Tolali rezistorlar. Tolali rezistorlar temperaturaga nisbatan
yuqori barqarorlikka va termochidamlilikka ega. Bu rezistorlarning
asosiy kamchiligi — qarshiliklari diapazonining cheklanganligi
(bir necha yuz kOm largacha) va bahosi nisbatan yuqoriligidir.
C5-35, C5-36, C5-37V rezistorlari yuqori sochilish quvva-
tiga (100 W gacha), katta massaga (300 g gacha) va o‘lchamlarga
ega bo‘lib, kuch qurilmalari (masalan, to‘g‘rilagichlar) da
ishlatiladi.
C5-31 (mikrotolali, mikrokichik) rezistorlari mikroelek-
tron apparaturada, masalan, radio qabul traktlarida, hisoblash
qurilmalarida qo‘llaniladi va bevosita gibrid IS lar asoslariga
o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |