig‘imning ortishi bilan tushuntiriladi.
MLT,  OMLT,  MTE  va  C2  guruhlari  qo‘llaniladigan
metall  pardali  rezistorlarning  asosiy  turlaridir.  Metallashtirilgan
MT va MTE rezistorlari MLT va OMLT rezistorlariga nisbatan
issiqqa chidamli bo‘lib, biroz cho‘ziq shaklga ega. Metall-oksidli
C2-6  rezistorlari  +300°C  temperaturagacha  bo‘lgan  sharoitda
ishlay  oladi,  stanat  (qalay  qotishmasi)  tolali  C2-12  mikrorezis-
torlar gibrid IS larda ishlatiladi.
Uglerodli  va  metall-pardali  rezistorlar  ishlatiladigan  soha-
larda qo‘llanuvchi kompozitsion rezistorlar quruq va nam tropik
iqlim  sharoitlaridagi  ishlarga  mo‘ljallangan.  Uchlarining  asos
qismi  presslanganligidan  yuqori  tebranishga  chidamliligi,  o‘zi-
ning shovqini yuqori darajada (10 mkV/V gacha) va qarshiligi-
ning  berilgan  kuchlanishga  bog‘liqligi  bu  rezistorlarning  o‘ziga
xos  xususiyati hisoblanadi.  Bu  guruhda  turlar soni  ko‘p  emas.


124
Uzunligi 3 va 6 mm, eni 0,45 mm va qalinligi 0,8 va 1 mm
bo‘lgan  C3—3  kompozitsion  tolali  rezistorlar  gibridli  IC  lar
asosiga o‘rnatishda ishlatiladi.
C4 guruhidagi rezistorlar to‘g‘ri burchakli shaklga ega. Haj-
miy  tok  o‘tkazuvchi  qatlam  shisha-emal  yoki  shisha-keramik
qobiqqa presslangan bo‘ladi. Bu rezistorlar nisbatan kichik massa
va  o‘lchamga  ega  bo‘lib,  bosma  platalarda  yaxshi  joylashadi.
Uzunligi  13,5  dan  36,5  mm  gacha,  balandligi  4  dan  6  mm
gacha va eni 2,2 dan 5 mm gacha bo‘lgan C4-1 rezistorlari eng
issiqbardosh  (350°C  gacha)  dir.

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish